00:36 / 18.09.2018
6 967

Munajjimlar bashorati: 18 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 18 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Koʻngilni bugun keng qilib, yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingizga toʻgʻri keladi. Koʻngil keng boʻlmas ekan, siz birov bilan til topishib keta olmaysiz. Ish joyingizda bor imkoniyatlarni ishga solib boʻlsa-da, haqiqiy professionalligingizni namoyish eting. Shaxsiy biznes ochish uchun 18 sentyabr juda qulay kechadi. Erkakmi, ayolmi, bugun begonalar bilan yaqin munosabatlar yuritsa, albatta koʻngilsizlikka uchraydi. Salomatlikni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

18 sentyabr kuni “Ha” degan soʻzni shior qilib oling. Shunda ishlaringiz baroridan keladi. Dunyoga haqiqiy baxtli bir inson sifatida tabassum ila boqa boshlaysiz. Kun davomida sizga qoʻshimcha daromad keltiradigan ishlarning bir talayini taklif etishadi. Demak, tanlash imkoniyatingiz bor. Yangi loyihalarni amalga oshirishni xohlasangiz, begonalarning maslahatlariga quloq tutmang, illyuziya qurshovida yashang. Nafas yoʻllarini yaxshilashga qaratilgan mashgʻulotlarni amalda bajarish, sharq yakkakurashi bilan shugʻullanish va uzoq vaqt piyoda yurish bugun juda muvaffaqiyatli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar boshingiz uzra qalqib turgan osmon bulutsiz kechishini bashorat qilishgan. Shunday ekan, miyangizda yigʻilib qolgan gʻoyalarni sira oʻylanmasdan hayotga tadbiq eta boshlang. Albatta ijobiy natijasini koʻrasiz. Agar kun mobaynida sizga qaysidir ishni taklif etishsa, oldin bu ishni yaxshilab oʻrganib chiqishingiz tavsiya qilinadi. Muhabbatda juftingizni yoki boʻlgʻusi juftingizni ranjitadigan amallarga qoʻl urmang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

18 sentyabrda butun dunyoda oʻzingizdagi noyob isteʼdodlardan birini namoyish etish imkoniga ega boʻlasiz. Ishda sizning astoydil harakat qilishingiz juda koʻpchilikka yoqib tushishi mumkin. Mayli, qoʻyib bering, sizdan oʻrnak olsinlar. Muhabbatda barcha istaklaringiz ado etiladi. Faqat oilasiz boʻlsangiz, yaqindagina tanishgan inson bilan muloqotda juda ehtiyotkor boʻling. Tagʻin halitdan janjallashib yurmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Safar, oʻqish, dori-darmon kabilarga bugun koʻp pul sarflashingizga toʻgʻri keladi. Bularning barchasi muhim. Shuning uchun taqdirga tan bermasdan ilojingiz yoʻq. Inqirozga tushib qolmaslik uchun oilaviy byudjetingizni toʻgʻri taqsimlang. Uyda yangicha tartib oʻrnating. Yaqin va olis oʻtmish xayollaridan voz keching. Ular sizni chalkashlik sarigina yetaklaydi xolos. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

18 sentyabr kuni ish bajarishda boʻladimi, oilaviy hayotdami, baribir rejalar, tartiblarni butkul oʻzgartirib tashlashingiz kerak. Kunning ikkinchi qismida daromad boʻladi. Ammo siz kutganchalik emas. Tejamkorlikka doʻst tutinishga majbursiz. Sportning loʻkillab yugurish turi bilan kechki payt shugʻullanishingiz tavsiya etiladi. Immunitetni koʻtarish payida boʻling. Ayniqsa, bu surunkali xastalikka chalinganlar uchun juda zarur.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar bugungi kuningiz juda ajoyib tarzda oʻtishini bashorat qilishgan. Nimaiki ishga qoʻl ursangiz, baroridan keladi. Orzular haqiqatga aylanadi. Oila qurishga ulgurmaganlar kechki paytga borib kutilmaganda romantik lahzalar asiriga aylanib qolishlari mumkin. Ayniqsa, muhabbatga ishonmaydiganlar sevgi, ishq haqiqatan borligiga shaxsan amin boʻlishadi. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin qatiq iching. Tushlaringiz totli kechadi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

18 sentyabrda ertalabdanoq ishxonangizdagi rahbarlarga haqligingizni isbotlash harakatiga tushishishingiz mumkin. Lekin yulduzlar bunday harakatni maslahat berishmaydi. Birgina sizning notoʻgʻri yoʻl tutishingiz tufayli jamoa ikki guruhga boʻlinib qolishi mumkin. Shaxsiy hayotda ham juftingiz bilan orangizda janjalli vaziyatlar yuzaga kelishi kutiladi. Ikkingizdan kimdir yon berishga oʻtmasa, bu janjalning oxiri yaxshi boʻlmasligi mumkin.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Qanday ish boshlasangiz, bugun muddatidan oldin, xursandchilikda, daromadlari bilan muvaffaqiyatli yakunlash baxtiga muyassar boʻlasiz. Bu holat kechga qadar davom etishi tayin. Kerakli shaxslar qiyin vaziyatda qolgan paytlaringizda albatta yordam qoʻlini choʻzishadi. Bugun hammasidan ham moliyaviy muammolarni ertaroq hal qilishga urinib koʻring. Oila qurmaganlar bugun tanlagan insoniga oʻz muhabbatini izhor etsa, nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Bugun sizga shunday imkoniyat beriladi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

18 sentyabr kuni anchadan beri koʻrishmagan tanishingiz, doʻstingiz yoki qadrdoningiz sizga kutilmagan sovgʻa hozirlab qoʻygan boʻlishi mumkin. Moddiy ahvolingizni yaxshilash masalasida ham mushkulotlarga duch kelmaysiz. Qancha daromad olishni moʻljallagan boʻlsangiz, shunchani olasiz. Ayol boʻlsangiz, daromad evaziga garderobingizni yana bir nechta yangi kiyimlar bilan boyitish harakatiga tushavering. Afsuslanmaysiz.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Amalga oshirishni moʻljallab yurgan ishlaringizni yakuniga yetkazish uchun koʻp kuch va vaqt sarflashingizga toʻgʻri keladi. Qiynalishlar oʻz samarasini bermay qolmaydi. Tushdan keyin bu ishlaringiz intihosi rahbariyatga juda maʼqul tushganidan xabar topasiz. Asosiysi, hech kimga ishda haqiqiy professionalligingizni isbotlashga harakat qilmang. Ertangi kun uchun kuch yigʻishda doʻstlar bilan kafeda oʻtirib dam olishingiz lozim. Yolgʻiz qolib shirin xayollar surish ham dam olishda katta yordam bera oladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

18 sentyabr kuni negadir hammaga kerakli bir insonga aylanasiz, ishonavering. Chunki ishda oʻzingizni koʻrsata olgansiz. Hech kim oʻz ishining ustasi ekaningizga shubha qilmaydi. Shaxsiy hayotingiz juda totli oʻtadi. Ammo baʼzi yaqinlaringizni haddan ziyod idealga aylantirib qoʻymang. Faqat farishtalargina haqiqiy ideal boʻla oladi xolos. Muhabbatingizni qadrlang. Ovqatlanishda meʼyorni biling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 18 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?