1) Insonda sabr-toqat, mehnatsevarlik, odob-ahloqlilik, irodali boʻlish kabi xususiyatlar qanchalik yaxshi rivojlangan boʻlsa, u oʻz ruhiy muvozanatini shunchalik saqlay oladi. Bu xususiyatlar esa kasalliklarni oldini olishda muhimdir.
2) Uyda, ishda, jamoada sogʻlom ruhiy muhitni yaratish, bir-biriga yaxshilik istagi va oʻzgalarga quvonch baxsh etish inson umrini uzaytiradi. Xafagarchilikni tez yoddan chiqarish, kek saqlamaslik va ehtiroslarni tiya bilish asab tizimini mustahkamlaydi. Bir vaqtning oʻzida ham kulish, ham yigʻlashni bolalardan oʻrganish zarur. Hissiyotlarni chiniqtirish va tarbiyalash kerak.
3) Yoqimli musiqa salbiy hissiyotlarni bosishda va charchoqni yoʻqotishda katta ahamiyatga ega. Musiqa va sheʼriyat insonning soʻz orqali ifodalay olmagan nozik tuygʻularini oʻzida aks etadi va tanga orom bagʻishlaydi. Yoqimli musiqa eshitib dam oling. Bu albatta sizdagi charchoq va ruhiy zoʻriqish (stress)ni yengishda yordam beradi.
4) Ijobiy hissiyotlar, yaʼni haqiqiy kulgu va jilmayish bosh miya qon tomirlari orqali oʻtadigan qon miqdorini oshirib, miya toʻqimasining kislorod bilan taʼminlanishini yaxshilaydi.
5) Samimiy kulgu miyani chiqindilardan tozalab, ruhiyatni tetik qiladi va yengillashtiradi, kayfiyatni koʻtaradi.
6) Ertalab odatdagidan oʻn daqiqa oldin turing. Ertaga kiyiladigan kiyimlar, zaruriy ish qogʻozlari, hujjatlarni yotishdan oldin tayyorlab qoʻying va hokazo.
7) Bugungi ishni ertaga qoʻymang, bu stressni, keltirib chiqaradi. Uyda hamma birday ishlashi va foydali mashgʻulot bilan band boʻlishi kerak, aksincha boʻlsa bu sizni asabiylashtiradi.
8) Muvaffaqiyatlaringizni doimo eslab, bundan huzurlanib, bitta omadsizlikka 10 ta omadingizni naqd ekanini yodda tuting.
9) Suhbati zerikarli va doimo hayotdan noliydigan insonlardan yiroq boʻling.
10) Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullaning.
11) Uyqu asabga orom beruvchi eng yaxshi vosita ekanligini doimo esda tuting. Har kuni 7-8 soat toʻyib uxlang.
12) Toʻgʻri va sifatli ovqatlanish talablariga rioya qiling.
13) Oʻzgalarga doimo yaxshilik qilib yuring. Atrofingizdagilarga ham tez-tez yaxshi tilak bildirib turing. Bundan avvvalo oʻzingizning kayfiyatingiz koʻtariladi va ezgulik qalbingizni nurga toʻldiradi.
14) Har bir inson hayotda qiyin vaziyatga tushib qolgan paytda, bunday vaziyatning ahamiyatini hayotining asosiy mazmuni bilan xayolan taqqoslab koʻrishi lozim. Bu taqqoslash vaziyatni yumshatadi, oʻtkinchi bu holat keltiradigan zarar oldida hayotining asosiy mazmuni naqadar ulugʻ ekaniga ishonch hosil qiladi.
Manba: Hordiq.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?