00:30 / 01.09.2018
5 636

Munajjimlar bashorati: 1 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 1 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Yaqin oʻtmishingizni bir tahlil qilib koʻring. Shunday yoʻl tutsangizgina bugun ado etiladigan ishlarda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻymasligingiz mumkin. Bu ish joyingizga ham, shaxsiy hayotingizga ham taalluqli. Moddiy jihatdan omadga erishishingizda qiziquvchanlikdan uzoqligingiz pand berishi mumkin. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun uzoqqa borib oʻtirish shart emas. Badavlat tanishlardan pulni qanday iqtisod qilish masalasida maslahat olsangiz bas.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

1 sentyabr kuzning birinchi kuni zahiradagi bilimlar va tajribani ishga soling. Shunda professional kasbingiz bilan bogʻliq ishingizda yangi qirralar ochila boradi. Moddiy ahvolingiz siz istagandek kechadi. Qancha pul topishni niyat qilgan boʻlsangiz, oʻshancha pul kissangizga kelib tushadi. Haddan ziyod qimmatbaho buyumlarni sotib olsangiz ham yarashadi. Kechqurun toza havo sayriga chiqing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar yaqindagina tanishgan bir inson bilan shirin suhbatlar qurishingizni bashorat qilishgan. Aftidan, muloqotlar doʻstlikdan ham chuqurroq munosabatga aylanishi sezilmoqda. Oilasiz boʻlsangiz, zararli odatlardan oz kechib ana shu shirin suhbatlar sari talpina boshlang. Kun davomida faqat moliya masalasida mushkulotlarga duch kelasiz. Kechki payt oʻgʻri-kissavurlar tunab ketishidan ehtiyot boʻling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

1 sentyabr kuni internet yordamida boʻlsa-da, kasbingiz bilan bogʻliq bilim va malakangizni oshirishingiz kerak. Bu sohada arzimagan kichik axborotni ham nazardan qochirmang. Ish joyingizda qaysidir hamkasbingiz asabingizga tegish uchun boʻlar-boʻlmas gaplarni gapira boshlasa, indamang, sukut saqlang. Baʼzilarning salomatligida yaxshilik alomatlari sezilmasligi mumkin. Avvalo xudodan shifo soʻrang va undan keyin vrach koʻrigidan oʻting. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Kuningiz ogʻir kechishini yulduzlar bashorat qiladi. Ularning bashoraticha, kun davomida boshi berk koʻchaga kirib qolishingiz kuzatilarmish. Shuni oldindan seza olsangiz, aqlli, oʻzingizga yaqin qarindoshlardan maslahat soʻrashga uyalmang. Muhabbatda ham tasdiqlanmagan, kutilmagan qoʻrquv tuygʻusi sizni jiddiy ahvolga solib qoʻyishi mumkin. Kechqurun amalga oshiriladigan olis safar hamda tadbirkorlar uchun yangi kelishuvlar muvaffaqiyat keltiradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

1 sentyabrda atrofingizda hasadgoʻylar, gʻiybatchi va koʻnglida koʻmiri borlar gʻimirlab qolganiga guvoh boʻlishingiz kutiladi. Katta janjal kelib chiqmasin desangiz, ular bilan ham muloyim munosabat yuriting. Muhabbatda oilalilarga ham, oilasizlarga ham baravar omad kulib boqadi. Ayniqsa, yaqinda janjallashib qolgan juftliklar bugun albatta yarashishadi. Toʻgʻri-da, haqiqiy sof tuygʻular hech qachon oʻlmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ish joyingizda hali tajribasi yetarli boʻlmagan hamkasblar sizga oʻzicha maslahat bera boshlashlari mumkin. Lekin siz ularga eʼtibor qilmang. Faqat oʻzingizga, shaxsiy tajribangiz va malakangizga ishoning. Yaqinda rahbarlarga tutqazgan yangi loyihangiz sizga mukofot hadya etishi kutiladi. Baribir moddiy ahvolingizni yanada yaxshilash uchun qoʻshimcha daromad keltiradigan ish topishingiz kerak. Kechqurun madaniy xordiq chiqarish uchun qulay kechadi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

1 sentyabr kuni oʻzingiz bilibmi, bilmaymi, ortga chekina boshlaysiz. Bu harakatingiz bilan rahbarlarni ranjitasiz, oʻzingizga qoʻshimcha tashvish orttirasiz xolos. Undan koʻra oʻz ishingizni asta qoyillating-u, birovlarning ishiga aralashmang. Muhabbatda juftingiz yo boʻlgʻusi juftingizga nimanidir isbotlashga majbur emassiz. Aytgan gaplarni oʻylab aytsangiz, yana shunday oʻylab qadam bossangiz bas.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yulduzlarning bashorat qilishlaricha, bugungi kuningiz xuddi ertaklardagidek boshlanadi. Lekin ertak yaxshilik bilan tugaydigan xilidan emas. Sirlar ochiladi, odamlar sizga shubhali nazar bilan boqa boshlashadi. Nima boʻldi? Tez aybingizni boʻyningizga olishingiz zarurga oʻxshaydi. Oilasi yoʻqlar kun mobaynida yangi tanishuvlardan birini boshdan kechiradi. Shu tanishuvning oxiri muhabbat boʻlib chiqishi mumkin. Ovqatlanish masalasida sergaklikni qoʻldan bermang.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

1 sentyabr kuni katta janjalning domida qolishingiz ehtimoli bor. Toʻgʻri, janjalning sababchisi siz emassiz. Ammo hamma sizga toʻnkayverib charchatishi mumkin. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda tavakkalchilik, xufiyona usullardan foydalanishni koʻzlamang, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Aksincha, har doimgidek ogʻir-bosiqlikda pullar kissangizga kelib tushishini taʼminlang. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz boʻlmaydi.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Atrofdagilarga nisbatan adolatli boʻling. Kimnidir aldash, yoki yolgʻon ishlatgan holda ish bitirishga urinmang. Yolgʻonlaringiz oqibatda oʻzingizga qaytishi hech gap emas. Oilasi yoʻqlardan biri kechqurun oʻzgacha, hali hech kim boshidan oʻtkazmagan romantik uchrashuvga yoʻl olishi kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida beva-bechoralarga xudo yoʻlida sadaqa qilishni unutmang. Keksaygan, xastalangan qarindoshlar holidan xabar oling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

1 sentyabrda ertalabdan to kechga qadar qattiq, qora terga botib ishlaysiz. Kechqurun adolat gʻolib boʻladi. Qiyinchiliklarning mukofotini olasiz. Muhabbatda illyuziyaning ortidan quvishni bas qilmasangiz, mushkul ahvolda qolib ketishingiz turgan gap. Bu masalada real fikrlar va shunday ishlar, harakatlar zarur. Kechqurun xushxabarlar seriyasini qabul qilib olishingiz haqiqatga yaqin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 1 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?