QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kunni anchadan beri orzulagansiz. Nihoyat orzuingiz haqiqatga aylanadigan boʻldi. Ishlaringiz xuddi ertaklardagi kabi sizning foydangizga hal boʻladi. Azbaroyi mamnunligingizdan moddiy ahvolingiz pastga shoʻngʻiganini ham sezmay qolasiz. Ammo sira tashvish chekmang. Axir, bugun ertaklar olamidasiz. Bu olamda ham doʻstlaringiz bisyor. Badavlatlaridan biri darrov sizni qoʻllab yuboradi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 sentyabr kuni oldingizda uchraydigan chuqurlar, toʻsiqlarga eʼtibor bermagan holda ezgu niyatlarni amalga oshirish uchun olgʻa boring. Kimlardir tanbeh beradimi, oyoqdan chalishga urinadimi, gʻiybatingizni qiladimi, sizga baribir boʻlsin. Olgʻa intilavering! Muhabbatda bugun sizga garmoniya juda ham zarur. Suyukli insoningiz kechqurun sizning koʻnglingizni olish harakatida kichik oilaviy bayram uyushtirishi kutiladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugungi kuningiz ajoyib kechishi kutilmoqda. Ish boʻladimi, oʻqishmi, sportmi, farqi yoʻq. Har jabhada omadga erishishingiz aniq. Agar yaqindagina yangi ish boshlagan boʻlsangiz, sira ruhni tushirmang. Yangi rahbarlar bajargan ishingizni koʻrgach, albatta shaʼningizga maqtovlar yogʻdirishadi. Muhabbatda ham zerikishga vaqtingiz boʻlmaydi. Romantika siz bilan. Faqat kechqurun xasta qondoshlardan xabar olib qoʻshimcha savob olishingiz tavsiya etiladi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 sentyabr professional kasbingiz bilan bogʻliq ishlaringizda yangi imkoniyatlar eshigi ochilib, sizga qoʻshimcha daromadlar hadya etishi mumkin. Siz boshqa ishga chalgʻimasangiz bas. Bugun doʻstlaringizdan kimdir sizning yordamingizga muhtoj boʻlib turgan koʻrinadi. Albatta yordam qoʻlini choʻzishingiz kerak. Kunning ikkinchi yarmida muhabbat sizning istiqbolingizga chiqadi. Sizni romantikaning eng yorqin maskanlariga olib ketadi. Vaqtingiz chogʻ oʻtadi. Oila qurmagan boʻlsangiz, bu toʻy sari ilk qadam deya hisoblasangiz, toʻgʻri boʻladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun sizdan birinchi navbatda xotirjamlik talab etiladi. Atrofdagilarning turli qoʻpol munosabatlariga, injiqliklariga sabr bilan yondashishingiz kerak. Bugun surunkali xastaliklarni davolash, jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli kechadi. Ish masalasida puxta rejalarga ega boʻlishingiz lozim. Rejasiz ishga qoʻl urib baraka topmaysiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Oilali boʻlsangiz, juftingizga yanada kuchliroq eʼtibor koʻrsating.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
15 sentyabr kuni kayfiyatingizni Ollohning oʻzi yaxshilab, toʻgʻrilab qoʻyadi inshoolloh. Bu kayfiyatni atrofdagilarga ham ulashib chiqing. Har birlariga mayin jilmayish bilan munosabatda boʻling. Tadbirkor boʻlsangiz, bugun hamkorlar bilan kelishuvlar omadli kechadi. Biznes baribir biznes-da. Bu yerda katta pul aylanadi. Shuning uchun siz juda sergaklik bilan ish yuritshingiz kerak. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz shu qadar xayrli boshlanadiki, oʻz tomoningizga hatto raqobatchilar, hasadgoʻylarni ham ogʻdira olasiz. Ammo birdan bir nechta ishni bajarishga oshiqmang. Kuchning ham, imkoniyatning ham chek-chegarasi bor. Ularni ehtiyotlab, aql bilan sarflagan maʼqul. Bugun muhabbatdan yuz oʻgira turing. Aks holda yolgʻonlar iskanjasiga tushib qolishingiz hech gap emas. Oilasizlar esa aksincha muhabbat sari talpinishlari lozim. Ishoning, bu yoʻlda sizga albatta baxt kulib boqadi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
15 sentyabr kuni goʻyo ertakchiga aylanib qolishingiz mumkin-ov! Negaki, yolgʻon gapirsangiz ham atrofdagilar laqqa tusha boshlaydi. Achinarlisi, bu ertakka bora-bora oʻzingiz ham ishona boshlaysiz. Ishoning, bu ishlaringizni inqiroz yoqasiga olib borib qoʻyishi mumkin. Ehtiyotkor boʻling va qalbingizga quloq tutgan holda qadam tashlang. Salomatligingiz ham havas qiladigan darajada emas. Immunitetni koʻtarishingiz payti yetdi.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Agar tabiatan qaysar odamlarni ham hamkor boʻlishga koʻndira bilsangiz, bugungi ishlaringiz baroridan keladi. Kun davomida yolgʻonlarga, firib va chuv tushishlarga roʻbaroʻ kelishingiz ehtimoli bor. Bu asosan muhabbatda kuzatilishi mumkin. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish yoʻlida sira shoshilmasdan ish tuting. Shunda foyda olasiz. Inqirozga yuz tutmaslik uchun har bir tiyinni qayta-qayta hisobdan oʻtkazishingiz kerak. Asabni ehtiyotlang.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
15 sentyabrda juda koʻp, turli xarakter, niyatli odamlar bilan muloqotda boʻlishingiz kutiladi. Biroq siz ular orasidan oʻzingiz qidirgan odamni tanlashga harakat qiling. Bugun aslo dimogʻdorlikka, nokamtarlikka erk bera koʻrmang. Ishni oʻzgartirish, sayohatga chiqish va ish yuzasidan uchrashuvlar 15 sentyabr kuni muvaffaqiyatli kechadi. Agar ortiqcha vazndan qiynalayotgan boʻlsangiz, har kuni ertalab yugurish mashqlari bajarishga odatlaning.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Dangasalik haqida oʻylashingiz ham mumkin emas. Hayot qaynamoqda. Vaqt soy kabi toshdan-toshga urilib sizni tark etib bormoqda. Demak, bu hayotda yaxshi ishlarni koʻproq amalga oshirish uchun shoshilishingiz zarur boʻladi. Oila qurmagan boʻlsangiz va oʻzingiz tanlagan inson bilan uchrashishni niyat qilsangiz, avvalo u insonni siz ham qiziqtirasizmi-yoʻqmi, shuni aniqlab oling. Yoʻqsa, bu hayotdan oʻz baxtingizni topa olmasdan qiynalasiz. Sogʻligʻingiz mustahkamligi masalasiga alohida eʼtibor qarating. Hatto, yengil shamollashni ham yaqiningizga yoʻlatmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
15 sentyabrda taqdirning sizga nisbatan adolatli ekaniga oʻzingiz ham toʻliq amin boʻlasiz. U sizni qoʻllaydi, ammo erkalatmaydi. Agar kun boʻyi taqdir sizga kutilmagan sovgʻalar hadya etishdan tiyilmasa ham taltayib ketmang. Mayin jilmayish, xotirjamlik bilan qabul qiling. Moddiy ahvolingizni mustahkamlash uchun sizga huquqshunos maslahatlari zarur boʻladi. Salomatligingiz kechqurunga borib biroz yomonlashganiga guvoh boʻlasiz. Bu muammoni mutaxassis yordamisiz ijobiy hal etib boʻlmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?