00:28 / 03.10.2018
7 601

Munajjimlar bashorati: 3 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Yulduzlar buguningiz ancha ogʻir kechishini bashorat qilishgan. Bashoratda kun davomida kimlardir yoʻlingizga gʻov boʻlish niyatida ekani ham alohida koʻrsatib oʻtilgan. Ammo bu kabi mayda koʻngilsizliklar siz uchun choʻt emas. Har qanday vaziyatda ham iroda kuchingiz gʻolib kelaveradi. Muhabbatda ham basharti oilasiz boʻlsangiz, har qanday vaziyatdan silliqchasiga chiqib ketishga harakat qiling. Kechqurun ish yuzasidan qoʻshni shaharga joʻnab ketishingiz kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

3 oktyabrda azaliy niyatlaringiz amalga oshishi uchun turli variantlardan foydalanib koʻrasiz. Shularning eng originali orzularingizni haqiqatga aylantiradi. Moliyaviy ahvolingiz havas qiladigan darajada emas. Lekin tashvish chekishga asos yoʻq. Zahirangiz maʼlum muddat sizni inqirozdan qutqara oladi. Oilalilar kechqurun farzandlar tarbiyasi bilan favqulodda shugʻullanishni boshlasalar foydadan xoli boʻlmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlarning bashorat qilishlaricha, siz va juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz orasida ikki xil munosabat baravar paydo boʻlishi mumkin. Sizlar goh janjallashasiz, goh birdan ahil juftlikka aylanasiz. Balans boʻlishi uchun ahillikni tanlaganingiz va janjaldan voz kechganingiz maʼqul. Yaqinda ishga joylashgan boʻlsangiz, yangi joyda pozitsiyangizni mustahkamlab olish uchun qulay imkoniyatlar tugʻiladi. Qoʻldan boy bermang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

3 oktyabrda oʻz ruhiyatingizni oʻzingiz balansga keltirib olmasangiz, ahvolingiz ayanchli kechishi mumkin. Bu holatga sizni yaqin tanishlardan biri keltirib qoʻyish payida boʻladi. Siz tez fursatda u kimsa bilan doʻstona munosabatlarga nuqta qoʻyishingiz kerak. Keyin esa chigal vaziyatlarni oʻz foydangizga ishlatishga harakat qiling. Basharti muhim hujjatlar bilan ishlashga toʻgʻri kelsa, sergaklikni qoʻldan bermang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda va muhabbat masalasida juda ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Bajarishingiz kerak boʻlgan ishlarning hammasiga birvarakayiga tashlanib qolmang. Kuch va asablarni asragan holda ish tuting. Agar hozirdanoq sport bilan shugʻullanishni boshlasangiz, xavfli xastaliklarni aylanib oʻtishingiz mumkin. Piyoda koʻproq yoʻl bosing. Ovqatlanishda rejimni buzmang. Spirtli ichimliklarga ruju qoʻymang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

3 oktyabr kuni ayrimlar oʻta ogʻir vaziyatlarga tushib qolishi ehtimoldan xoli emas. Bu vaziyatdan qon-qardoshlar yordamisiz chiqib keta olmaysiz. Roʻzgʻoringizda ham jiddiy muammolar qalashib yotibdi. Ularning yarmisini boʻlsa-da katta tezlikda ijobiy hal etishingiz kerak boʻladi. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga joʻnashingiz ehtimoli bor. Kechqurun kimdir sizga qarzini qaytaradi. Bu moddiy ahvolingiz yaxshilanishini taʼminlaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar bugun moddiy ahvolingiz tobida boʻlishini bashorat qilishgan. Lekin pullarni biror loyiha yoki ishga tikishingiz tavsiya etilmaydi. Behuda pul yoʻqotganingiz qoladi. Hali oila qurishga ulgurmagan boʻlsangiz, bugun kunning ikkinchi yarmida bir inson bilan tanishib qolishingiz mumkin. Lekin tez orada bu odam sizning tengingiz emasligini anglab yetasiz. Salomatligingiz ham joyida boʻladi. Sizga jiddiy xastaliklar xavf solmaydi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

3 oktyabrda bajarilgan ishlar hisobotini topshirish, seminarlar va muhim qoʻngʻiroqlarni qabul qilish bilan band boʻlasiz. Ayniqsa, oilasizlar bu ish bilan shu qadar band boʻladiki, kechqurungi romantik uchrashuvni ham sal qursa unutayozishadi. Esda tuting, mavqeni oshirish yoʻlida zoʻr berib harakat qilmang. Oqim bilan barobar boʻling. Aks holda eng yaqin insonlaringiz bilan orangizda kelishmovchiliklar paydo boʻladi. Oilalilarning ayrimlari jufti bilan birga sayohatga otlanishlari kutiladi. Bu sayohat sizlarning oʻzaro munosabatingizni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Tadbirkor boʻlsangiz, yulduzlar xorijlik yaqin hamkorlar bilan munosabatlarni yanada puxtalishtirishni maslahat berishadi. Siz bilan chet davlatlardagi eng yirik firmalar hamkorlik qilishni orzulashadi. Orzularni haqiqatga aylantiring. Baʼzi oilasizlar boʻlgʻusi jufti hisoblangan inson bilan munosabatlarni uzishi mumkin. Bunga jiddiy sabablar boʻladi albatta. Hozir immunitet tushadigan fasl. Shuning uchun vitaminlar iching, tabiiy yoʻl bilan profilaktika ishlarini olib borsangiz, yana yaxshi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

3 oktyabr kuni ishda qisqa tanaffuslarga yoʻl berishingiz talab etiladi. Shu bahonada uzoqqa bora olishingiz uchun asqotadigan yoʻllarni yana bir karra koʻzdan oʻtkazib olasiz. Moddiy ahvolingiz yaxshilanishida oila aʼzolaringizdan biri yordamga keladi. Demak, doʻstlardan qarz koʻtarishga sira hojat yoʻq. Oshqozon, jigar va boʻqoq tizimiga hushyor boʻling. Ularning zoʻriqishiga asos boʻladigan harakatlarni sodir etmang.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Bugun kuch va imkoniyatlarni tejab sarf qiling. Ular yaqin orada xizmat safariga chiqsangiz, juda kerak boʻladi. Kunning ikkinchi yarmini madaniy hordiq chiqarishga bagʻishlang. Uylanmagan yigitlardan kimdir ish joyidagi hamkasblardan birini yoqtirib qolishi kutiladi. Kechqurun uzoq qarindoshlardan biri haqida yoqimsiz xabar eshitishingiz kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

3 oktyabr kuni yaqin oʻtmishda yoʻl qoʻygan xatolarni yana bir karra yodga oling. Yodga olibgina qolmay, ulardan tegishli xulosalar yasashga harakat qiling. Muhabbatda vaziyatlar tez-tez oʻzgarib turishi kuzatiladi. Biroq bu oʻzgarishlar sizning foydangizga kechadi. Kechqurun suzish mashqlarini bajaring. Bosh, oyoq, yurak qismingizda noqulayliklar sezilsa, darhol vrach chaqirtiring.


Manba: Hordiq.uz


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 3 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?