«Hatto sherlar ham ov qachon tugaganini biladi»: Ibrahimovich Ronalduning demarshi haqida

Shvetsiya futboli afsonasi Zlatan Ibrahimovich Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi lagerini janjal bilan tark etganiga munosabat bildirdi. Doim o‘zining keskin va ochiq fikrlari bilan ajralib turadigan sobiq hujumchi portugaliyalik yulduzning bu qarorini hurmatsizlik deb atadi.
Avvalroq 41 yoshli Ronaldu Millatlar Ligasi doirasidagi Norvegiyaga qarshi bahsda maydonga tushirilmagani va butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgani sabab jamoa qarorgohini tark etib, terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani xabar berilgan edi.
«O‘zing yaratgan merosni nafsing tufayli buzib qo‘yma»
Zlatan Ibrahimovich Ronalduning yoshini tan olishi va o‘z vaqtida to‘xtashni bilishi kerakligini ta’kidladi:
«O‘zing yaratgan merosni nafsing tufayli buzib qo‘yish kerak emas. Portugaliya milliy jamoasi qarorgohidan jamoadoshlaring bilan gaplashmasdan ketish? Bu hurmatsizlik. Endi yosh emasligingni tushunishing kerak.
Zlatanga qara. Men ham bir vaqtlar yosh edim. Eng yuqori darajada o‘ynadim, keyin esa faoliyatimni yakunladim. Hatto sherlar ham ov qachon tugaganini biladi», — dedi Ibrahimovich.
Ronaldu atrofidagi mojaro avjida
Krishtianuning milliy jamoadagi kelajagi va murabbiylar shtabi bilan kelishmovchiligi xalqaro sport jamoatchiligida hamon qizg‘in muhokama qilinmoqda. Norvegiya bilan bahsdagi e’tirozlar ortidan terma jamoadan ketgan 41 yoshli forvardning keyingi qadami qanday bo‘lishi hozircha ochiq qolmoqda.































Izohlar 0
…