QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Qaysi masalada boʻlmasin, qaror chiqarishga shoshilmang. Barcha ishlarning reja boʻyicha bajarilgani maʼqul. Ishxonangizda qisqa muddatli tanaffuslar kutiladi. Oila qurmaganlar agar tanlagani, sevgan kishisi boʻlsa, bugun bemalol uchrashib, muloqotga kiraverishlari mumkin. Siz muhabbatda albatta gʻolib boʻlasiz. Kunning ikkinchi yarmida ikkiyuzlamachilardan biri sizni boshi berk koʻchaga olib kirib qoʻyishga harakat qilishi mumkin. Ehtiyot boʻling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
28 sentyabr kuni qarama-qarshi jins vakil yo vakilalarining maqtovlariga tashnaligingiz oʻz soʻzini ayta boshlaydi. Oila qurmaganlar emotsional jihatdan xavfli bir bosqichga tushib qolishlari mumkin. Toʻyni tezlashtirmasangiz boʻlmaydigan koʻrinadi. Ish joyingizda omadingiz chopadi. Hatto, rahbarlar bilan bahslashgan taqdiringizda ham ziyon koʻrmaysiz. Faqat oʻzingizga qattiq ishongan holda qadam bosing. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar bugun kuningiz muvaffaqiyatlar qozonish bilan boshlanishini bashorat qilgan. Qaysi jabhada ter toʻkmang, baribir gʻolibsiz. Lekin ish bajarishda oʻzgalarni aralashtirmang. Oʻz kuch va imkoniyatlaringizga suyaning. Hamkasblar bilan oʻzaro munosabatlarda hazil-mutoyibaga moyil boʻling. Kun davomida sport bilan shugʻullanadiganlarning omadi chopadi. Bu sizga ham moddiy manfaat, ham mustahkam sogʻliq hadya etishiga shubha yoʻq.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 sentyabrda hali biror maqsadni koʻzlamay turib dunyoni zabt etish ilinjida yelib-yugurishingiz kutiladi. Biroq esda tuting, bu qadar katta tezlikda gʻoliblik daʼvo qilish sizga zarar keltirishi ham hech gap emas. Har bir ishni reja asosida amalga oshirganingiz maʼqulroq. Kechki payt aldanib qolishingiz xavfi bor, ehtiyot boʻling. Oila qurmagan boʻlsangiz, bugun sizning kuningiz. Boʻlgʻusi sirdoshingizni albatta uchratasiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar kuningiz unumli kechishini bashorat qilgan. Shunday ekan, ish masalasida qaygʻuga botmasangiz ham boʻladi. Chunki ish bor joyda ozmi-koʻpmi, daromad albatta boʻladi. Ish joyingizda maosh kamligidan aslo shikoyat qila koʻrmang. Devorning ham qulogʻi bor. Kimdir rahbariyatga yetkazsa, boridan ham mahrum boʻlib qolishingiz hech gap emas. Mehnat taʼtiliga chiqish haqida oʻylashga hali erta. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatlikka alohida eʼtibor qarating.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
28 sentyabr kuni birinchi oʻrinda moddiy ahvolingizni yaxshilash haqida qaygʻurishingiz lozim. Shugina azaliy orzularingiz ushalishida alohida ahamiyat kasb eta oladi. Oila qurmaganlarning ham orzusi haqiqatga aylanadi. Kunning ikkinchi yarmida idealingizdagi insonni uchratishingiz kutiladi. U qalbingizni larzaga solib, vujudingizga qaynoq tuygʻular jo etadi. Sogʻligʻingizni ehtiyot qiling. Surunkali xastalikka yoʻliqqan boʻlsangiz, och-nahor qolib ketishdan, behuda asabiylashishdan saqlaning.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Zerikmaslik, tushkunlikka tushmaslik uchun xayolot dengiziga shoʻngʻing. Har bir ishni boshlashdan oldin xayolan gʻolibga aylaning. Shundan keyingina qadam bosing. Ana shunda siz rostdan ham gʻolibga aylanasiz. Kunning ikkinchi yarmida baʼzilar olis safarga otlanishlari kutiladi. Safar davomida ajoyib bir inson bilan tanishib doʻstlashasiz. Roʻzgʻordagi kamchiliklar qondoshlar bilan orangizdagi munosabatlarga ziyon yetkazishi mumkin. Barcha ogʻirlikni zimmangizga olishingizga toʻgʻri keladi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
28 sentyabr kuni ham aqlan, ham jisman kuchli boʻlasiz. Sizga tenglashadigani boʻlmaydi. Bu tadbirkorlarga koʻz koʻrib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlar qozonish imkonini yaratib beradi. Muhabbatda besabrlik qilib qoʻymang. Omad yuz oʻgirishi mumkin. Faqat xotirjamlik, sabr bilan boshlagan ishlaringizgina baroridan keladi. Kechqurun ayrimlar xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin. Suyunchisini tayyorlab qoʻyavering.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Shartakilik, jahldorlikni boshqa kunlar uchun asrab qoʻying. Bugun sizga muloyimlikkina yordam bera oladi. Xotirjamlik bilan boshqalarga munosabat yuritish faqat sizning foydangizga ishlaydi. Yaqin insoningizga qaynoq mehr hadya eting. Busiz uning muhabbatini qozona olmaysiz. Shubhasiz, bu oila qurishga ulgurmaganlarga tegishli gap. Har jabhada oʻtmishdagi xatolar takrorlanishiga yoʻl qoʻymang. Ayrimlar oyoq va bel ogʻrigʻidan bezovtalanishlari mumkin.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
28 sentyabrda intellektual zahirangiz uch hissa ortadi. Bu avval oʻylab qoʻyilgan, rejalashtirilgan ishlarni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishingizda qoʻl keladi. Oilasizlar boʻlgʻusi juftiga nisbatan sof tuygʻu bilan munosabatda boʻlishsa, mukofotini albatta olishadi. Aqliy mehnat kishilari bugun kunning ikkinchi yarmida moʻmay daromad egasiga aylanishlari mumkin. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari isteʼmol qiling.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Emotsiyani balansda ushlashga harakat qiling. Ichki balans ayniqsa ishda muhim rol oʻynashi mumkin. Ortingizdan kimlardir gʻiybat qilayotganini eshitib qolishingiz mumkin. Baʼzilarni olis safar kutib qoladi. Tadbirkorlar yaqin hamkorlar bilan uchrashib gaplashib olishi ham bugunga moʻljallangan. Moddiy masalada huquqshunos maslahati juda zarur boʻladi. Kechqurun doʻstlar davrasida dam olish, piyoda yoʻl bosish xayrli kechadi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 sentyabr kuni bajariladigan ishlaringiz qisqa muddatga taqqa toʻxtashi kutiladi. Shu bahonada dam olish va kelajak rejalarni puxtalab olishingiz uchun imkon tugʻiladi. Kechki payt yaqin masofaga safar qilishingiz mumkin. Bu safarga shaxsiy avtomobilingizda bormasligingiz talab etiladi. Kechqurun ayrimlar oila aʼzolari bilan janjallashib qolishi ehtimoldan xoli emas. Shuning oqibatida bosh ogʻrigʻidan bezovta boʻlishingiz ham haqiqatga yaqin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi