QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
23 avgust kuni negadir qiziqqonligingiz tutib, qo‘shnilargacha nima bilan mashg‘ulligini bilishga oshifta bo‘la boshlaysiz. Ish va muammolarni bartaraf etish masalasida qalbingizga quloq tuting. Faollikni qo‘ldan bermang. Shunda biringiz ikki bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlar bugun ham odatga ko‘ra yangi hamkor qidirib topishga bel bog‘lagan bo‘lishsa, birinchi navbatda u hamkorni chuqur o‘rganib chiqish haqida o‘ylab ko‘rsinlar. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanish rejimini buzmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun birovlarning ishini aslo o‘z zimmangizga olmang. Undan ko‘ra o‘zingizga tegishli ishlarni bajarishga e’tibor qarating. Muhabbatda juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizni shunday ustalik bilan o‘ziga bog‘lab qo‘yadiki, qochishga sira imkon topa olmaysiz. Qochib qayerga borasiz? Bu yorug‘ dunyoning eng lazzatli mevasi-ku! Muhabbatsiz qolishdan asrasin! Ruhni tozalashga qaratilgan mashqlar bilan mashg‘ul bo‘ling, yengil tortasiz.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
23 avgustda nihoyat oila va ro‘zg‘or tashvishlaridan ham muhimroq ishlar borligini anglab yetasiz. Misol uchun o‘qish, bilim olish, malakani oshirish, tadbirkor bo‘lsangiz, o‘zingizga munosib hamkor izlab topish kabilar hammasidan muhimroq. Ular kelgusida mavqeingiz oshishi, kissangiz pulga to‘lishini ta’minlaydi. Darvoqe, moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish niyatingiz bo‘lsa, hisob-kitobni puxta qiling. Kamroq bozor, do‘kon aylaning.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kimlargadir tanbeh berish, kimlarnidir tanqid qilishdan oldin o‘zingizni bir nazoratdan o‘tkazib olsangiz, yaxshi edi. Shaxsiy hayotingizda achinarli manzaralar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan xalos bo‘lish yo‘llarini o‘ylab toping. Bugun birovga yolg‘on gapirishni xayolingizga ham keltirmang. Salomatligingizni mustahkamlashda jiddiy bo‘ling. E’tiborsizlik oqibatda achinarli vaziyatlarga olib kelishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
23 avgust kuni ishlaringiz oshib-toshishi kutiladi. Biroq yaqinlaringiz, hatto qo‘shnilar ham har bir bajargan yumushingizni olqishlay boshlashsa, sira hayron bo‘lmang. Demak, siz ish bajarishda, munosabatlarda oldingi qatorlardan joy olib ulguribsiz. Bundan xursand bo‘lishingiz kerak. Muhabbatda ham mehr va oqibatning mukofotini olishingiz ehtimoli yo‘q emas. Oilalilar xonadonida arzimagan bahona bilan kichik janjallar yuzaga kelish xavfi bor. Og‘irroq bo‘ling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kunni yangi va harakat qilinsa, natijasi yoqimli kechadigan ishlarga qo‘l urishdan boshlaysiz. Oilasiz bo‘lsangiz, tanlaganingizning nega hadeganda sizga ko‘nglini ochmayotgani bilan qiziqib ko‘ring. Moliyaviy masaladagi urinishlaringiz, intilishlaringiz kunning ikkinchi yarmida o‘z mevasini beradi. Bundan kayfiyatingiz yanada ko‘tarinki tus oladi. Salomatligingizga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan, mijozingizga xush yoqmaydigan taomlar iste’molidan voz keching.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
23 avgust kunning birinchi yarmida daromadlaringiz sezilarli tarzda osha boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Agar xaridlar masalasida ham tejamkor bo‘lsangiz, bilingki, inqirozga yuz tutmaysiz. Oila qurmaganlar orzulardan, shirin xayollardan nari bo‘lib amaliy ishga o‘tsalar nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Negaki, baxtni ham qidirish kerak, u tomon intilish zarur. Baxt deganlari kutdirishni, azoblantirishni xush ko‘radi. Bugun tabiat qo‘ynida dam olib qaytish, ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, sport musobaqalarida qatnashish xayrli va muvaffaqiyatli kechadi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Erta tongdayoq hammasi ravshan bo‘ladi. Sizga bugun hech kim xalal bermaydi. Ijodiy bo‘ladimi, texnika bilan bog‘liqmi, bajargan ishlaringiz chala qolmaydi. Kimlardir tepangizga kelib asabingizni buzmaydi. Hamma o‘z tashvishi bilan ovora bo‘ladi. Kechki payt sizni yaqin do‘stlardan biri ziyofatga taklif etishi mumkin. Sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanish niyatingiz bo‘lsa, juda ehtiyot bo‘ling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
23 avgust kuni yulduzlar o‘zingiz yaxshi tanimaydiganlardan maslahat yoki yordam so‘ramasligingizni tayinlashadi. Ma’nan yordam ko‘rsatadigan odamning o‘zi yoningizga keladi. Shubhasiz, u yo do‘st, yo yaqin tanish bo‘lib chiqadi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda esa faqat o‘z kuchingizga suyaning. Muammo ijobiy hal bo‘lgach, oilaning oylik zahirasini xomcho‘t qilib oling. Muhabbatda oilasizlar asosan kamchilikni o‘zidan qidirganlari, topsalar o‘zini o‘zi tanqid ostiga olganlari ma’qul.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Kun boshlanishi bilan ishlash ekan deb dam olishlarsiz ter to‘kishga kirishib ketmang. Ora-sirada dam olish albatta kerak. Ayrim do‘stlarimiz esa aksincha ish uyoqda qolib kim bilandir telefon orqali suhbatga berilishlari mumkin. Bu odat sizga omadsizlik olib keladi. Muhabbat bobida juftingizdan yoki bo‘lg‘usi juftingizdan birinchi qadamni kutib ovora bo‘lmang. Baribir niyatingizga yeta olmaysiz. Qadamni siz birinchi bo‘lib tashlashingiz lozim. Ayniqsa, yon berishga e’tibor qarating. Yon berishda gap ko‘p.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
23 avgust kuni to kechga qadar “ishlagan tishlaydi” maqolini yoddan chiqarmang. Demak, siz ishlashingiz kerak. Bayram, dam olish kuni ishlashingizga to‘siq bo‘lmasligi lozim. Imkon tug‘ilsa, tadbirkor bo‘lsangiz, yirik loyihalarga qo‘l uring. Tavakkal qiling. Ro‘zg‘ordagi tashvishlarni yaqinlaringizning o‘zi hal etib ulguradi. Bugun daromad yomon bo‘lmaydi. Shunday ekan, ro‘zg‘or uchun asqotadigan texnika vositalarini xarid qilsangiz ham ziyon bo‘lmasdi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Qanday ishga qo‘l urmang, qanaqangi harakat sodir etmang, illyuziyadan nari bo‘ling. Shubhali tuyulgan ishlarga qo‘l urmang. Oila bilan bog‘liq juda muhim qarorlar chiqarishga to‘g‘ri kelsa, albatta uydagilar bilan maslahatlashing. Oila qurishga ulgurmagan do‘stlarimizning ba’zilari kunning ikkinchi qismida orzusidagi insonni uchratishi mumkin. Bugun organizmni yoshartirishga qaratilgan muolajalar omadli kechadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”