QOʻY (21. 03 — 20. 04)
4 oktyabr kuni azaliy orzularingizdan bittasi haqiqatga aylanadi. Lekin bunga erishishingiz oson kechmaydi. Faqat doʻstlar koʻmagida, tinimsiz intilish, ter toʻkish orqali orzuingiz haqiqatga aylanishini taʼminlay olasiz. Kun davomida hali hech kimga maʼlum boʻlmagan isteʼdodingizdan foydalangan holda eng tajribasi zoʻr hamkasblardan ilgarilab ketish uchun imkoniyatlaringiz moʻl boʻladi. Azartli oʻyinlar, birovga oʻz manfaatingizni koʻzlab yolgʻon gapirish, kimningdir dilini ogʻritishdan saqlaning. Muhabbatda oilasizlarni romantik uchrashuv kutib qoladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Hali bajarilmay qolib ketgan ishlaringiz xohlagancha topiladi. Yulduzlar oʻshalarni bitirib olgachgina yangi ishga qoʻl urishingizni maslahat berishadi. Yolgʻizlar kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvni boshdan kechirishlari kutiladi. Faqat muhabbatga yuragingizni astoydil va obdon tayyorlab olishingiz talab etiladi. Salomatligingizga ham alohida eʼtibor bilan yondashing. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
4 oktyabrda professional kasbingiz bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda har bir detalga ijodiy yondashishingiz kerak boʻladi. Agar ishga ijodiy yondasha olmasangiz, moddiy ragʻbat ololmaysiz. Kun mobaynida rahbarlarning barcha topshiriqlarini soʻzsiz ado eting. Bu oʻzingizga foyda keltiradi. Safarga chiqsangiz, muhim hujjatlar bilan ishlasangiz, juda ehtiyotkor boʻling. Ziyon qilmaydi. Shaxsiy hayotda yetakchi boʻlishga urinmang. Oila aʼzolaringiz bilan orangizda katta janjal kelib chiqishi mumkin.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Juda hushyor boʻlmasangiz, moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishingiz mushkul boʻlib qoladi. Hatto, doʻkon yoki bozorda jondan ortiq koʻradigan buyumingizni koʻrib qolsangiz ham, oʻzingizni tiyib, pulni iqtisod qilish payida boʻling. Aks holda inqirozga uchraysiz. Muhabbatda juftingiz va boʻlgʻusi juftingizga ochiq koʻngil bilan, muloyim munosabatda boʻling. Salomatlik dushmani stress holatiga tushish hisoblanadi. Stressga tushishdan saqlaning. Asablarni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
4 oktyabr kuni ish bitirishda, hatto moddiy ragʻbatga erishish yoʻlida puli koʻp tanishlar koʻmagidan foydalanishga majbur boʻlasiz. Ammo “Qarz uzilar, xotin yonga qolar” degan hikmat juda toʻgʻri topib aytilganini yodga oling. Andisha bilan hozir hech narsaga erishib boʻlmaydi. Kimgadir jahl qilishingiz oqibatida kun davomida salomatligingizga putur yetishi mumkin. Jahldorlikdan saqlaning. Tez jonga tegadiganlardan oʻzingizni olib qoching.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Ish bitirishda, moddiy manfaatdorlikka erishishda imkoniyatlardan yuz foiz foydalanishingiz tavsiya etiladi. Bu sizga kutilganidan ham yaxshiroq natija beradi. Jamiyatda obroʻyingiz oshishi ham ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy hayotdagi muammolarni yoʻq qilishda qadrdon doʻstlardan ham yordam kutib ovora boʻlmang. Faqat oʻzingizga ishoning. Aqliy zoʻriqishlardan qoching. Surunkali xastalikka yoʻliqqan boʻlsangiz, davolanish uchun harakatni boshlasangiz ham yomon boʻlmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
4 oktyabr kuni anchadan beri mehnat taʼtiliga chiqmaganingiz oʻz soʻzini aytib, arzimagan gapdan ham jahl otiga minaverishingiz mumkin. Shunday ekan, dam olish haqida bosh qotiring. Tabiat qoʻyniga chiqib dam olish, havo almashish ham sizga katta yordam beradi. Nafaqat oʻzingiz, balki atrofdagilarning maslahatlariga ham quloq tuting, ziyon koʻrmaysiz. Salomatlikni mustahkamlash uchun siz koʻproq uxlashingiz, ertalablari jismoniy mashqlar bilan band boʻlishingiz, sabzavotlarni koʻproq isteʼmol qilishingiz kerak boʻladi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Bugun ish va muhabbatdan birini tanlashingiz zarur. Ikkala jabhada ham yelib-yugura olmaysiz. Yulduzlar, yaxshisi mavqeni oshirish harakatida boʻlishingizni maslahat berishadi. Oilasizlardan kimdir bugun olis safarga otlanadi. Bu safar sizga romantik tanishuv hadya etishi kutilmoqda. Oʻzingizga boʻlgan ishonchdan shubha qilmang. Shunda boʻlgʻusi yoringiz qarshisida yanada ideal insonga aylanasiz. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
4 oktyabr kuni boshqa kunlardagiga nisbatan koʻproq ishlashingiz kerak. Yoʻqsa, pul masalasida qiynalib qolishingiz mumkin. Dam olishni ham kun davomida yoddan chiqarmang. Yoqimli xaridlarni amalga oshirish uchun kechqurunni tanlashga majbursiz. Chunki kechqurunga boribgina qoʻlingizga pul tushadi. Ayrimlar yangi ish qidirish bilan band boʻlsa, bugun kechki payt ish masalasida yangi xabar eshitishadi. Salomatlik masalasida tashvish chekmasangiz ham boʻladi. Bu sohada muammo boʻlmaydi.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar ertalab vaqtli uygʻonib, hayotdan, yaqin insonlardan aslida nima kutayotganingizni aniqlab olishga chaqirib qolishadi. Ikkilanishlar sizga foyda keltirmaydi. Har bir ishga qatʼiyat bilan yondashishingiz kerak. Tushdan keyin qarindoshlardan biri bilan kelishmovchiliklarni boshdan kechirishingiz mumkin. Agar uning haqligiga ishonayotgan boʻlsangiz, yon bering. Janjal hech kimga naf keltirmaydi.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
4 oktyabrda moliyaviy ahvolingiz birinchi navbatda yaxshilanadi. Kimlardir sizdan qachonlardir qarz olgan boʻlib chiqadi va qarzini aynan bugun qaytaradi. Turli xaridlarni amalga oshirish, tabiat qoʻynida dam olish muvaffaqiyatli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvni boshdan oʻtkazishingiz mumkin. Bu yaqin kelajakda yangi tanish bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkonini yaratadi. Asabiyliklardan sizga faqat sport yordam bera oladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar kuningiz ajoyib tarzda oʻtishini bashorat qilishgan. Hatto, roʻzgʻordagi siz unutayozgan muammolar ham oʻz-oʻzidan silliqchasiga ijobiy hal boʻladi. Asosiysi, bu muammolarni oʻz foydangizga hal etish yoʻlida pul tikmaysiz. Asabbuzarliklarga duch kelmaysiz. Kun davomida juftingiz va sizning orangizda kelishmovchiliklar paydo boʻlishi kutiladi. Kechqurun uzoq vaqt piyoda sayr qilish va doʻstlar davrasida xursandchilik qilish sizga bir dunyo shodlik, huzur baxsh etadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?