QOʻY (21. 03 — 20. 04)
31 avgust kuni uchraganga soʻroq-savol beraverib charchashingiz mumkin. Koʻpchilik juda qisqa fursatda bu qadar ulkan zafarlar quchganingiz bilan qiziqib qoladi. Shubhasiz, siz bunday sirlaringizni qalbingizdan boshqaga ishonmaysiz. Umumiy javob bilan cheklanasiz. Kun davomida yagona bir orzuingiz haqiqatga aylanishi kutiladi. Salomatligingiz juda yaxshi. Ammo kechqurun yaqin insonlardan biri bilan bahslashib qolishingiz natijasida asablaringiz qaqshashi ehtimoldan xoli emas.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Kuningiz takliflar, xushomadlar va iltimoslarga toʻla boʻlishi kutilmoqda. Albatta, bularning barchasi sizga qaratilgan. Taqdirga rahmatlar aytasiz. Bu toʻgʻri. Lekin bir narsani yodda tuting. Bugungi ijobiy natijalarga jon olib jon berishingiz tufayli erishgansiz. Sogʻliq, ish, shaxsiy hayot uchun zararli, yoqimsiz hisoblangan amallar, narsalardan voz keching. Shaxsiy mashinangiz boʻlsa, kun boʻyi piyoda yurib turish kerakligini ham unutmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
31 avgust kuni egizaklar burji ostida tugʻilganlar oʻta faol bir insonga aylanishlari kutiladi. Lekin bu professional kasbingiz emas, balki shaxsiy hayotingiz bilan bogʻliq. Ish bajarish davomida koʻplab uydagi muammolarni bartaraf etishga ulgurasiz. Yangi kasb-hunarga ega boʻlish masalasidagi ilk qadamlar muvaffaqiyatli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida salomatlikni tiklash amallarini ado eting. Vitaminga boy mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qiling.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun negadir dangasaligingiz tutishi kuzatilishi mumkin. Ishga ham, hayotga ham qoʻl siltaysiz-u, bir joyda oʻtirib qolasiz. Ammo bu juda zararli. Vujudingizdagi jami kuch va imkoniyatni ishga solgan holda oldinga intilishda davom eting. Sizga birov pul berib qoʻymaydi. Oʻzingiz ishlab topishingiz kerak. Dangasalikka kelsak, kechki payt yaqin bir manzilda havo almashtirib qaytsangiz, hammasi joyiga tushadi. Ayniqsa, yoga va meditatsiya amallari barcha nuqson-u zararli energetikani haydab soladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
31 avgustda kayfiyatingiz aʼlo, burjingizga mos xarakter, yaʼni, boshqaruvchilik odatingiz yuzaga chiqa boshlaydi. Ishga ham, atrofdagilar bilan kechadigan munosabatlarga ham ijodiy yondasha boshlaysiz. Faqat moliyaviy muammolarni bartaraf etayotganda, meʼyorni buzib qoʻymang. Oila qurmaganlarning ayrimlari kechqurunga yaqin ajoyib bir tanishuvni boshdan kechirishadi. Bu romantik uchrashuv boʻlib chiqishi haqiqatga yaqinroq. Bardam boʻling!
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun zinhor oqimga qarshi suzmang. Garchi hamkasblar kimnidir tanqid qilishga, yo rahbarlar yoniga namoyishkorona kirib borib haq talab qilishga chaqirsa ham rozi boʻlmang. Atrofda boʻlayotgan ishlarga optimist nazari bilan boqing. Pul masalasida bugun ahvolingiz koʻngildagidek kechadi. Biroq katta boylikkacha hali ancha yoʻl bosishingiz kerak. Muhabbatda faqat yon berish bilan cheklaning.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
31 avgust kuni atrofdagilar u qadar yaxshi eʼtibor bermayotganidan ranjigandek boʻlasiz. Ammo ranjishingiz notoʻgʻri. Oʻzingiz birinchi boʻlib qadam tashlang, muloqot qiling. Ular albatta arzirli javob qaytarishadi. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Yaqindagina xizmat safari bilan oʻzga shaharga ketganlar, katta pul bilan ortga qaytishlari kutilmoqda.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Professional kasbingiz bilan bogʻliq yumushlarda muhitni hisobga oling. Agar muhit oʻzingizga yoqmasa, oʻz kuchingiz bilan shu yumushlarni ado eting. Muhabbatda ham oilasizlarga haddan tashqari majnunga aylanish tavsiya etilmaydi. Yetakchi boʻlishga ham urinmang. Tanlagan insoningizni oʻzingizdan bezdirib qoʻyishingiz mumkin. Yangi uyga koʻchish, sotib olish bilan bogʻliq amallar bugun omadli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Sogʻligʻingizga jiddiy qarang.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
31 avgustda yordam soʻrab tanishlarga, doʻstlarga murojaat etishingiz zarur boʻlsa, oʻzingizni koʻp urintirib oʻtirmang. Bir marta qoʻngʻiroq qilsangiz bas, ular bajonidil yetib kelib sizga yordam berishadi. Muhabbatda ham zerikib qolishingiz uchun bahona kuzatilmaydi. Aksincha, juftingiz sizni kutilmagan yoqimli xabarlar bilan sergak torttirib turadi. Kechqurun baʼzilar olis safarga otlanishlari mumkin. Safaringiz bexatar oʻtsin!
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Umumiy ahvolingiz koʻngildagidek boʻladi. Ishlash uchun ham energetika yetarli. Moliyaviy masalada esa muammolar oʻta jiddiy. Ularni bir zarba bilan oʻz tomoningizga agʻdarib olishingiz mushkul kechadi. Demak, kimnidir yordamga chaqirishga majbursiz. Kechqurun yaqin kelajak bilan bogʻliq rejalarni tuzib qoʻying. Boʻgʻimlar, bel qismingizda ogʻriq turib bezovta qilayotgan boʻlsa, mutaxassis maslahati bilan zarur mashqlarni bajarishingiz kerak boʻladi.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
31 avgust kuni ijodiy va texnik loyihalarni amalga oshirishingiz talab etiladi. Bu ishni juda aniqlik bilan bajarmasangiz, muvaffaqiyat qozona olmaysiz. Shaxsiy hayotda hazil-huzulga erk bermang. Bugun shunchaki yuvosh tinglovchi rolini ijro eting. Juftingiz yetakchilik qila tursin. Siz esa faqat uning gaplarini maʼqullash bilan cheklaning. Kechqurun xushxabar eshitishingiz ehtimoli bor. Bu yaqin doʻstlaringizdan biri haqida boʻlishi ham mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ish joyingizdagi hozir egallab turgan oʻrningiz allaqachon eskirgan. Yuqori bosqich sari intiling. Kerak boʻlsa, oqimga qarshi suzing. Mayda-chuyda ishlarni yigʻishtirib, koʻproq daromad keltiradigan ishlarga qoʻl uring. Albatta uddalaysiz. Kechki payt doʻstlar hamrohligida yaqin manzilga safar qilishingiz kutiladi. Oilalilarga farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanish tavsiya etiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”