00:16 / 17.08.2018
6 743

Munajjimlar bashorati: 17 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 17 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

17 avgust kuni o‘z maqsadlaringizga yetish yo‘lida jon olib, jon berishingiz shart emas. Omad va muvaffaqiyatning o‘zi ortingizdan ergashib yuradi. Sizdan kayfiyatni tushirmaslik, atrofdagilar bilan iliq munosabatlar yuritish talab etiladi xolos. Tadbirkor bo‘lsangiz, sobiq hamkorlardan biri bilan munosabatlarni tiklashga erishasiz. Muhabbatda ham omadsizlikka uchramaysiz. Lekin omadga ham erishmaysiz. Qarindoshlar bilan diplomatarcha munosabat yuritishingiz tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun yulduzlar sizdan saxovatli bo‘lishni so‘rashadi. Agar shu chaqiriqqa labbay deb javob bera olsangiz, odamlardan yordamni ayamasangiz, xudo sizga ikki hissa qilib beradi inshoolloh. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlardan faqat zavq olasiz. Kechqurun suyukli insoningizdan ajoyib bir sovg‘ani qabul qilib olishingiz kutiladi. Undan qarzdor bo‘lib qolib ketmang. Javobini albatta qaytaring.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

17 avgust kuni rostakamiga omadga erishishni xohlasangiz, jamoaviy ishlashga e’tibor qarating. Ko‘pdan hech bir ish qochib qutula olmaydi. Basharti kimdir sizdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishni mo‘ljallagan bo‘lsa, achchiqlanmang. Buni qaytar dunyo deb qo‘yibdi. U odam yaqin tanish yoki hamkasb bo‘lsa, yana yaxshi. Kechqurun toza havo sayrini unutib qo‘ymang. Salomatlikka alohida yondashing.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Agar yaqin qarindoshlardan qaysidir biri moddiy jihatdan yordamingizga muhtoj bo‘lsa, bugungi daromadingizdan kelib chiqib qarindoshning iltimosini qondiring. Bugun mavqeingiz yanada ortishi masalasida ilk qadamni tashlashingiz mumkin. Ammo juda ehtiyotkor bo‘ling. Ortingizda siz inqirozga yuz tutishingiz, puldan qiynalib azob chekishingizni kutib yotganlar bor. Kechki payt moddiy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda. Ayni o‘shalarning oldidan viqor bilan o‘tadigan pallangiz. Kuydiring, hasadgo‘ylarni kul qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

17 avgustda asosan qalbingizga quloq tutgan holda harakatlar sodir etishingiz tavsiya etiladi. Agar hamkasblardan biri sizga ish masalasida maslahat bersa, oldin chuqur tahlil qiling. Basharti bu maslahat prinsipingiz va manfaatlaringizga mos kelsa, maslahatga quloq tutsangiz bo‘ladi. Pul xususida esa juda sergak, tejamkor va ehtiyotkor bo‘lishingiz kerak. Yo‘qsa, inqiroz xavfi ostida qolishingiz hech gap emas. Salomatlikni asrang, asablarni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun kunning birinchi yarmidanoq sizni tushunadigan, kerak bo‘lganda yordam qo‘lini cho‘za oladiganlar bilan muloqot qila boshlaysiz. Ayrimlar xizmat safari bilan xorijga uchish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Tadbirkorlarning bugun tuzadigan foydali shartnomalari muvaffaqiyatli kechadi. Erta tongda jismoniy mashqlar qilishga odatlaning. Ovqatni rejim asosida iste’mol qiling. Muzdek dush yordamida organizmni chiniqtira boshlasangiz ham ziyon qilmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

17 avgustda sizga har qadamda ish o‘rgatuvchilar, yo‘l ko‘rsatuvchilar paydo bo‘lishi mumkin. Undaylarga ko‘rsatgan yo‘li ravonligiga amin bo‘lgachgina quloq tuting. Shaxsiy hayotingizda yo‘l-yo‘lakay uchraydigan muammolarga dilgirlik bilan munosabat bildiring. Juftingiz bilan arazlashgan bo‘lsangiz, bugun yarashish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Texnika va ijod kishilarining kuni tug‘adi. Omad kechga qadar ulardan yuz o‘girmaydi. Muhabbatda esa aksincha, omadsizlikka yuz tutishingiz mumkin. Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun kechadigan uchrashuv va tanishuvlardan voz kecha qoling. Oilada yetakchilikka da’vo qilmang. Yon berishdan tinchi yo‘q. Ayrimlar favqulodda xizmat safariga jo‘nab ketishi mumkin. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Salomatligingiz bugun pand bermoqchi emas.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

17 avgust kuni nimadan ilhomlanasiz, noma’lum, ammo ish joyingizda boshqalar uchun ham masalalarni hal etish harakatiga tushib qolishingiz xavfi bor. Bu xavf juda kuchli, ehtiyot bo‘ling. Ba’zi hamkasblarga tutayotgan ishlaringiz yoqib tushmasligi mumkin. Moliyaviy muammolarga e’tibor qarating. Chunki ularni ijobiy hal etish aynan 17 avgust kuni oson kechmaydi. Yaqinlaringizga, qo‘ni-qo‘shnilarga nisbatan kechirimli bo‘ling. Kechqurun sportning faol turlari bilan shug‘ullanish organizmingiz uchun juda foydali kechishi mumkin.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Atrofdagilar bilan muloqotda har bir gapingizni o‘ylab gapirishingizga to‘g‘ri keladi. Og‘zingizga kelgan gapni gapirib yuborish, kimlargadir alam qilishi va shuning oqibatida orangizda janjal kelib chiqishi hech gap emas. Ayniqsa, shu narsa ish joyingizda juda asqotadi. Katta pul tikiladigan ishlar duch kelsa, sira ikkilanib o‘tirmang. Omad siz tomonda bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

17 avgust kuni qarshingizda turgan bir talay ishni birdan amalga oshirish niyatidan voz keching. Ularni tartib saqlagan holda ketma-ket bajara olasiz. Aksi bo‘lsa, yo‘q joydan muammo orttirib olishingiz mumkin. Muhabbatda bilib-bilmay ahmoqliklar qilib qo‘yishingiz ehtimoli bor. Ehtiyot bo‘ling. Iloji boricha kun bo‘yi asabiylashmaslikka harakat qiling. Bo‘lmasa, salomatligingizga putur yetadi. Keyin pushmon qilgandan ko‘ra oldini olgan ma’qul-ku, to‘g‘ri emasmi!?.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Firibdan saqlaning. Pul masalasida tavakkalchiliklarga yo‘l qo‘ymang. O‘zingiz ham birovni aldamaslikka intiling. Juftingiz bilan munosabatlarda muloyim bo‘ling. Rashk degan dayusga erk bermang. Ba’zilar bosh og‘rig‘idan bezovtalanishi kutiladi. Boshni mutaxassisga ko‘rsatishingiz kerak. Dori ichib yurish bilan salomatlik tiklanib qolmaydi. Yengil hazm bo‘ladigan taomlar iste’mol qiling. Shirinliklardan yuz o‘giring.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 17 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?