07:00 / 26.08.2018
5 331

Psixolog nigohi: Ayolning ham haqqi bor!

Psixolog nigohi: Ayolning ham haqqi bor!
Ayol tugʻildi:
Oʻgʻil emas “Qiz” dedilar xomush
Nega xomush… Otasi Oʻgʻil kutganmush!!!

Ayol ulgʻaydi:
Uyda oʻtir oʻqishing shartmas
Uydagi yumushni eplay olgin bas!!!

Ayol sevdi:
Unutma sevishga haqqing yoʻq aslo!!!
Ayolda yurak yoʻq qalbi yoʻq goʻyo….

Ayol turmush qurdi:
Kelinsan gapirma endi boʻl soqov,
Soching supurgi boʻlsin, qoʻllaring kosov!!!

Ayol farzand koʻrdi:
Mana senga farzand nomli baxt
Endi oʻzingni unutgin….. unga yarat taxt!!!

Ayol qaynona boʻldi:
Aralashmang yuring jim….
Arazlab ketmasin sevgan xotinim!!!

Ayol oʻldi:
Dedilar: Nega tashlab ketdingiz
Nega ortda qolganni koʻzin yoshlab ketdingiz.

Ayolning haqqi bor:
Oʻqishga, sevishga, oʻzin deyishga, baxtli boʻlishga, zavqli yashashga, fikrini aytishiga, qaror chiqarishga…
Yana nimalarga ayolning haqqi bor?

Xokisorim, munisam, azizam Ayol… Umringiz uzoq boʻlsin aziz Ayollar…!!!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Psixolog nigohi: Ayolning ham haqqi bor!