QOʻY (21. 03 — 20. 04)
1 oktyabr kuni shunday kayfiyatga tushasizki, yolgʻiz qolgingiz, uzoq-uzoqlarga ketib qolgingiz kelaveradi. Bunga ishxonangizdagi muammolardan charchashingiz sabab boʻlsa ajab emas. Yaqin doʻstingiz bilan boʻlib oʻtadigan suhbatdan keyin baribir yana oʻsha ishingiz masalasida yangi gʻoyalar oʻylab topasiz va ularni muvaffaqiyatli tarzda ijobiy tarafga yoʻnaltira olasiz. Bunday loyihalardan pulni ham ayab oʻtirmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Ayrimlar ertalabdan qogʻozbozlik girdobida qolishi, soliqchilar bilan oʻrtasida jiddiy muammolar tugʻilishi kutiladi. Agar korxona yo tashkilot rahbari boʻlsangiz, hujjatlarni taxt qilib qoʻyavering. Soliqdan baribir qochib qutula olmaysiz. Afsuski, shaxsiy hayotingizni yanada toʻgʻriroq yoʻlga solish uchun ortiqcha vaqt topa olmaysiz. Ishda esa tafakkurni ishga solsangiz, barcha toʻsiqlarni yengib oʻta olasiz. Salomatlikdan xavotir olmang. U sizga pand bermoqchi emas.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
1 oktyabrda oʻta muhim ishlar kutilmaydi. Atrofingizdagilar bilan orangizda jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu ham ehtiyotsizlarcha aytilgan bir ogʻiz gap tufayli paydo boʻladi. Demak, siz tilingizga ehtiyot boʻling. Suhbatdoshingiz xatoga yoʻl qoʻysa, sukut saqlagan holda javob qaytaring. Kunning ikkinchi yarmida yirik va qimmatbaho buyum xarid qilishingiz mumkin. Serqatnov yoʻllarda sergak boʻling.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yaqin oʻtmishdagi xotiralar jonlanib, kunning birinchi qismidayoq oʻsha xotiralar bilan bogʻliq bir insonni uchratishingiz ehtimoli bor. Nostalgiya emotsiyangizdan ustun boʻlishiga yoʻl qoʻymang. Aks holda depressiya holatiga tushib qolishingiz hech gap emas. Telefon orqali hamkasblardan biri bilan janjallashib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Salomatligingizda jiddiy muammolar koʻzga tashlanmaydi. Ora-sirada qon bosimingiz sakrashi kuzatilishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
1 oktyabr kuni birinchi navbatda moliyaviy muammolarni hal etishga harakat qiling. Ana undan keyin kelajak rejalar haqida oʻylab koʻrsangiz boʻladi. Darvoqe, moliyaviy muammolar bilan mashgʻul paytingizda oldingizda jiddiy toʻsiqlar paydo boʻlishi mumkin. Ammo bu toʻsiqlarni ham xotirjamlikda hal etsa boʻladi. Muhabbatda oilalilarning ayrimlari jufti bilan sen-menga borib qolish xavfi bor. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yaqin doʻstlardan biri bilan anchadan beri arazlashib yurgan boʻlsangiz, bugun yarashish uchun bahona va imkoniyatlar tugʻilishi mumkin. Ularni qoʻldan boy bermasligingiz tavsiya etiladi. Oila qurmaganlarni kechqurun romantik uchrashuv kutib qoladi. Bu uchrashuv shu qadar yoqimli kechadiki, ulkandan ulkan tantanalar ham uning qarshisida xira tortishi tayin. Omadingizni bersin!
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
1 oktyabrda ishga ham, shaxsiy hayotga ham alohida eʼtibor bilan yondashing. Yaqin oʻtmishda sizni qiynagan muammolarni yodga olishdan saqlaning. Ular bugungi kuningizni ham izdan chiqarishi mumkin. Qay ishga qoʻl urmang, omad kutib turadi. Uni oʻzingizda tutib qolish yana oʻzingizga bogʻliq. Ishingiz bilan bogʻliq ajoyib bir gʻoyani yaqin doʻstingiz tiliga koʻchirishi va bu ishni sherikchilikda amalga oshirishni taklif etishi mumkin. Darrov rozi boʻling. Qoʻshimcha daromad keladi. Kun davomida asabni juda ehtiyot qiling. Koʻproq koʻk choy iching va dam oling.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Oilaviy byudjetingizda xavfli manzara hosil boʻlishi kutiladi. Manzara boʻlar-boʻlmasga pul xarajat qilishdan iborat boʻladi. Agar vaqtida toʻxtamasangiz, juda tez fursatda inqirozga yuz tutasiz. Muhabbatda oilasizlar baʼzi muammolarga duch kelishi mumkin. Lekin uni zudlik bilan ijobiy hal etsa boʻladi. Kechki payt qoʻlingizga gʻoyibdan bir dasta pul kelib tushishi kutilmoqda. Darhol sevgilingiz yo juftingizga yoqimli bir sovgʻa xarid qiling. Koʻngli koʻtariladi. Munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
1 oktyabr kuni sizdan qatʼiyatlilik talab qilinadi. Bu ham ishga, ham shaxsiy hayotingizga, ham muhabbatga tegishli. Har jabhada faqat qatʼiyatli boʻlishingiz kerak. Shunda yutuqlar sizniki boʻladi. Oila qurishga ulgurmagan doʻstlar yangi munosabatlar boshlashi mumkin. Munosabatlar bir qarashda yoqimli va abadiydek tuyulsa-da, baribir bu masalada chuqur oʻylab koʻrishingiz lozim boʻladi. Oilalilar hayotida sokinlik, xotirjamlik va ahillik hukm suradi.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar vaziyatni sunʼiy tarzda oʻzgartirishga urinmaslikni maslahat berishadi. Vaziyat vaqtincha, ammo uni boshqa yoʻnalishga yoʻnaltirganda qoladigan baʼzi asoratlar kelgusida sizning ziyoningizga ishlashi mumkin. Atrofdagilar bilan munosabatlarda samimiylikka alohida eʼtibor bering. Kunning ikkinchi yarmida surunkali yurak-qon tomir xastaliklari bilan ogʻriganlarning umumiy ahvolida salbiy oʻzgarishlar kuzatilishi mumkin. Oldindan dorilarni oʻz vaqtida ichib, ehtiyotingizni qiling.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
1 oktyabr kuni hayotning har bir jabhasida balansni baravar ushlashga harakat qiling. Balans salgina buzilsa ham muvaffaqiyatsizliklar naqd deyavering. Dam olish kunidan foydalanib, kelajak mavqeingiz haqida ham obdon mulohaza qiling. Juftingiz bilan arzimas bahonalar tufayli janjallashmang. Bunga erisha olmasangiz, yolgʻiz qoling. Vaqtincha yolgʻiz qolish tarang tortilgan asab torlarini boʻshashtirib, vujudingizga xotirjamlik hadya etadi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar yoʻlingizda uchraydigan toʻsiqlarni oʻylamasdan, stixiyali tarzda bartaraf etishga urinmaslikni maslahat beradi. Yana qoʻshimcha muammo orttirib olasiz. Yaqin masofaga qiladigan safar muvaffaqiyatli kechadi. Biroq olis safar haqida hozircha oʻylamaganingiz maʼqul. Bagʻringiz oltinga toʻlmasa-da, moliyaviy jihatdan sizda ranjish alomatlari sezilmaydi. Tirikchilik bir maromda oʻtadi. Oila qurmagan boʻlsangiz, kechqurun romantik uchrashuvga chiqishingiz kutiladi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi