23:53 / 07.10.2018
5 909

Opa-singillarga nasihat

Opa-singillarga nasihat
“Kelinga tuhfa” kitobining muallifi aytadilar:

Men opa-singillarimga oʻz tajribamga koʻra shunday nasihat qilaman: Erning sihat-salomatligi, shodu-xurramligi, izzat-obroʻsining himoyasi, xonadon va farzandlarning yaxshi boʻlishligi, bularning barchasi ayolning ixtiyoridadir. Ayol xohlasa uyni jannat namunasi qila oladi.

Shuning uchun aqlli ayolga lozimki, gohida u erini yangi bir kelinchak kabi qarshi olsin. Gohida jon fidoyi kabi eriga gʻam-alamda sherik boʻlsin. Gohida pahlavon bir himoyachi kabi erini dunyoviy qiyinchiliklardan saqlashga harakat qilsin. Gohida mehribon bir ustoz kabi erini oʻtkinchi bu dunyoning orzu-havaslari va gunohlarga mubtalo boʻlishidan himoya qilsin....

Opa-singillarim! Yodingizda tuting, er chiroyli ayolning asiri boʻlmaydi. Chunki, chiroy juda tez eskiradigan va oʻtkinchi narsadir. Balki, er goʻzal muomala va goʻzal xizmat qiluvchi ayolning asiri boʻladi....

Kun boʻyi charchagan er kechqurun uyiga kelganda, goʻzal muomala va goʻzal xizmat qiluvchi ayolini koʻrib, butun charchoqlari chiqib ketadi...

Aqlli ayol goʻzal muomala va goʻzal xizmat qilib erini oʻziga shaydo qila oladi....

Ikkinchi nasihatim shuki, hadisi sharifda keladi:

Yaʼni: “Hadyalashingiz, oʻzaro mehr-muhabbatli boʻlasiz” (Imom Molik rivoyati)

Shuning uchun goh-gohida ayol eriga hadya ham berib tursin. Masalan, eriga ruchka yoqadi, shunga oʻxshash arzimagan narsa boʻlsa ham hadya bersin. Shu sababli qalbdagi ginalar ketadi va oʻzaro muhabbat ziyoda boʻladi...

Uchinchi nasihatim shuki, er ishga ketayotgan va qaytayotganda, aynan shu ikki vaqtda aqlli va tartibli ayol butun eʼtiborini eriga qaratadi, shunda butun kun tartibi goʻzal boʻladi va bunday ayoldan eri juda xursand boʻladi va har orzusini bajo keltiradi. Koʻp opa-singillarimiz mana shu ikki vaqtda beparvo turadilar, natijada uyda janjallarga sabab boʻladi...

Hazrat Sulaymon alayhissalomning nasihatlari:

Yahyo ibn Kasir aytadilar: Hazrat Sulaymon alayhissalom oʻgʻillariga shunday dedilar: “Ey, Oʻgʻlim! Agar senga biror yaxshi doʻst uchrasa, uni mahkam tutib ol, chunki, u boshqa uchramasligi mumkin”.
Hind tilidan: Abdulqayyum Komil tarjimasi

Manba: Isloh.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Opa-singillarga nasihat