00:38 / 22.09.2018
7 015

Munajjimlar bashorati: 22 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 22 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

22 sentyabr kuni aʼlo kayfiyatda boʻlasiz. Badiiy til bilan aytganda, qalbingiz qoʻshiq kuylaydi, yuragingiz umid va ishonchga toʻlib-toshadi. Hatto, sizni koʻra olmaydiganlar ham bu kayfiyatingizni buza olmaydi. Qarindoshlaringizdan biri kunning ikkinchi yarmida sizga kutilmagan sovgʻa hadya etishni niyat qilgan. Ammo bu sovgʻa juda qimmatbaho. Bugun olis safarga chiqish muvaffaqiyat keltirmaydi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Ish, shaxsiy hayotga tegishli rejalaringizni duch kelganga dasturxon qilavermang. Chunki siz doʻst deb bilgan, ishongan odam bilib-bilmay sizga pand berib qoʻyishi mumkin. Moddiy ahvolingiz yomon boʻlmaydi. Lekin xarajat masalasida qattiq turing. Uchragan kerak-nokerak buyumga pul sarflayversangiz, inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas. Kechqurun oila qurmaganlarni romantik lahzalar kutib qoladi. Bugun birovlarga zinhor vaʼda bera koʻrmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

22 sentyabr kuni ishxonada shu qadar tashkilotchi va tashabbuskor xodimga aylanasizki, rahbarlarning ogʻzi lang ochilib qolishi tayin. Tanqidlarni bugun xotirjam va jilmaygan holda qabul qiling. Muhabbatda alanga ola boshlagan olovga yogʻ sepmang. Ayniqsa, oilasiz boʻlsangiz, boʻlgʻusi juftingiz bilan munosabatlaringizga putur yetishi mumkin. Serqatnov yoʻllarda ehtiyotkorlikka eʼtibor qarating.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Yulduzlar bugun sizga shu qadar koʻp quvonchli lahzalarni taqdim etadiki, yuragingizga uarning hammasini sigʻdira olmay qolishingiz mumkin. Atrofdagilarga iliq munosabatda boʻlishingiz tavsiya qilinadi. Kun davomida yangi, oʻzingiz uchun foydali tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Shu orada roʻzgʻordagi muammolarni ham qoyillatib uddalashga erishasiz. Yoningizdagi pullarni tejab ishlating. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzini qaytarishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

22 sentyabr kuni atrofdagilar bilan munosabatlarda sezilarli mushkulotlarga duch kelishingiz kutiladi. Oʻzingizni boshi berk koʻchaga kirib qolgandek his eta boshlashingiz mumkin. Muhabbatda oilasizlarni yoqimli lahzalar kutib qoladi. Boʻlgʻusi juftingiz sizga anchadan beri oʻzingiz kutgan soʻzlarni tilga olishi mumkin. Surunkali xastalikka chalingan boʻlsangiz, oʻzingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ishxonangizda rahbarlar zimmangizga yuklagan yumushlarni faqat oʻzingiz tuzib chiqqan puxta rejalar asosida bajaring. Shunda pul ham noz-karashmalarsiz kelib qoʻlingizga tushadi. Agar daromadning mazasi boʻlmasligini oldindan payqasangiz, boshqa ishlarga nazar tashlayverganingiz maʼqul. Shaxsiy hayotda har bir muammoga ijodiy yondashishga harakat qiling. Shunda juftingiz bilan oʻzaro munosabatlarda muammoga duch kelmaysiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

22 sentyabr kuni mavqeingizni oshirish uchun juda qulay imkoniyatlar paydo boʻlishi mumkin. Bunday imkoniyatlardan imi-jimida foydalanib qolmasangiz, keyin afsuslanishingiz tayin. Agar yangi ishga qoʻl urishga qoʻrqsangiz, yaqin doʻstlarning biridan maslahat soʻrang. Ana shunda oʻzingizga boʻlgan ishonch ortadi. Muhabbatda oilali boʻlsangiz ham, oilasiz boʻlsangiz ham meʼyorni biling. Aks holda ortiqcha muammoga roʻbaroʻ kelasiz.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Yulduzlar kuningiz ideal oʻtishini bashorat qilgan. Bunga sira shubha qilmasangiz ham boʻladi. Ertalabdanoq vujudingiz kuch va qudratga toʻlib-toshadi. Ilgari hayotga tadbiq etilgan loyihalar kun davomida daromad keltiradi. Salomatligingiz bugun bezovta qilishi kutilmoqda. Qon bosimingiz sakrashi mumkin. Buning chorasini albatta koʻrishingiz kerak boʻladi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

22 sentyabr kuni bajarishingiz zarur boʻlgan ishlarning adogʻi boʻlmaydi goʻyo. Lekin siz ular orasidan eng yaxshilarini, moʻmay daromad keltirishi mumkin boʻlganlarinigina tanlang. Negaki, barcha ishlarni bir kunda yakuniga yetkaza olmaysiz. Qarindoshlar bilan munosabatlarda juda muloyim boʻlishingiz tavsiya qilinadi. Aks holda janjallashib qolishingiz turgan gap.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Professional kasbingiz bilan bogʻliq masalalarni hal etishda reallikka eʼtibor qarating. Garchi baʼzi hamkasblar sizga xalal bersa-da, ishni yarim yoʻlda qoldirib ketmang. Boshladingizmi, qanday yoʻl bilan boʻlmasin, yakunlashga harakat qiling. Pul kechqurun albatta kissangizga kelib tushishini xohlasangiz, harakatlarni tezlashtiring. Birovlarga hasad qilish degan narsani xayolingizga ham keltirmang. Faqat yaxshilik haqida oʻylang.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

22 sentyabrda anchadan beri sira yeta olmayotgan niyatga yetishingiz kutiladi. Agar ob-havo imkon bersa, koʻproq piyoda yoʻl bosing. Kuz havosidan toʻyib-toʻyib nafas oling. Qiz-juvonlar salomatlikni tiklash yoʻlida fitnesga qatnaganlari maʼqul. Bu salomatlikka faqat ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ruhan tetiklik tungi uyqungiz osoyishta va totli kechishini taʼminlaydi. Oʻzingizni, yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugungi kun siz oʻylaganchalik unumli kechmasligi mumkin. Ammo baribir qiziqarli hodisalari bilan bir umr yodingizda saqlanib qoladi. Mabodo hamkasblardan kimdir jahlingizni chiqarsa, qoningizga tashna qilsa ham oʻzingizni bosib, xotirjam munosabat bilan javob qaytaring. Moddiy ahvolingiz yaxshi, baribir xarajatlarga zeb bermang. Kechqurun ayrimlar oʻzi yashaydigan joydan ancha olisga safar qilishlari kutilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?