QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun professional kasbingiz bilan bogʻliq ishingizda yangi bilim va tajribaga ega boʻlishingiz uchun juda qulay imkoniyatlar tugʻilishini bashorat qilgan. Har bir katta-kichik axborotni oʻzingizda olib qolishga va undan ishda unumli foydalalnishga harakat qiling. Oʻzingiz yaxshi tanimaydigan odamlarga ishonib qoʻymang. Sizni shu qadar boplab chuv tushirishadiki, bir tiyinsiz qolib ketishingiz tayin. Salomatlik bilan hazillashmang, oʻz vaqtida muolaja oling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 sentyabrda qoʻlingizdagi pullarni qanday va nimaga sarflash yoki tikish haqida bosh qotirishingizga toʻgʻri keladi. Toʻgʻri qilasiz. Pullarni befoyda sarflamaslik kerak. Shubhali tuyulgan tanishuvlar, ishlardan yuz oʻgiring. Shaxsiy hayotingizda yaqinlaringiz bilan oʻzaro munosabatlar sustlashish ehtimoli bor. Ammo oʻzingizni erkin his etish, chin koʻngildan dam olish, hayotdan zavq olish uchun bu narsa xalal bera olmaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar bugun ishda ham, atrofdagilar, oilangizdagilar bilan munosabatlarda faollikni sekinlishtirishingizni maslahat beradi. Bu sizga boshqa ezgu niyatlaringizni amalga oshirishda katta yordam beradi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda juda ehtiyotkor boʻlishingiz tavsiya qilinadi. Hamkasblaringizning sizga nisbatan sovuqqon munosabati kayfiyatingizni buzishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Immunitet va gemoglabinni koʻtaruvchi mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qiling.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
27 sentyabr kuni professional kasbingiz bilan bogʻliq yumushlarda muvaffaqiyatlar qozonasiz. Agar bu ishga yaqinda joylashgan boʻlsangiz, rahbarlarning alohida eʼtiboriga tushdim deyavering. Shaxsiy hayotingizni yaxshilab yoʻlga qoʻying. Tez-tez yoʻlingizga gʻov boʻlayotgan toʻsiqlar, keskin vaziyatlarni yoʻq qilish payti yetdi. Busiz hayotingizni hashamatga aylantira olmaysiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Siz tavallud topgan burj arslon deb nomlanishini unutib qoʻymang. Oldinda juda keskin, ogʻir vaziyatlar kutib turadi. Ularni yengib oʻtish oson kechmaydi. Rejani puxtalash kerak. Ayniqsa, moddiy manfaatdorlik masalasida qattiq turishingizga toʻgʻri keladi. Shaxsiy biznesingiz boʻlsa, hamkorlardan ham ehtiyot boʻlishingiz kerak. Kechqurun koʻpchilik oila davrasida vaqt oʻtkazadi. Ayrimlar yaqin insoni bilan kino yoki teatrga tushishi mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 sentyabr kuni bir daqiqa ham ishsiz qolmaysiz. Ishdan tashqari kimlar bilandir muloqot, xizmat safarlari, muhim hujjatlarni imzolash kabi amallar sizni kutib qoladi. Oilada kuzatuvchi rolini ijro eting, kam boʻlmaysiz. Agar birovlar uchun ham ishlash majburiyatini zimmangizga yuklagan boʻlsangiz, bardam boʻling. Bu vazifani bajarish oson kechmasligi mumkin. Surunkali xastalikka yoʻliqqanlar profilaktika masalasida harakatlar sodir etsinlar. Moddiy ahvolingiz yuqori choʻqqida boʻlmasa-da, pulsiz ham qolib ketmaysiz.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar oqimga qarshi suzishni aslo maslahat berishmaydi. Aks holda shunday kuchli va xavfli toʻlqinlarga borib urilasizki, ezgulikdan asar ham qolmaydi. Shaxsiy hayotda juftingizni, qon-qardoshlarni tanqid qilishdan tiyiling. Ishda faollikni keskin oshirishingiz kerak. Tashabbuskor boʻlishingiz lozim. Muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tugʻilsa, juda sergak turing.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
27 sentyabrda ishxonangizda zerikmasligingiz, muvaffaqiyatsizliklarga duch kelmasligingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Agar ulardan unumli foydalana olsangiz, oshigʻim olchi deyavering. Rahbarlar yangi vazifalarni zimmangizga yuklashsa, xursandchilik bilan qabul qiling. Shu vazifalar bahonasida mavqeingiz ham, maoshingiz ham oshishi aniq. Qiz-juvonlar kun davomida tashqi koʻrinishlariga eʼtibor bersalar, goʻzallik saloniga moʻralab qoʻysalar yomon boʻlmasdi.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Baʼzi doʻstlarimiz anchadan beri mehnat taʼtiliga chiqishni moʻlljallab yurgan boʻlsalar, bugun doʻppini osmonga otaversinlar. Bugun rahbariyat arizangizni imzolaydi. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qoʻynida dam olib qaytish omadli kechadi. Kechki payt olisda yashaydigan qarindoshlaringiz mehmonga kelishlari mumkin. Shaxsiy avtomobilingiz boʻlsa, serqatnov yoʻllarda juda ehtiyot boʻling. Kechqurun kichik boʻlsa-da, oilaviy bayram uyushtiring.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
27 sentyabr kuni ertalabdan vujudingizni ikkilanishlar chirmab olishi mumkin. Umuman, kun siz uchun ancha ogʻir kechadi. Kimlargadir kun boʻyi haqligingizni isbotlash harakatida boʻlasiz. Oila qurmagan boʻlsangiz, bugun kunning ikkinchi yarmida muhabbat qalbingizga mehmon boʻlishi mumkin. Haydab solmang. Sabr qiling. Muhabbatning achchiq lahzalarini boricha qabul qiling. Uyquga yotishdan oldin sut mahsulotlari isteʼmol qiling. Tushingiz totli kechadi.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar quyoshli, xursandchiliklarga toʻla kunni vaʼda qilmaydi. Bunday kunni oʻzingiz yaratishingiz lozim. Atrofdagilar bilan shirin suhbatlar quring, oilada bir-biringizga mehribon boʻling. Shunda quyoshli kunning oʻzi sizni qidirib keladi. Bugun har qanday koʻrinishdagi safarlar, parvozlar va jismoniy mehnat sizga faqat yaxshilik keltiradi. Oila qurishga ulgurmaganlarni kechqurun romantik uchrashuv kutib qoladi. Bardam boʻling. Salomatligingiz haqida qattiqroq qaygʻuring.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 sentyabrda kuningiz xuddi ertak va afsonalardagidek sehrli kechishi kutiladi. Ammo bu taqdirning shunchaki aldovi boʻlishi ham mumkin. Ayniqsa, ishxonada ehtiyotkorlikni qoʻldan bermang. Kechqurunga borib moddiy ahvolingiz yaxshi tomonga oʻzgaradi. Shunda siz oʻzingiz xohlagan, orzulagan buyumlarni bemalol xarid qilaversangiz boʻladi. Faqat kun davomida oqimga qarshi suzmasligingiz tavsiya etiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi