13:56 / 03.10.2018
5 459

Shifokorlar xatosidan himoyalanish uchun 7 ta tavsiya

Shifokorlar xatosidan himoyalanish uchun 7 ta tavsiya
Kim ham adashmaydi deysiz. Hattoki inson salomatligiga va hayotiga javobgar kasb egalari shifokorlar ham baʼzida adashishlari mumkin. Ammo bemor va uning yaqinlari xushyor boʻlsa, ushbu xatoni oldini olish mumkin. Qanday qilib, nimalarga ahamiyat berish kerak deysizmi? Quyida shu haqda soʻz boradi...

BOSHQA BЕMOR

Shifokor nogoh bemorga boshqa kishining muolajasini buyurishi mumkin. Bu kabi yanglishishlar asosan bemorlar oʻxshash ism yoki familiyaga ega boʻlgan vaqtda yuzaga keladi. Ana shunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun, bemor yaqinlari shifoxona xodimlarining bemor haqidagi maʼlumotlarni va palata raqamini yaxshilab tekshirganliklariga amin boʻlishlari darkor.

SOXTA SHIFOKOR

Millionlab insonlar “sohta shifokor” va malakasi yoʻqlar xizmatidan aziyat chekib qolishadi. Bu esa bemorni chuqur koʻzdan kechirish va toʻgʻri tashhis qoʻyishga toʻsqinlik qilishi tabiiy. Shu sababli, qayerga borishingizdan qatʼiy nazar, shifokor haqidagi xujjatlarni yoki boshqa bemorlarning shifokor haqidagi xolis fikrini oʻrganib chiqqaningiz maʼqul.

NOTOʻGʻRI TANLANGAN DORI-DARMON

Shifokor dori-darmonlarni va ularning dozasini toʻgʻri buyurgan boʻlsada, xatoni farmatsevt qilishi mumkin. Notoʻgʻri berilgan dori-darmon sogʻliqqa zarar yetkazibgina qolmay, qaltis holatga ham olib kelishi barcha maʼlum. Shu sababli, dorixonani tark etish chogʻida farmatseftdan dori-darmonlarni toʻgʻri berganini va retseptga toʻgʻri kelishini yana bir bor tekshirib berishini soʻrash kerak. Ayniqsa, dorilar birinchi bor olinayotgan boʻlsa, yanada ahamiyatli boʻlish tavsiya etiladi. Dorilarning dozasini aniq bilgan holda harid qilish ham juda muhim.

XAVFLI PLASTIK JARROHLIK

Bugungi kunda plastik jarroxlik ishi bilan kishini xayratga solish qiyin emas. Koʻpchilik ushbu jarrohlik amaliyotini ikkilanmay tanlaganiga qoyil. Zero, plastik jarroxlik amaliyotlarining natijasi har doim ham quvonarli boʻlavermaydi-da...Ushbu tibbiyot xizmatidan foydalanishga bel bogʻlagan boʻlsangiz, avvalo plastik jarroh kerakli sertifikatga ega ekanligini, diplomi, kamida 5 yillik ish tajribasi mavjudligi va malaka oshirganligi haqidagi xujjatini tekshirib koʻrish foydadan xoli emas. Uning bemorlari bildirgan fikrlar bilan oʻrtoqlashish ham toʻgʻri xulosani chiqarishga yordam beradi. Chunki, nomi chiqqan klinikalarda jarroxlik amaliyoti ham yaxshi oʻtkaziladi deya hech kim sizga kafolat bera olmaydi. Yaxshisi jarrohning ishlariga qarab baho berishga kirishing.

KЕCHIKKAN TЕZ YORDAM

Koʻpchilik bemorlarning ahvoli tez yordam mashinasi tezda yetib kelmaganligi va birinchi tibbiy yordam oʻz vaqtida koʻrsatilmaganligi tufayliyomonlashadi. Tez yordam mashinasini tezda yetib kelishiga nima toʻsqinlik qiladi? Transport yoʻllaridagi tirbandliklarmi? Faqat bu emas. Uy manzilining aniq aytilmagani ham tez yordamning zudlik bilan yetib kela olmaganligiga sabab boʻladi. Shu sababli, tez yordam chaqirish vaqtida, uy manzilini aniq va toʻgʻri tushuntirish juda muhim.

JARROHLARDAN ESDALIKLAR

Paxta sharchalari, poʻlat qisqichlar, jarrohlik anjomlari- bular jarrohlik amaliyotidan keyin bemorlarning ichki aʼzolaridan topilgan ayrim narlar holos. Xayron boʻlmang, bunday xollar faqatgina kinofilmlarda emas, xayotda xam uchrab turadi. Bunga jarroh va uning yordamchilarining oʻz ishiga sovuqqonlik bilan yondashgani sababdir. Bunday vaziyatlarni oldini olish bemorning qoʻlida boʻlmasada, jarrohlik amaliyotini boshlashdan avval shifokorlardan oʻz anjomlarini xisoblab, keyin ishga kirishishlarini soʻrash mumkin. Jarroxlik amaliyotidan soʻng kuchli ogʻriq,tutqanoq, yoki yalligʻlanish yuzaga kelgani aniqlasa, shifokor bemor ichida notanish narsalar qolib ketmaganligiga amin boʻlishi uchun tekshiruv oʻtkazishi kerak.

NOTOʻGʻRI TASHHIS

Statistik maʼlumotlarga koʻra, 10 % holatlarda shifokorlar bemorlarga notoʻgʻri tashhis qoʻyishar ekan. Natijada, kasallikni davolash uchun emas, aksincha, bemor ahvolini yanada ogʻirlashtirishi mumkin boʻlgan muolaja belgilanarkan. Shuning uchun, jiddiyroq kasalliklarda aniq tashhis qoʻyish uchun eng yaxshi usul bir emas, bir nechta shifokor maslahatini olib, keyin davolash muolajasini boshlashdir.
Shirinxon Siddiqxoʻjayeva

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokorlar xatosidan himoyalanish uchun 7 ta tavsiya