Agar biror yomon narsa sodir boʻlsa, odam oʻz xavotiridan yashirinib, bari oʻz joyiga kelishini kutadi. Bu koʻproq baxt va kamroq ogʻriqqa erishish yoʻlidagi normal reaksiya. Biroq agar salbiy tuygʻular uzoq davom etsa, ulardan berkinishga harakat qilib, yashamay qoʻyamiz.
Yomon vaqt oʻtib ketishini bombadan qochish joyida kutib oʻtirmaslik uchun undan maksimal darajada foyda olish lozim.
1. Salbiy holatni oʻsish imkoniyati sifatida qabul qiling
Har qanday salbiy xavotir toʻgʻri qabul qilinsa, sizni koʻp narsaga oʻrgatishi mumkin. Ishdan ketish sizga koʻproq mos keladigan kasbni tanlashda turtki boʻladi. Yaqin inson bilan ajrashish yangi sifatli munosabatlarga oʻrin boʻshatadi.
Kasallik koʻp narsalarni notoʻgʻri qilayotganingizni aytadi. Ish bilan bandsiz, salomatligingizga eʼtibor bermayapsiz, oilangiz va oʻzingizga vaqt ajratmayapsiz, juda koʻp xavotirga tushyapsiz. Koʻpincha kasalliklar odamlarda oʻz nuqtai-nazarlarini oʻzgartiradi, ular oʻzlari haqida gʻamxoʻrlik qilib, vaqtlarini koʻproq yaqinlari bilan oʻtkazishni boshlaydilar.
Har qanday yoqimsiz holat – sizning oʻqituvchingiz. Biroq saboqni tushunish uchun unga ochiqlik bilan munosabatda boʻlishingiz lozim.
2. Yashirinmang, hayotingizni toʻlaqonli yashang
Tushkunlikdan qochish istagida odamlar maʼnisiz mashgʻulotlar ortiga yashirinadilar: spirtli ichimliklar ichadilar, ortiqcha ovqat yeydilar, televizor koʻradilar, internet va ijtimoiy tarmoqlarga “yopishib” qoladilar, kompyuter oʻyinlarini oʻynaydilar. Yaʼni muammolari haqida oʻylab, ogʻriqni his etmaslik yoʻlida barcha narsalarni qilib koʻrishadi.
Bunday strategiya vaqtinchalik yordam beradi. Tuygʻular hech qayerga yoʻqolmaydi: ichishning ertasi kuni, yeyilgan bir chelak muzqaymoqdan keyin ular yangi kuch bilan paydo boʻladi.
His-tuygʻulardan yashirinish kerak emas. Aksincha, ularga ochiq boʻling va toʻlaqonli yashang. Ular sizni oʻldirmaydi, aksincha, davolaydi.
Oʻz holatimizga qancha koʻp eʼtibor bersak, shunchalik koʻp ogʻriqni his etadigandek tuyuladi. Biroq tadqiqotlar bunday emasligini koʻrsatdi. Anglanganlik meditatsiyasiga amal qiladigan kishilar tajribaning boshqa ishtirokchilariga qaraganda ogʻriqdan 44 foizga kam aziyat chekishgan.
Oʻz holatingizga diqqatingizni qarating. Tashqi holatlarga emas, ichingizda yuz berayotgan tuygʻularga. Nimani his qilyapsiz: qoʻrquv, xavotir, umidsizlik, tushkunlik. Bu hayajon ustida ishlang, uni toʻlaqonli yashang, turli jihatlarni his eting. Tasavvur qiling, oʻz holatingizni biror mayda detalini koʻzdan qochirmay batafsil tasvirlashingiz kerak.
3. Tajribangizni seving
Salbiy holatdan yashirinishni bas qilganingizda, his-tuygʻularingizni ochib, undan saboq chiqardingiz. Keyingi qadam – bu tajribani sevish.
Ogʻriq, tushkunlikka toʻlgan har bir lahza bir vaqtning oʻzida goʻzallikka ham boy. Sizni xafa qilayotgan odam bir vaqtning oʻzida sizga qimmatli dars bermoqda. Tajribangizning har bir lahzasi va ularni berayotgan har bir odamni yoqtirib qoling.
Yomon davr kelganida unga oʻsish imkoniyati kabi munosabatda boʻlib xursand boʻling, uni yaxshiroq boʻlishga taklif sifatida qabul qiling.
Yoqimsiz holat tugaganida avvalgiga qaraganda kuchliroq va aqlliroq odamga aylanasiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”