17:50 / 25.08.2018
5 954

Psixolog yondoshuvi: “Men hayotdan nima xohlayapman oʻzi?”

Psixolog yondoshuvi: “Men hayotdan nima xohlayapman oʻzi?”
Insonning “Men hayotda nima xohlayapman oʻzi?” degan savoliga, oʻziga ishonch bilan javob bermasa, xom hayollar “Meni istayapsan” deb afsonaviy xayollarni taklif etadi.

Xom xayollar bilan orzuning farqi: orzu ehtiyojdan kelib chiqadi va shu insonni baxtli qiladi. Xom xayollar esa boshqalarga oʻzini koʻrsatib qoʻyish, nomini chiqarish, koʻz-koʻz qilishlardan iborat.

Oilada yaxshi munosabat yetishmasa, ishxonadagi moyana kam boʻlsa, bolalardagi tarbiya kemtiklik qilsa, kiygan libosdagi did qoniqtirmasa, shu narsalarni tashqaridan koʻrgan koʻz, oʻzining ichidagi kamchiliklarni koʻra olmayotgan boʻladi. Tashqi dunyodan kamchilik topgan inson, oʻz ichki dunyosidagi kamchilikni koʻrmayotgan boʻladi. Muammo shundaki, koʻzingiz yechimni emas, muammoni koʻrmoqda. Muammoni koʻrish yaxshi emasmi? Albatta, muammoni koʻrish yomon emas, uni yechimini topish oʻrniga muammoni paydo qilganlarni qidirish, ayblash, yomon koʻrib ketib, urish ochish yomon illat. Xom hayollar esa na muammoni topadi, na yechim qidiradi, faqat hayollarda gʻolib boʻlish kinosini koʻraveradi.

Masalan, soat uch boʻldi deylik. Xom xayol bilan fikrlaydigan odam soat toʻrt deb hisoblaydi. Maqsadsiz odam esa qachondir soat ikki boʻlganligini aytaveradi. Bunday odamlarning soati yoki toʻhtab qoladi yoki vaqtdan ilgarida yurib oʻziniyam oʻzgalarniyam hayollar bilanaldaydi. Nimaga bugungi soat uchga qaytib kela olmaydi, deysiz? Chunki shu bugungi uchda boʻlayotgan voqea-hodisalarni yomon koʻrib ketmoqda, ayblamoqda, boshqacha boʻlishini istamoqda. Bori shu, soat uch va shu vaqtda shu makonda, shu odamlar bilan ushbu gapga javob berishingiz kerak, tamom vassalom!

Koʻnmasangiz, xom hayol va kechagi xotira muborak boʻlsin…

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Psixolog yondoshuvi: “Men hayotdan nima xohlayapman oʻzi?”