00:28 / 08.10.2018
6 863

Munajjimlar bashorati: 8 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 8 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Ishda bugun qaysarlarcha yoʻl tutib, hamkasblarga oʻz isteʼdodingizni yana bir bor namoyish etishingiz kerak boʻladi. Eng chigal va ogʻir ishlarni ham sira qiyinchiliklarsiz ado etishingiz uchun imkoniyatlar tugʻiladi. Shaxsiy hayotda oʻzingizni diplomatlarcha tutishingiz talab etiladi. Shundagina uydagi muhitni yaxshi holatda saqlab qola bilasiz. Bugun xorij davlatlariga safar qilish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

8 oktyabr kuni sizga nimalarnidir koʻz-koʻzlashga, sotishga oshiftalar koʻpayib ketishi mumkin. Hoynahoy, sizni laqma deb xayol qilishsa kerak. Arzirli javob qaytarib qoʻysangiz, keyin bunday harakatlarni sodir etmaydigan boʻlishardi. Kunning ikkinchi yarmida kommunal xizmatlar haqini toʻlab qoʻyishingiz kerak. Aks holda jarimaga tushishingiz tayin. Shaxsiy hayotingizda osudalik hukm suradi. Salomatligingiz yomonlasha boshlaganini payqab qolsangiz, darhol vrach qabuliga choping.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar bugun birovlarning ishiga aslo aralashmasligingizni maslahat berishadi. Barchaga bir xil munosabatda boʻlishga harakat qiling. Pullaringizning hammasini ishlatib yubormaslik uchun oylik byudjetni xomchoʻt qilib chiqing. Shunda moddiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Salomatlikka kelsak, baʼzilar boʻgʻimlar va bel qismida paydo boʻladigan ogʻriqlardan bezovtalanishi mumkin.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

8 oktyabrda miyangizda ezgu va azaliy maqsadlaringizdan birini haqiqatga aylantirish haqida oʻylab qolasiz. Lekin xayolingizdan kechayotgan oʻylarni nihoyatda sir saqlang. Xudo koʻrsatmasin, ishxonangizda kimdir eshitib qolsa bormi, darrov oʻzlashtirish harakatiga tushadi. Muhabbatda oqimga qarshi suzishingizga toʻgʻri keladi. Tanlaganingizni qaysidir yoʻllar bilan oʻzingizga yanada kuchliroq maftun etish niyatida kuyib-yonasiz. Faqat bu istaklarni haddan ziyod boʻsh qoʻymang. Jilovda tuting. Ana shunda shaxsiy hayotingiz osuda kechadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugungi ishlaringiz baroridan kelishi tayin. Buning uchun barcha imkoniyatlar taxt. Biroq har bir ishni tez ado etilishiga umid bogʻlamang. Bu daromadlaringizni kamaytirib, holingizni tang qilib qoʻyishi hech gap emas. Moliyaviy muammolardan qaygʻurmasangiz ham boʻladi. Ular bugun sizning foydangizga hal boʻladi. Doʻstlar davrasida ham baʼzi koʻngilsiz vaziyatlar hukm surishi mumkin. Ehtiyot boʻling. Kechqurun sut mahsulotlari isteʼmoli bilan cheklaning.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

8 oktyabr kunning boshlanishidayoq moddiy ahvolingiz yaxshi emasligi kayfiyatingizni tushirib yuborishi mumkin. Ana shu holat sizga maktab boʻladi. Bundan keyin pulni tejab ishlatadigan, tanish-notanishga ishonib ketavermaydigan boʻlasiz. Agar sizga dunyoning bor boyliklarini vaʼda qilishsa ham ishonmang. Oʻz kuchingizga ishoning. Qalbingizga quloq tutgan holda ish tuting. Oilada juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar paydo boʻlishi kutiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Qarama-qarshi jins vakil, vakilalarining yolgʻonlari, soxta xushomadlarini iloji boricha aylanib oʻting. Bilib qoʻying, bu masalada yoʻl qoʻyilgan xato kelajagingizga albatta salbiy taʼsir koʻrsatadi. Kun davomida ichki ishlar xodimlari bilan munosabatlarda ehtiyotkorlikni qoʻldan bermang. Aks holda kamida jarimaga tortishlari, yoki qamab qoʻyishlari mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Velosipedda boʻlsa yana yaxshi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

8 oktyabrda juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan munosabatlaringiz yanada sovuqlashishi mumkin. Bunga keyingi paytlarda juda kam koʻrishayotganingiz sabab boʻlishi muqarrar. Ish koʻpligidan sizda juftingizga eʼtibor qaratish uchun keragicha vaqt topa olmasligingiz ham shu sabablarning biri ekaniga shubha yoʻq. Moliyaviy toʻkinlikka erishish niyatingizdan zinhor voz kecha koʻrmang. Kechqurun kimlargadir yaqin doʻsti kutilmagan sovgʻa hozirlashi mumkin. Baʼzilar olis safarga otlanishi ham ehtimoldan xoli emas.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ishga qaysarona munosabatda boʻling. Aks holda oʻzingizga va isteʼdodingizga boʻlgan ishonchdan mahrum boʻlasiz. Rahbarlar sizga bugun juda masʼuliyatli ishni ishonib topshiradi. Harakatingizni qiling. Bu ishonchdan oʻz manfaatingiz yoʻlida foydalanib qoling. Oilangizda muammolar qalashib yotibdi. Ularni bajarish majburiyati esa faqat sizning zimmangizda turibdi. Xudodan astoydil soʻrab, harakatga tushmasangiz boʻlmaydi. Salomatligingizni koʻz qorachigʻidek asrang.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

8 oktyabr kuni oilasizlardan kimdir yaqindagina tanishib, oʻzi uchun kutilmagan baxt deb hisoblay boshlagan insonni yoʻqotishi mumkin. Behuda qoʻrqyapsiz. Orangizdagi dahanaki janjallar barham topadi va yana baxtli lahzalaringiz oʻzingizga qaytadi. Salomatlik bilan hazillashmang. Ayniqsa, oshqozon va umurtqa pogʻonasida muammolar yuzaga kelishi turgan gap. Har kuni asosiy vaqtingizni ishga bagʻishlaysiz. Oʻylab koʻring. Yaqin insoningiz uchun ham keragicha vaqt ajratmasangiz boʻlmaydi.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Yulduzlar bugungi kuningiz har taraflama omadli kechishini vaʼda qilishmoqda. Daromad ham tobida boʻladi. Yaqin doʻstlar bilan uchrashib, koʻngil yozishingiz ham bugunga toʻgʻri keladi. Tadbirkor boʻlsangiz, muhim hujjatlarga imzo qoʻyishda sergaklikni qoʻldan bermang. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlardan kimgadir meros masalasida yordamingiz kerak boʻladi. Sportning faol turlari bilan shugʻullanishni xayolingizga ham keltirmang. Ovqatlanish meʼyori va rejimini buzmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

8 oktyabr kuni ish vaqtingiz telefon orqali oʻtishi haqiqatga yaqinroq. Ammo bu ziyon oʻrniga foyda keltirishi qiziq. Haqiqatan, boshlagan ishlaringiz osongina bita boshlaydi. Hamkasblar bilan ham munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Moliyaviy masalada ehtiyotkorlik talab etiladi. Serqatnov yoʻllarga shaxsiy mashinangizda chiqmang. Jarohat olishingiz ehtimoli bor.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 8 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?