Yoshgina ayol tuxum sotayotgan kampirdan tuxumning narxini soʻradi.
Kampir: “Donasi 500 soʻmdan”, deb javob berdi.
"2500 soʻmga oltita tuxum berasizmi”, salkam qarzini soʻraganday balandroq ovozda dedi ayol va qoʻshimcha qildi: “Boʻlmasa, ketaman-da, boshqa joydan ham olaveraman”.
Keksa kampir bir muddat dam tuxumlarga, dam ayolga qaradi-da: "Mayli, olaqoling, ertalabdan beri bittayam sotolganim yoʻq, harna sotilgani”, deb tuxumlarni xaltaga solib berdi.
Ayol goʻyo katta gʻalaba qilgandek, tuxumlarni va sumkalarini koʻtarib mashinasi turgan joyga qarab yurdi. Yangigina avtomobilga oʻtirib, dugonasi bilan uchrashishi belgilangan restoranga keldi. Dugonalar koʻngillari tusagan taomlardan yeb, xohlagan ichimliklarni ichib, maza qilishdi. Turib ketishayotganda, hisob keltirishdi. Haligi ayol hisobda koʻrsatilgandan ortiqcha pul berib, “qaytimi kerakmas”, degandek qoʻli bilan ofitsiantga imo qilib qoʻydi .
Bu voqea restoran xoʻjayiniga arzimagan foyda keltirgan boʻlsa-da, tuxum sotayotgan kampirga katta zarar edi.
Nega biz kuchimizni ojizlardan narsa sotib olayotganda koʻrsatamiz? Nima uchun bizning saxiyligimizga muhtoj boʻlmagan odamlarga xayr qilgimiz kelib qoladi? Nega toʻy-hasham, maʼrakalarda oʻziga toʻq odamlarga boshqa joy, boshqacha dasturxon koʻrsatiladi-yu oddiy xalqning oʻrni boshqa boʻladi?
Ilgari qayerdadir oʻqigandim:
"Mening otam muhtoj odamlarning sotayotgan narsasini kerak boʻlmasa ham soʻraganidan ortiq narxda sotib olardi. Men undan buning sababini soʻrasam: “Mana shu haqiqiy oliyjanoblik”, deb javob bergandi.
Yoqub Umar tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”