QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun birinchi oʻringa shaxsiy manfaatlarni emas, odamiylik hissini qoʻying. Garchi siz koʻz oʻngingizdagi katta pulga ega chiqishni xohlab ketayotgan boʻlsangiz ham, tiyiling. Shaxsiy hayotda esa yaqinlaringiz haqida koʻproq qaygʻurishingiz kerak boʻladi. Basharti kimgadir yordamingiz zarur boʻlsa, ayamang. Kechqurun safarga otlanishingiz ehtimoli bor. Bu safar sizga juda zerikarli tuyulishi mumkin. Ammo katta foyda keltiradi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
21 sentyabr kuni ayrimlar yaqin oʻtmishga aylangan romantik munosabatlarni qayta tiklash harakatida boʻlishadi. Agar koʻnglingiz haqiqatan shuni istayotgan boʻlsa, hech kimga quloq tutib oʻtirmang. Faqat qalbingiz amriga boʻysuning. Kechqurun uyga moʻmay daromad olib kelishingiz kutiladi. Faqat tejamkorlikka amal qilishingiz kerak. Aks holda bugungi xursandchiligingiz ertaga xafaqonlikka aylanib qolishi hech gap emas.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalabdan yulduzlar yangi tanishuvlar, uchrashuvlar va safarni boshdan kechirishingiz mumkinligini bashorat qilishgan. Ijod va sanʼat bilan bogʻliq qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishadi. Bosh tortmang. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda sizga u darajada isteʼdod kerak boʻlmaydi. Harakat boʻlsa bas. Koʻzlangan daromadga ega boʻlasiz. Kechqurun immunitetni koʻtarish uchun xizmat qiluvchi amallar bilan shugʻullaning.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
21 sentyabrda ish boshingizga doʻldek yogʻila keladi. Lekin ularning yarmidan koʻpi bajarib vaqt ketkazishga arzimaydi. Iloj qancha. Rahbariyat buyurgach, bajarishga majbursiz. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun tashkil etiladigan tadbirlar haqiqatan muvaffaqiyatli kechadi. Ammo pulni deb doʻstlarni oyoqosti qilmang. Tatimaydi. Kechqurun zararli odatlardan voz kechish kelgusida ijobiy natijasini beradi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Erta tongdan kayfiyatingiz aʼlo boʻlishiga atrofdagilarning shirinsuxanligi sabab boʻlsa ajabmas. Tashqi koʻrinishingiz ham bunga arzirli darajada boʻladi. Kun davomida koʻpgina muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritishingiz kutiladi. Kechqurun sizni ommaviy tadbirda ishtirok etish amali kutib turadi. Agar tadbirda ham oʻzingizni koʻrsata olsangiz, sovgʻasiz uyga qaytmaysiz, ishonavering. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
21 sentyabr kuni kechga qadar emotsiyangiz yuqori darajada boʻlishi kutilmoqda. Bu asosiy ishlaringizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Qolaversa, atrofdagilar bilan tillashishda, sevimli xobbingiz bilan band boʻlishda ham emotsiyaning taʼsirini albatta sezasiz. Olis safarga otlanishdan keskin bosh torting. Janjalli vaziyatlarda qolib ketishingiz mumkin. Agar velosipedingiz boʻlsa, kechqurun albatta sayrga otlaning. Surunkali xastalikka uchraganlar dorilarini oʻz vaqtida ichishlari tavsiya qilinadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tarozi burji ostida tavallud topganlar bugun ish joylarida hamkasblar bilan janjallashib qolishlari kutiladi. Agar siz ulardan kimnidir ranjitgan boʻlsangiz, uzr soʻrashga oʻzingizda kuch topa oling. Shaxsiy hayotingizda sokinlik, xotirjamlik hukm suradi. Kunning ikkinchi yarmida xasta qondoshlar holidan xabar oling. Shu yoʻl bilan qoʻshimcha savobga ega boʻling. Kechqurun baʼzilar bosh ogʻrigʻidan bezovtalanishlari, oʻta tushkun kayfiyatda qolishlari mumkin.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
21 sentyabr kuni kayfiyatingiz tushkunlik sari talpinaverishidan bezor boʻlasiz. Hech kim bilan gaplashishni xohlamaysiz. Kamgap va oʻychan bir odamga aylanib qolasiz. Ammo shu kayfiyat ishlaringiz baroridan kelishida juda qoʻl keladi. Roʻzgʻoringizda ham muammolar qalashib yotibdi. Biroq bu muammolarni yolgʻizlikda bartaraf etishga mahkumsiz. Aksiga olgan kabi moddiy ahvolingiz ham bugun yaxshilana qolmaydi. Kechqurun kelgusi rejalarni xomchoʻt qilib olish sira ziyon qilmasdi.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ertalabdan yaqin oʻtmishda bajarilmay qolgan ishlarni bitirish harakatida boʻling. Shaxsiy hayotingizda ham tinchlik hukm surmoqchi emas. Oldin siz juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingizni anchadan beri qiynab kelayotgan savollarga javob topishingiz zarur. Moliyaviy muammolarni birovlar koʻmagisiz ham ijobiy hal etishga qodirsiz. Kechqurun shamollashdan, gripp yuqtirib olishdan saqlaning. Serqatnov yoʻllarni kesib oʻtishda sergak turing.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
21 sentyabr kuni yangi ishlarni dadil boshlayversangiz boʻladi. Kayfiyatingiz ham xuddi shu narsaga tayyor turadi. Shiddatingizning chegarasi boʻlmaydi. Bir soʻz bilan aytganda, omad siz tomonda boʻladi. Faqat uning qadriga yeta bilsangiz bas. Atrofdagilardan keskin yuz burmang. Bu moliyaviy muammolarni bartaraf etishda toʻsiq vazifasini oʻtashi mumkin. Piyoda sayr qilish, fitnes va ortiqcha vaznga qarshi parhez tutish bugun muvaffaqiyatli kechadi.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Yaqin insonlarni, qon-qardoshlarni hayratda qoldirishga harakat qiling. Ularga kutilmagan sovgʻalar hadya eting. Bunday xayrli ishlarga anchadan beri qoʻl urmagansiz. Agar yaqin kelajak uchun ishingiz bilan bogʻliq foydali rejalar tuzgan boʻlsangiz, ularni qogʻozga tushirib qoʻyishingiz talab etiladi. Kechqurun odatdagidek toza havoda sayr qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
21 sentyabrda ishda sizni oʻta yorqin lahzalar kutib turadi. Ishxonadagi ishlarni shu qadar qoyillatasizki, rahbarlar chin koʻngildan olqishlashdan tiyila olmay qolishadi. Biling, bugun yangi tanishuvlar va safarlar sizga moddiy manfaat keltiradi. Salomatligingizga alohida eʼtibor bilan yondashing. Yogʻli, shoʻr taomlardan voz keching. Shunda oshqozon bilan bogʻliq muammolarga duch kelmaysiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi