23:50 / 23.08.2018
7 206

Munajjimlar bashorati: 24 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʻda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 24 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʻda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

24 avgust kuni aslo taqdir bilan oʻynasha koʻrmang. Yoʻqsa, boshi berk koʻchaga kirasiz-u, chiqa olmay halak boʻlasiz. Bugun ham aqliy, ham jismoniy jihatdan toʻkissiz. Shunisiga shukr qiling-da, muvaffaqiyatlar qozonish payida boʻling. Muhabbatda ham meʻyorni bilishingiz tavsiya etiladi. Bu oilalilarga ham, oilasizlarga ham birday tegishli. Agar oʻzingizni savob ishlarga tayyor deb hisoblasangiz, kunninng ikkinchi yarmida gadoyga albatta sadaqa bering.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bir vaqtning oʻzida bir necha ishga qoʻl urishingiz notoʻgʻri boʻladi. Baribir ularni navbatma-navbat bitirishga mahkumsiz. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun ishga ijodiy yondashishingiz talab etiladi. Ana shunda siz kutilganidan ham koʻproq daromad olishga erishasiz. Daromad esa oila aʻzolaringiz oldida yuzingizni yorugʻ qiladi. Doʻkon yo bozor aylanib yaqinlaringizga soʻragan narsalarini olib berishga imkon topasiz. Kechqurun toza havoda sayr qilishni ham unutmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

24 avgustda qadimiy anʻanalarga, urf-odatlarga, qolaversa, oʻzingizga ham sodiq qoling. Ishda ham, dam olishda ham shunday rejimni tuzingki, oʻzingizga maʻqul va mos kelsin. Ana unda mavqeni oshirish haqida oʻylab koʻrsangiz yarashadi. Shaxsiy hayotda bir joyda turib qolishdan saqlaning. Yetakchi vazifasini zimmangizga oling-u, juftingizni, farzandlaringizni, qolgan yaqinlaringizni yorugʻ kunlar tomon boshlang. Salomatlikni juda ehtiyot qiling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Ish joyingizda yumushlar juda ogʻir va murakkab boʻlsa ham, ularga moslashish payida boʻling. Ijodiy yondashish zarur boʻlgan yumushlar toʻgʻri kelsa, miyani majbur eting. U baribir sizga quloq tutadi. Bundan boʻlak iloj topa olmaydi. Yaqin orada mehnat taʻtiliga chiqishni oʻylab yurganlar hozirdan dam olish rejasini puxtalab qoʻyishsa ham ziyon qilmaydi. Sogʻliqni birinchi navbatda mustahkamlang. Mustahkam boʻlmagan salomatlik bilan hech qayerga borib boʻlmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

24 avgust kuni dangasalik, ishsiz oʻtirish kabilardan qoching. Maksimal darajada faollashing. Rahbarlar qanday yumushni ishonib topshirishsa, qoyillating va mukofotini oling. Moliyaviy masalada mushkulotlar yoʻq emas. Ammo bu muammoni ijobiy hal etishda qarindoshlaringiz yordamga kelishadi. Qaygʻurmang. Kechqurun baʻzilar olis safarga otlanishi kutiladi. Safar sizga koʻplab yaxshiliklar va yoqimli lahzalarni hadya etadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Yulduzlar sizga kuningiz omadli kechishini vaʻda qilishgan. Agar shundoq qarshingizda turgan qulay imkoniyatlarni qoʻldan boy berib qoʻymasangiz, har jabhada albatta omadga erishasiz. Tadbirkor boʻlsangiz ham raqobatchilardan choʻchimang. Ularni changingizda qoldirib keta olasiz. Kechqurunga yaqin yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

24 avgustda barcha gʻoyalar, rejalar oʻz yakuniga yetishi, haqiqatga aylanishi uchun qaysarlik, qatʻiyatlilik bilan ish boshlang. Ishga ijodiy yondashishgina sizga maʻnaviy toʻkinlik bera oladi. Shundagina qilayotgan ishingizdan koʻnglingiz toʻlib, zavqlana boshlaysiz. Hech bir ishda ikkilanish, shubhalarni oʻzingizga yaqinlashtirmang. Oʻzingizga qattiq ishongan holda olgʻa boring. Muhabbatda oilasizlarning kuni tugʻadi. Bugun kechqurun sizni romantik uchrashuv kutadi. Omadingizni bersin!

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Tadbirkor boʻlsangiz, hamkorlar takliflari, vaʻdalarini chuqur tahlil qiling. Shundan keyingina ish boshlang. Xudo koʻrsatmasin, orangizga yolgʻon aralashsa, fisqu fasod aralashadi. Bu faqat inqirozga olib boradi. Shuning uchun shubha tugʻdira boshlagan hamkorlardan imi-jimida voz kechilgani maʻqul. Oilada oʻzingizni nihoyatda xotirjam tutishga harakat qiling. Emotsiyaga erk bermang. Ovqatlanishda meʻyorni biling.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

24 avgust kuni qarshingizga hayotidan, ishidan, oʻqishidan, qismatidan nolib keladiganlar koʻp boʻlishi mumkin. Ularni oʻzingizdan nari haydamang. Nimadir deb koʻngillarini koʻtarishga harakat qiling. Buning savobi katta boʻladi. Moddiy ahvolingiz yanada yaxshi boʻlishini xohlasangiz, qoʻshimcha daromad keltiradigan ish qidiring. Tejamkorlikka umuman eʻtibor bermay qoʻygan boʻlsangiz, qoʻshimcha daromad keltiradigan ishlar ham sizga yordam berolmasligi mumkin. Oʻylab koʻring.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Kuningiz oʻzingiz oʻylaganchalik yengil kechmaydi. Ayniqsa, tadbirkorlar moliyaviy muammolarni hal etib ulgurmay, hamkorlar tarafidan yangi tashvishlarga roʻbaroʻ boʻlishlari mumkin. Huquqni himoya qiluvchilar va ishxonadagi rahbarlar bilan qoʻpol munosabatda boʻlmang. Salomatlikni, asablarni asrang. Ovqatlanishda rejimga amal qiling. Oila qurishga ulgurmaganlarni kechqurun romantik uchrashuv hamda kutilmagan sovgʻalar qarshi olishga shaylanishgan.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

24 avgust kuni hali oila qurishga ulgurmaganlardan kimdir kimnidir yoqtirib qolish ehtimoli bor. Ish masalasiga alohida eʻtibor bilan yondashing. Oʻz vaqtida dam olishni ham unutib qoʻymang. Tanani chiniqtirishga yoʻnaltirilgan har qanday koʻrinishdagi amallalr bugun faqat foyda beradi. Ertalab yugurishga harakat qiling, turli vitaminli mevalar isteʻmol qiling. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun yulduzlar tashqi koʻrinishingizga eʻtibor qaratib qoʻyishingizni maslahat berishadi. Chunki koʻchaga chiqsangiz, koʻpchilik qarashi, zimdan kuzatishi mumkin. Boshqachroq aytganda, koʻpchilikning diqqat markazida boʻlishingiz kutiladi. Moddiy jihatdan mushkulotlarga duch kelmaysiz. Teri va organizmdagi boshqa aʻzolarni mustahkamlash amallari haqida mulohaza qilib koʻring. Bugun har qanday turdagi safardan bosh tortmang. Bu safar sizga koʻp yaxshiliklarni baxsh etadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʻda qilmoqda?