00:28 / 19.09.2018
6 544

Munajjimlar bashorati: 19 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 19 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Kuningiz shu qadar quvnoq va unumli kechadiki, kayfiyatingizni hatto qish qahratoni ham buza olmaydi. Hurmat va eʼtiborning yuqori choʻqqisida boʻlasiz. Roʻzgʻoringizda umuman muammo koʻzga tashlanmaydi. Muvaffaqiyatli xaridlarni amalga oshirasiz. Xuddi ertaklardagidek, shunday emasmi? Ammo siz yogʻli ovqatlar va spirtli ichimliklardan voz kechishingiz kerak. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

19 sentyabr kuni tadbirkor boʻlsangiz, sira ikkilanmasdan har qanday koʻrinishdagi shartnomalarni imzolayverishingiz mumkin. Ularning barchasi kutilgan daromadlarni hadya etadi. Bundan tashqari, biznes hamkorlar qarshisida hurmatingiz ortishida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Agar ish joyingizda mavqeni oshirish niyatida yashayotgan boʻlsangiz, taqdirning kutilmagan sovgʻasini kutmang. Oʻzingiz harakat qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar bugun har jabhada omadingiz chopishiga kafolat bera olmaydi. Lekin asosiy sohalarda albatta omadga erishasiz. Hatto, zerikarli va befoyda tuyulgan ishlardan ham yuz oʻgirmang. Toma-toma koʻl boʻladi. Muhabbatda biroz romantik boʻlsangiz, sira ziyon qilmasdi. Kechqurun suygan insoningiz bilan yolgʻiz qolib, hech boʻlmaganda kechki ovqatni birgalikda tanovul qilsangiz, shirin suhbatlar qursangiz, uning koʻngli yanada koʻtarilgan boʻlardi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

19 sentyabrda shaxsiy hayotingiz tanaffuslarga yuz tutishi mumkin. Buni oʻzingiz ham anchadan beri kutayotgan edingiz. Ayol, qiz boʻlsangiz, biling, bugun kun davomida suygan insoningiz sizga oʻz muhabbatini izhor etadi. Moliyaviy muammolarni yolgʻizlikda bartaraf eta olmaysiz. Badavlat tanishlar yoki tajribasi koʻproq insonlarni yordamga chaqiring. Ulardan nafaqat pul topish, balki ularni qanday tejashni ham oʻrganib olsangiz ajab emas.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ertalabdan eski tanishlarga qoʻngʻiroq qilishga tushishingiz kutiladi. Ular bir masalada sizga yordam berishlari mumkin. Ayrimlar ishlab turgan ishidan boʻshashni ixtiyor qila boshlashadi. Oldin yangi, koʻnglingizga mos keladigan ish topib, keyin ariza yozishga tutinishingiz tavsiya qilinadi. Chin koʻngildan sevadigan insoningiz sizga kunning ikkinchi yarmida kutilmagan sovgʻa tayyorlab qoʻygan boʻlib chiqadi. Bu sizni quvontirib yuborishiga sira shubha yoʻq.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

19 sentyabr kuni erta turib faollikni qoʻldan bermagan holda ish boshlang. Bugun yaqin manzillarga safar, tadbirkorlar uchun kelishuvlar, muhim hujjatlarga imzo chekish muvaffaqiyatli kechadi. Oilasizlar bugundan aytarli yaxshilik kutmasalar ham boʻladi. Ayrimlar hali mustaqil hayot qurishga tayyor boʻlmasliklari mumkin. Taqdir shuni hisobga olib romantikani keyinga suradi shekilli. Sogʻligʻingizni juda asrang. Ayniqsa, asablaringizni hech kimga ishonmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Koʻngilda qanday xohish-istaklaringiz boʻlsa, bemalol ochiq aytavering. Atrofdagilarning koʻzi tegmaydi. Aksincha ular sizga yordam qoʻlini choʻzishlari mumkin. Muhabbatda hammasi oʻzingizga bogʻliq. Agar yoningizdagi inson haqiqatan muhabbatingiz ekaniga koʻzingiz yetsa, uni mahkam ushlang. Seving, seviling, sevdiring va bu yorugʻ dunyoda iloji boricha armonsiz yashashga intiling. Asabiyliklar hukmron boʻlishiga yoʻl qoʻymang.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

19 sentyabrda ishlaringiz baroridan kela boshlaganiga guvoh boʻlasiz. Lekin sizningmas, oʻzgalar rejasi asosida shunday boʻladi. Oʻzingiz birovga ishonib rejalaringiz bilan oʻrtoqlashgan edingiz. U odam imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga harakat qiladi. Sizni ham quruq qoʻymaydi albatta. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qoʻshimcha daromad keltiradigan ish topishingiz kerak. Bu ishda sizga internet yordam beradi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ish oʻngidan kelishi nima ekanini bugun oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrasiz. Oʻzingiznikidan tashqari, boshqalarning ham ishlarini bitirishga ulgurasiz. Yaqin insonlaringiz qarshisida ojiz qolmang. Umuman, ojizlikka yoʻl bermang. Doimo qon-qardoshlar qarshisida qahramon sifatida namoyon boʻling. Faqat yaxshilik sari intilsangiz, zararli energetikani haydab sola olasiz. Kechqurun baʼzilar katta pulga ega chiqishlari kutiladi. Hoynahoy, bu voqea lotereya oʻyini natijasida sodir boʻlsa kerak.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

19 sentyabr kuni kimlardandir nimalarnidir soʻrashga, iltimos qilishga majbur boʻlishingiz kutiladi. Agar shu yordamlar natijasida mavqeingiz ortishi, moddiy ahvolingiz yaxshilana borishi mumkin boʻlsa, soʻrasangiz, iltimos qilsangiz arziydi. Kimdir sizni bahsga chorlasa, olgʻa boring. Past ketishni xayolingizga ham keltira koʻrmang. Kechqurun sizni birodarlardan biri mehmonga taklif etishi mumkin.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Vaziyat, taqdir hadya etgan holatlar bilan hisoblashishingizga toʻgʻri keladi. Taqdirga qarshi borib baraka topmaysiz. Toʻgʻri kelib qolsa, qarindoshlardan yordam soʻrang. Ular ham vaqti kelganda sizdan koʻmak talab qilishadi-ku! Shaxsiy hayotingiz goʻyo havoda muallaq qolib ketgandek. Uni yerga avaylab tushirib qoʻyish lozim. Aks holda eng aziz deb bilganlaringizni muallaqlik boshqa dunyoga uchirib ketishi hech gap emas.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

19 sentyabrda atrofdagilarga bor jahdingizni sochish bilan kunni qarshi olishingiz mumkin. Bu ishingiz toʻgʻri emasligini oʻzingiz ham yaxshi bilasiz. Lekin emotsiyangizni jilovda tuta olmaysiz. Ehtiyot boʻling, kimlar bilandir janjallashib qolmang tagʻin. Kun davomida hech kimga maʼlum boʻlmagan isteʼdodingizni namoyish etish imkoni tugʻiladi. Bu vaziyatdan unumli foydalaning.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?