QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz yengil kechmaydi. Murakkab va chalkashliklarga toʻla ishlar bisyor boʻladi. Bu ishlarning barchasini albatta bugun tugatishingiz lozim boʻladi. Shunday ekan, ertalabdanoq yeng shimarib ishga kirishavering. Kunning ikkinchi yarmida yangi va bir-biridan yoqimli tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Lekin oilali boʻlsangiz, bu tanishuvlarni romantikaga aylantirish fikridan keching va yaxshisi salomatligingizni mustahkamlash bilan shugʻullaning.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
17 sentyabr kuni qachonlardir maktab davringizda olgan darslarni eslab koʻrishingizga toʻgʻri keladi. Sababi, rahbarlar sizga juda murakkab bir vazifani yuklashga ahd qilgan. Bu vazifani bajarish uchun esa yetarlidan ham koʻproq bilim zarur boʻladi. Shaxsiy hayotingiz yanada totli kechishini istasangiz, hazil-mutoyibaga alohida eʼtibor qarating. Shunda janjallardan xoli boʻlasiz. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Oilasiz boʻlsangiz, kunning birinchi yarmidayoq romantik lahzalardan umid qilavering. Bu lahzalarni toʻfon ham yoʻq qila olmaydi. Siz nihoyat sevib qolasiz. Jiddiy munosabatlar haqida oʻylay boshlaysiz. Oilalilar esa aksincha juftidan biroz boʻlsa-da, nari turib koʻrganlari maʼqul. Shunda bir-biringizdan dam olasiz. Qalbdagi uchqunlar asta-sekin olovga aylana boradi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
17 sentyabrda hisob-kitobni yaxshi biladiganlar, tadbirkor, bozorchi va tijoratchilarning kuni tugʻadigan boʻlib turibdi. Pulingizga pul qoʻshiladi. Natijada oʻzingizga yoqqan buyumlarni xarid qilasiz. Hatto, olis safarga otlanishingiz ham mumkin boʻladi. Muhabbatda vaqtni shoshiltirmang. Har ishning oʻz vaqt-soati boʻlishini unutmang. Salomatliingiz hozircha yaxshi tuyulsa-da, sal oʻtmay pand bera boshlashi mumkin. Vrach koʻrigidan oʻting.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Oʻzingiz birga ishlashingiz lozim boʻlgan insonlarga nisbatan iliq munosabatda boʻlishingiz tavsiya qilinadi. Jamoaviy ish baribir yaxshi-da. Har qanday ogʻir yumushni ham birgalikda xamirdan qil sugʻurgandek oson bitirsa boʻladi. Tadbirkorlar oʻzlarining tijorat sirlarini sirligicha saqlashlari zarur. Tashkilotlarda ishlaydiganlar rahbarlardan olqish va maqtovlarni qabul qilib olishga tayyor tursinlar. Hasadgoʻylardan ehtiyot boʻling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
17 sentyabrda negadir kayfiyatingiz tushkun holatda boʻlishi kutiladi. Emotsiya, optimizm sizdan yiroqlasha borayotganini sezasiz. Hoynahoy, anchadan beri dam olmagan boʻlsangiz kerak. Hayot faqat ishdan emas, dam olishdan ham iboratligini unutmang. Tadbirkorlik bilan shugʻullanadiganlar pul masalasida juda sergak boʻlishlari lozim. Bu sizni nafaqat moliyaviy inqirozdan, balki raqobatchilar oʻylab topadigan talofatlardan ham asraydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz yaxshi boshlanadi. Bir jihatdan qaraganda, ishlaringiz baroridan kela boshlamoqda. Ammo organizmni jismoniy zoʻriqishga duchor etishingiz tavsiya etilmaydi. Bu oqibatda sizni xastalanishga olib borishi hech gap emas. Emotsiyani yuqori nuqtalarda ushlang. Atrofdagilar bilan bir gapirib oʻn kulgan holda muloqot qiling. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham tanaffuslar yuzaga kelishini kutmang. Bu jarayon yaqin kelajakda sodir boʻlishi mumkin. Ammo aynan qachonligini xudoning oʻzi biladi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
17 sentyabr kuni qaysi sohada ter toʻkishingizdan qatʼi nazar bor kuchingizni ishga soling. Ter toʻkishdan, qiyinchiliklardan sira choʻchimang. Istasangiz, oʻzingizga yordamchi topsangiz ham boʻladi. Ammo keyin daromadni ikkiga boʻlishingizga toʻgʻri keladi. Qon-qardoshlar bilan ham iliq munosabatda boʻling. Oralaringizda janjal chiqishiga aslo yoʻl qoʻymang. Kechqurun ovqatlanish rejimini buzmang. Meʼyorni biling. Darvoqe, bugun xonadoningizga kutilmagan mehmon tashrif buyurishi mumkin.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi hayotingizda oʻzingiz yoqtirgan sarguzashtlar moʻl boʻladi. Shu bahonada shaxsiy hayotingizda ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar yasashingiz uchun imkoniyatlar paydo boʻladi. Ijod kishilarining ham kayfiyati ijodkorona kechishi kutiladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda kimningdir yordamiga umid bogʻlamang. Bugun daromaddan koʻra xarajatlar koʻp boʻlishi tayin. Baribir tejamkorlikka eʼtibor qarating.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
17 sentyabrda kun boʻyi tashkilotma-tashkilot chopishingizga toʻgʻri keladi. Albatta ish yuzasidan. Shu bahonada anchadan beri yechimini topa olmayotgan muammolarni bartaraf etib olasiz. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingizdan kutilganidan-da ortiqroq mehr kutmang. Buning uchun oldin siz birinchi qadamni tashlashingiz kerak boʻladi. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshlar haqida yoqimli xabar eshitasiz.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Ish joyingizda kunning birinchi yarmida koʻngilsizliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ayrim sizni koʻra olmaydigan hamkasblar yana oyogʻingizga bolta urish payida turgan boʻlishlari mumkin. Sergaklikni oshiring. Har qanday ishni amalga oshirishda faqat qalbingizga quloq tuting. Agar shunday yoʻl tutsangiz, kechqurun albatta gʻalaba siz tomonda boʻladi. Sogʻligʻingiz pand bermaydi. Faqat sogʻliq mustahkamligi oʻzingizga ham bogʻliq.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
17 sentyabr kuni aqlingiz yetadimi-yoʻqmi, baribir savol berishsa, tek turishni maʼqul koʻrmang. Notoʻgʻri boʻlsa ham javob beravering. Kimlardir sizdan maslahat soʻrasa, albatta yordamga shoshiling. Suygan insoningiz bilan janjallarga sabab boʻluvchi munosabatlardan nari boʻling. Dunyoga faqat tabassum bilan boqishga intiling. Shunda sizni hech qanday tashvish, muammo yiqita olmaydi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?