Shov-shuv: Erling Holand kelajakda faqat bitta klub safida o‘ynamoqchi...

«Manchester Siti»ning gol mashinasi Erling Holand kelajakda faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Juan Jezus tarqatgan shov-shuvli ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyalik to‘purarning vakillari Kataloniya grandi tomon ilk rasmiy qadamni tashladi.
Manba xabariga ko‘ra, bir nechta manbalar orqali olingan tasdiqlardan so‘ng, Holandning yaqin atrofi «Barselona» rahbariyatiga ehtimoliy transfer qiymati hamda yulduz futbolchining talab qiladigan maosh miqdori bo‘yicha dastlabki shartlarni ma’lum qilgan.
Tez oradagi xarid emas, balki uzoq muddatli reja
Ushbu aloqa Holand yaqin oylarda Manchesterni tark etadi degani emas. Hozirda vaziyat quyidagicha:
Erling «Manchester Siti»da o‘zini nihoyatda qulay va baxtli his qilmoqda.
Hujumchi ingliz klubi bilan shartnomasini uzoq muddatga — 2034 yilgacha uzaytirgan.
Biroq jurnalist ta’kidlashicha, norvegiyalik forvard o‘z oldiga yangi chorlov qo‘yib, klubini o‘zgartirishga qaror qilgan taqdirda, u tanlaydigan yagona va asosiy variant aynan «Barselona» bo‘lib qolmoqda. Holandning Kataloniya grandi loyihasiga qiziqishi yuqori baholanmoqda.































Izohlar 0
…