Koʻpchilik parhezlar uglevodlarni (bunga non ham kiradi) cheklashga asoslangan. Haqiqatan ham shirin kulcha va oq nonlar vaznni oshirishga yordam beradi. Lekin qora va javdari nondan butunlay voz kechish yaramaydi. Buning sabablari bilan tanishing.
Kletchatkalarga boy
Organizmga koʻpincha, ayniqsa qishda kletchatkalar yetishmaydi. Kletchatka organizmda vaznni nazorat qilib turuvchi toʻqlik hissini uygʻotadi. Bir boʻlak qora non tarkibida uch grammgacha kletchatka mavjud.
Yurak uchun foydali
Non tarkibida qondagi insulin miqdorini va yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi B guruhiga mansub boʻlgan koʻplab vitaminlar bor.
Vitaminlar
Non tarkibidagi tiamin, riboflavin, niatsin tanaga uglevodlarni parchalashda va energiyaga aylantirishda yordam beradi. B6 vitamini asab tizimi faoliyatiga, foli kislotasi esa organizmning tiklash faoliyatiga yordam beradi.
Energiyani oshiradi
Meva va sabzavotlar kabi qora non ham murakkab uglevodlarga kiradi. U ancha vaqtda hazm boʻladi va qondagi qand miqdorini ushlab turadi.
Temir moddasiga boy
Temir qon hujayralariga kislorod yetkazish jarayonining bevosita ishtirokchisi hisoblanadi. Bu elementning yetishmasligi oqibatida anemiya, charchoqlik va nafas qisish kasalliklari kelib chiqadi.
Kaloriyasi katta emas
Sendvich bilan nonushta qilishdan unchalik qoʻrqmasangiz ham boʻladi, chunki kaloriyasi unchalik koʻp emas.
Tayyorlash qiyin emas
Sendvich va buterbrodlar — eng qulay yegulik (lanch) hisoblanadi. Ularni bemalol uyda tayyorlashingiz va ishda yoki yoʻlda yeyishingiz mumkin.
Juda mazali
Parhezingizdan sizga yoqadigan oziq-ovqatlarni butunlay chiqarib tashlash yaramaydi. Shuni esda tutingki, oʻzingizni qancha koʻproq chegaralasangiz shuncha koʻp yeb qoʻyasiz.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi