10:25 / 21.09.2018
5 562

Koʻngil oynasini artib turing

Koʻngil oynasini artib turing
Bir oila shahar markazidagi koʻp qavatli uylarning biriga koʻchib keldi. Yangi xonadon bekasi ertalab azonda uygʻonib, tashqariga boqdi. Qarasa, qoʻshni ayol yuvilgan kirlarini dorga yoyish bilan band.

– Yo tavba, anavi ayolning kirlari hecham “ochilmabdi”, chala yuvganmi, deyman, – dedi kinoya ohangida. Uning bu gaplarini eshitgan eri lom-mim demadi.

– Qoʻshnimning sovuni sifatli emasdir. Ehtimol, kir yuvishni bilmas. Unga kir yuvish qanaqa boʻlishini bir oʻrgatib qoʻysam boʻlarkan. Shu tariqa har safar haligi qoʻshni ayol dorga kir yoyganda, shu suhbat takrorlanaverdi, er esa beparvo. Ajib va munavvar kunlardan birida ayol deraza osha tashqariga boqdi-yu, beixtiyor qichqirib yubordi:

– Voy, mana qarang! Bugun u kirlarini top-toza qilib yuvibdi-ku. Birorta gʻubor koʻrinmaydi-ya! Nihoyat qoʻshnim kir yuvishni oʻrganib olibdi, qoyil!

– Yoʻgʻye, – deya sokinlik bilan javob beribdi eri, – men shunchaki barvaqtroq turib, deraza oynasini yuvib-tozalab qoʻydim, xolos...

Hayotda ham xuddi shunday! Hammasi atrofimizdagi voqea-hodisalarni koʻrsatib turgan oʻsha deraza oynasiga bogʻliq. Avvalo, birovlarni tahqirlash yoki ulardan biror ayb topishdan oldin oʻzimizning koʻngil oynamizga boqaylik. Dilimizni har qanday chang va gʻuborlardan tozalaylik. Qachonki, qalb oynamiz pokiza ekan, dunyo bizlar uchun shunchalik hikmatli koʻrinaveradi. Zero, illat izlaganga illatdur dunyo.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koʻngil oynasini artib turing