00:04 / 05.10.2018
7 883

Munajjimlar bashorati: 5 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Bugungi kuningiz serunum boʻlishi kutiladi. Ammo bu hayot. Muammolardan ham xoli emassiz. Ayniqsa, ish joyingizda telefon orqai birovlar bilan kamroq suhbat qurishingiz tavsiya etiladi. Aynan shuning natijasida ishingiz bilan bogʻliq eng muhim imkoniyatlarni qoʻldan boy berishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida oila aʼzolaringiz uchun yaxshigina xaridlarga tushishingiz kutiladi. Agar negativ xayollardan oʻzingizni himoya qila olsangiz, kun boʻyi kayfiyatingiz aʼlo darajada kechadi. Salomatlikka ham alohida eʼtibor qarating.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

5 oktyabr kuni shu qadar band boʻlasizki, eng muhim vaziyatlar uchungina zoʻrgʻa vaqt topa olasiz. Bandligingizga esa yo roʻzgʻordagi jiddiy muammolar, yo moddiy ahvolingizning hadeganda yaxshilana qolmasligi sabab boʻlishi mumkin. Bugun sizni tushkun kayfiyatga solib qoʻyadigan oʻtmish xotiralar, oʻzingizga yoqmaydigan odamlardan nari boʻling. Ishingiz kompyuter bilan bogʻliq boʻlsa, tez-tez tanaffus qilib turishingiz tavsiya etiladi. Kechqurun uzoq vaqt piyoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar bugun kayfiyatingizni buzishi mumkin boʻlgan har qanday vaziyat, suhbat va harakatlardan yuz oʻgirishingizni maslahat beradi. Miyangizda goʻyoki taftish oʻtkazing va yomon, xunuk, jirkanch xayollardan voz keching. Olgʻa bosing, baxtli, yoqimli lahzalar sari intiling. Kechki payt oilangizdagilar bilan ham orangizda baʼzi kelishmovchiliklar paydo boʻlish ehtimoli bor. Bu masalada oqimga qarshi suzmaganingiz maʼqul.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

5 oktyabr kuni oʻzingiz odatlangan hayotning toʻgʻri chiziqlaridan nari chekinishingizga toʻgʻri keladi. Aks holda oʻzingizga qoʻshimcha tashvish va dushman orttirib olishingiz hech gap emas. Ish joyingizda zimmangizdagi vazifalarni shunday ado etingki, nafaqat moʻmay daromad, mukofot keltirsin, balki oʻzingiz ham maza qiling. Koʻnglingiz toʻlsin. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga joʻnashingiz ehtimoli bor. Safardan iliq taassurotlar bilan qaytasiz inshoolloh.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ertalabdanoq yaqin oʻtmishda yoʻl qoʻygan xatolarni obdon tahlil qilishingiz zarur boʻladi. Bu sizga kelajakda yangi zafarlar quchishingiz uchun yoʻl ochib beradi. Bilib-bilmay oʻzingizni hurmat qiladigan odamlarga qoʻpol gapirib qoʻymang. Oila qurmagan boʻlsangiz, muhabbatda kuyinchaklik va jahldorlikni yigʻishtiring. Muloyimlik muvaffaqiyatlar garovi ekanini unutmang. Kechqurun baʼzilar uy taʼmiri bilan astoydil shugʻullana boshlashi kutiladi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

5 oktyabrda professional kasbingiz bilan bogʻliq yumushlarni ado etishda turli favqulodda eksperimentlardan foydalanish payida boʻlasiz. Ammo shoshma-shosharlikka erk bermang. Shunda koʻzlangan natijaga erishishingiz mumkin. Surunkali xastalikka chalinganlar uchun salomatlikni tiklash yoʻlidagi harakatlar, ayollar uchun goʻzallik saloniga kirib oʻtish muvaffaqiyatli va xayrli kechadi. Kechqurun eski qadrdonlardan biri bilan uchrashishingiz ehtimolga yaqin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Erta tongdan yangidan-yangi sinovlarni boshdan kechirishingiz kutilmoqda. Bunday lahzalarda optimizmni yoʻqotmaslikka harakat qilishingiz kerak. Agar tabiatan optimizm yoʻqolmasa, inson har qanday koʻrinishdagi sinovlardan ham osongina oʻta oladi. Muhabbatda omadingiz keladi. Hayotning eng oliy mukofotlari sizniki boʻladi. Faqat illyuziyadan nari boʻlsangiz bas.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

5 oktyabr kuni sira ikkilanmasdan bor isteʼdodingizni barchaga koʻz-koʻzlashingiz mumkin. Bu faqat yaxshilikka olib keladi. Lekin shu orada agressiv kayfiyatga tushmang. Daromad hozir amalga oshirayotgan ishlaringizdangina keladi. Yangi loyihalaringiz boʻlsa, ular kechroq meva bera boshlaydi. Jarohat olishga sabab boʻluvchi harakatlar sodir etishdan saqlaning. Sportning faol turlari bilan buguncha shugʻullanmang. Ayni shu narsa jarohat olishingizga sababchi boʻlib qolishi mumkin.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Eng muhim ishlarni amalga oshirish uchun fursat yetdi. Bu imkoniyatdan unumli foydalaning. Bu ishlar moliyaviy ahvolingiz aʼlo darajada boʻlishini ham taʼminlaydi. Kun mobaynida kichik va arzimas deb bilgan ishingiz sizga moʻmaygina daromad keltirishi ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun ayrimlar oilaviy ishlar bilan yaqin manzilga safar qilishi mumkin. Muhabbatda ehtiyotkorlikka amal qiling. Salomatlikni asrang. Asabbuzarliklardan qoching va kun boʻyi serqatnov yoʻllarda sergaklikni qoʻldan bermang.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

5 oktyabr kuni har bir bajargan ishingizdan moddiy manfaat qidiring. Mayli, u mayda ish boʻlsin. Baribir moddiy manfaat koʻrish istagidan voz kechmang. Shaxsiy hayotda ham omadga erishishingiz uchun qulay imkoniyatlar tugʻiladi. Oilali boʻlsangiz, qalbingizda mavjud ishq bulogʻi toʻxtab qolishiga yoʻl qoʻymang. Oilasiz boʻlsangiz, qanday yoʻl bilan boʻlmasin, boʻlgʻusi juftingizning mehrini qozonish payida boʻling. Salomatligingiz bugun juda yaxshi holatda boʻladi. Lekin baribir ovqatlanishda ehtiyotkor boʻlganingiz maʼqul.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Kunning birinchi yarmida oʻzingiz uchun juda foydali kechadigan tadbirda ishtirok etishingiz mumkin. Bu tadbir sizga yangi va kelgusida haqiqiy doʻst, hamkorga aylana oluvchi insonlar bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi. Faqat atrofdagilar bilan har qanday mavzuda ham bahslar olib borishga urinmang. Kechqurun ishlar charchatganini aniq his etgan holda uyga qaytasiz. Shunday ekan, sport bilan shugʻullanishni xayolingizga ham keltira koʻrmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

5 oktyabrda pul kamligidan shikoyat qilish bilan kunni boshlaysiz. Qimmatbaho bir buyumni xarid qilmoqchi edingiz. Pul yetmay qoladi. Ammo muammoni boshqacha yoʻl bilan hal etsa boʻladi. Qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish toping. U hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Birovlardan qarz olmang va birovga qarz ham bermang. Oila qurmaganlar bugun romantik uchrashuv bahonasida oʻz taqdirini yaxshi tomonga oʻzgartirish imkonini qoʻlga kiritishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?