QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun birinchi navbatda yaqinlaringizga eʼtibor qaratishingizni, ularni mehringizga qondirishingizni maslahat berishadi. Ishda va moddiy manfaatdorlik bilan bogʻliq harakatlarda muvaffaqiyat qozonishingiz kutiladi. Agar oldingizdan kutilmaganda chiqib qoluvchi qulay imkoniyatlarni nazardan qochirmasangiz, tez orada boyib ketishingiz ham hech gap emas. Jismoniy zoʻriqishlar va sport bilan shugʻullanishdan bosh tortmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
2 sentyabrda muammolaringiz juda koʻpchilikni tashkil etishi mumkin. Ammo bu ishga sira xalal bermaydi. Sizdagi bor kuch va imkoniyatlar bilan Everestni zabt etsa ham boʻladi. Muhabbatda oilalilar ham, hali oila qurishga ulgurmaganlar ham yon berishga moyillik bildirishlari tavsiya etiladi. Shunda juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelmaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ish maydami, yirikmi, farqi yoʻq, asosiysi oʻzingizga yoqadiganini tanlang. Tushdan keyin yolgʻon va firibdan qoʻrqmaydiganlar taʼsiriga tushib qolishdan saqlaning. Aks holda ular sizni zuluk kabi soʻrib, tez orada qashshoq bir bandaga aylantirib qoʻyishi mumkin. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda nafaqat sergaklik va harakatchanlik, balki puxtalik ham ziyon qilmaydi. Kechqurun juda yoqimli bir xabar eshitishingiz ehtimoli bor.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
2 sentyabr kuni kayfiyatingizda tushkunlik, qalibngizda shubha bulutlari suza boshlashi mumkin. Ehtiyot boʻling, bu ikki narsa sizni jiddiy koʻngilsizliklarga yetaklamasin. Ishxonadagi yumushlarni mustaqil uddalay olmayotgan boʻlsangiz, tajribasi koʻproq, koʻngli sizga yaqinroq hamkasblardan koʻmak soʻrang. Shaxsiy hayotda muammolardan tezroq xalos boʻlishni xohlasangiz, ularga xotirjam munosabatda boʻling. Vaziyatni toʻgʻri baholagan holda harakatlar sodir eting.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ertalab qachonlardir sira til topisha olmagan bir inson bilan tasodifan uchrashib qolishingiz mumkin. Sizni hayratda qoldirib, uning feʼli oʻzgargan boʻlib chiqadi. Hatto, doʻstlashishgacha yetasiz. Taqdir bilan sira bahslashmang. Shunda uning kutilmagan sovgʻalarini bugunoq qabul qilib ola boshlaysiz. Moliyaviy masalada juda uddaburon va harakatchanlikkina ezgu maqsadlarga yetkaza oladi. Kechqurun arslon burjida tugʻilganlarning oila qurmagan vakillaridan baʼzilari romantik uchrashuvni boshdan oʻtkazishadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
2 sentyabr kuni toʻrt tarafingizni sinchkovlik bilan kuzating. Toki nimadir sabab boʻlib koʻngilsiz vaziyatda qolib ketmang. Serqatnov yoʻllarda juda ehtiyot boʻling. Gazga keragidan ortiq oyoq qadashdan boʻlagiga yaramaydigan haydovchilar koʻpayib ketgan. Tadbirkorlar bugun kunning ikkinchi yarmida yangi hamkorlar bilan uchrashib, muhim hujjatlarni imzolashlari kutiladi. Kechqurun kimdir qoʻlingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun yulduzlar nafaqat eski, balki yangi qadrdonlar, doʻstlar davrasida maroqli vaqt oʻtkazishingizni bashorat qilishgan. Bundan tashqari, koʻpchilik siz tomon talpinaveradi. Sizga yordam taklif etuvchilar, koʻmak soʻrovchilarning adogʻi boʻlmaydi. Shaxsiy hayotingizda qisqa tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Lekin ular ham sizni quvonchga koʻmishi haqiqat. Turmush qurmagan boʻlsangiz, kechqurun bir inson bilan uchrashib tanishishingiz mumkin. Oʻsha odam sizning taqdirdoshingizga aylansa ajab emas.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
2 sentyabr kuni sizdan sergagi boʻlmaydi. Har bir lahzani nazoratingizga ola bilasiz. Tushdan soʻng pul bilan bogʻliq mojarolarga aralashib qolishingiz ehtimoli bor. Kimlardir sizni boplab chuv tushirishga urinib koʻrishi mumkin. Muhabbatda ham bugun omadingiz kela qolmaydi. Tanlaganingiz, juftingiz bilan orangizda shu qadar jiddiy kelishmovchilik paydo boʻladiki, agar oʻzingizga mahkam boʻlmasangiz, ayriliq azobida qolishingiz mumkin.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Muhabbatdan yanada koʻproq va koʻproq lazzatli lahzalarni talab qilmang. Boridan ham quruq qolib ketishingiz xavfi bor. Ish, mavqeni oshirish, koʻproq daromad olish haqida oʻylaganingiz maʼqul. Shularning sizga ziyondan koʻra foydasi koʻproq. Kun davomida asabiyliklarni boshdan kechirishingiz oqibatida salomatligingizga putur yetishi mumkin. Ehtiyot boʻling. Iloj topsangiz, yoga, suzish va hammom amallarini ado eting. Ular asabni boʻshashtirib, sizni xotirjam torttiradi.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
2 sentyabrda hayotga, atrofingizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga optimist nazari bilan boqing. Basharti kimdir qandaydir tadbir tashkil etishda yordam soʻrasa, albatta rozi boʻling. Kayfiyatingizni majburan boʻlsa-da, koʻtarinki koʻrinishga keltiring. Oʻzingiz kuling, oʻzgalarni kuldiring. Olis safarga otlanishdan voz keching. Bugun mavqe va pul masalasida jiddiy muammolar kutib turadi. Ehtiyotingizni qiling-u, har bir qadamni oʻylab bosavering.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Bugun sizning koʻngil osmoningizda bulutlar koʻzga tashlanmaydi. Qalban qandaydir katta bir ishni amalga oshirishga oshiqa boshlaysiz. Yoʻq, ish ham, harakatlar ham kutib tursin. Siz kun davomida yaxshilab dam olishingiz zarur. Tabiat qoʻynida dam olish, sportning yengil turlari bilan shugʻullanish salomatligingizda ijobiy oʻzgarishlar hosil qiladi. Kechqurun juftingiz bilan birgalikda vaqt oʻtkazishingiz tavsiya etiladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
2 sentyabr kuni yomon tush koʻrish oqibatidami, negadir qalbingizda bir dunyo qoʻrquv bilan uygʻonishingiz mumkin. Xavotir vujudingizni egallab, sira tinchlik bera qolmaydi. Oʻzingizni qoʻlga oling. Bu yoqimsiz tuygʻularni oʻz vaqtida yoʻqotmasangiz, mavqeni oshirishda ham, moʻmay daromad koʻrishda ham jiddiy toʻsiqlarga duch kelasiz. Shaxsiy hayotda koʻproq oʻzingizga ishongan holda harakatlar sodir eting.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”