QOʻY (21. 03 — 20. 04)
11 oktyabr kuni oʻta muhim qarorni qabul qilishingiz lozim boʻladi. Kelgusi hayotingiz ham shu qarorga bogʻliq boʻlishi mumkin. Basharti birovlarning maslahati asosida ish tuta boshlasangiz, barcha rejalaringiz barbod boʻladi. Kunning ikkinchi yarmida katta xarajatlarga tushishingiz kutiladi. Bugun sportning ekstremal turlari bilan shugʻullanishdan voz keching. Shu bilan birga oʻzingiz hech qachon tatib koʻrmagan taomga ham qoʻl urmang. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugungi kuningiz chigal muammolardan iborat boʻlishi kutilmoqda. Ularning koʻpini oʻtgan oyda ham bartaraf eta olmagandingiz. Yana urinib koʻrasiz-da. Faqat yodda tuting. Muammolar osonlikcha hal boʻlmaydi. Buning uchun harakat va katta kuch, imkoniyat talab etiladi. Ular sizda yetarli. Kunning ikkinchi yarmida pulingizga pul kelib qoʻshilishi kutiladi. Agar kattaroq buyum xarid qilish niyatingiz boʻlsa, bugun ijobat boʻladi. Surunkali xastalikka yoʻliqqanlar xalqona usullardan foydalangan holda muolajalar olib koʻrishsa, ziyon qilmaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
11 oktyabrda ruhiy jihatdan chigalliklarga duch kelsangiz ham xotirjamlikni qoʻldan bermasligingiz tavsiya etiladi. Ishonchingizni qozonmagan, hasadgoʻy odamlar bilan aslo muloqotga kirishmang. Soliq masalasida muammo boʻlsa, yoki kimdandir qarzingiz boʻlsa, bugun barchasini silliqchasiga ijobiy hal qila olasiz. Buning uchun imkoniyatlar yetarli. Olis safarga otlanganar hujjatlarni yana bir karra koʻzdan oʻtkazib olishlari zarur.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun professional kasbingiz bilan bogʻliq ishlarni kutilganidan ham qisqaroq muddatda amalga oshira olasiz. Bundan tashqari, koʻpchilik qoʻshimcha daromad keltiruvchi ishlarni taklif etadi. Rozi boʻling. Omad faqat siz tomonda boʻladi. Kun davomida uy-joy masalasidagi muammolaringiz ijobiy hal boʻladi. Ancha vaqtlardan beri shu muammo sizni qiynab kelardi. Yaratganga beadad shukrki, intihosi yaqinlashibdi. Xursand boʻlavering. Darvoqe, bugun sportning oʻta faol turlari bilan shugʻullanish muvaffaqiyatli kechadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
11 oktyabr kuni qatʼiy tartibga boʻysungan holda ish koʻrishingiz talab etiladi. Agar tartibni buzsangiz, bilingki, quruqqa chopgancha qolib ketasiz. Kunning ikkinchi yarmida yaqin insoningiz bilan oʻzaro munosabatlar yanada mustahkamlanishi mumkin. Asosiysi, yaqin oʻtmishdagi baʼzi ogʻriqli lahzalarni eslab qolmasangiz bas. Kechqurun ehtiyot boʻlib ovqatlaning. Zaharlanib qolishdan saqlaning. Uxlashga yotishdan oldin ogʻir hazm boʻluvchi taomlar isteʼmol qilmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kim yaqinda yangi ishga joylashgan boʻlsa, bugun omad kulib boqadi. Sizni yuqori lavozimga tayinlashlari mumkin. Ish bajarishda ham muvaffaqiyatlar naqd deyavering. Agar oʻzingizga yaxshi tanish boʻlmaganlar davrasiga tushib qolsangiz, har taraflama etiketga amal qiling. Ayniqsa, tilga ehtiyot boʻling. Arzimagan notoʻgʻri soʻz ham sizga koʻngilsizliklarni hadya etishi hech gap emas. Qiz-juvonlar kechki payt tashqi koʻrinishiga eʼtibor qaratib qoʻyishsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlardi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
11 oktyabr kuni fikrlar, xayollaringizni shu qadar kuchli nazorat qila olasizki, shuning evaziga ishda ham, shaxsiy hayot, muhabbatda ham xatoliklarga yoʻl qoʻymaysiz. Kimki anchadan beri oʻsallanib yurgan boʻlsa, bugundan tuzalish pallasiga kirishi haqiqatga yaqin. Ammo muolajalar xalqona boʻlishi kerak emas. Bu usul sizga yordam bera olmaydi. Oilaviy byudjetingizni yana bir karra koʻzdan oʻtkazib oling.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Bugun juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan oʻzaro munosabatlarda jiddiy muammolar koʻzga tashlanib qolishi ehtimoldan xoli emas. Ammo bundan fojia yasashingiz ham notoʻgʻri. Bir-biringizni erinmasdan yana bir karra oʻrganib chiqing. Shu bahonada orangizda paydo boʻlgan anglashilmovchiliklarni nari hayday olasiz. Roʻzgʻor yoki qarz bilan bogʻliq xarajatlar yuzaga keladi. Ayrimlarning oshqozonida gastrit jiddiy muammo tugʻdira boshlagan. Bugun shu muammo xususida ham oʻylab koʻrmasangiz boʻlmaydi.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
11 oktyabr kuni birinchi navbatda moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal boʻlib, koʻnglingiz togʻdek koʻtarilishi kutilmoqda. Lekin oʻz pozitsiyangizdan voz kechib, taqdir buyurganiga boʻysunishingiz kerak. Yirik xarajatlarga aslo yoʻl qoʻymang. Pul jamgʻarish hech qachon ziyon keltirmaydi. Kechqurun piyoda yurish uchun koʻproq vaqt ajrating. Kimdir olis safarga otlangan boʻlsa, xotirjam boʻlaversin. Bu safar muvaffaqiyatli kechadi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugungi kuningiz asabbuzarliklar bilan boshlanishi mumkin. Shuning uchun koʻnglingizni ogʻritishga moyil kimsalardan nari boʻling. Jismoniy ishga koʻp kuch sarflaganlar va uyquga toʻymaganlar organizmida kuchli charchoq koʻzga tashlanishi mumkin. Ijod kishilari esa aksincha kuch, imkoniyatlarga boy boʻlishadi. Qalbingizni kun davomida joʻshqinlik tark etmaydi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
11 oktyabrda sizni yangi tanishuvlar, hamkorliklar kutib turadi. Ularning barchasi aʼlo darajada kechishi uchun astoydil harakat boshlang. Oʻzingizga boʻlgan ishonch sizga yanada koʻproq kuch bagʻishlaydi. Shaxsiy hayotda aniqlik, qatʼiyatlilik talab etiladi. Juftingiz bilan munosabatlarda sergaklikni qoʻldan bermang. Atrofdagilar bilan muloqotda tilingizga ehtiyot boʻling. Kunning ikkinchi qismida kimlardir bosh va bel ogʻrigʻiga duch kelishi kutiladi. Bu ob-havoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq boʻlsa ajab emas.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun baʼzilar olis manzilga sayohatga otlanadi. Ayrimlar yangi uyga koʻchib oʻtish harakatini boshlaydi. Agar mehnat taʼtilida boʻlsangiz, pul sarflashda hushyor boʻling. Inqirozga yuz tutib qolishdan saqlaning. Ishingiz bilan bogʻliq yangi loyihalarni oʻylab topgan boʻlsangiz, ularni tezroq hayotga tadbiq etish payida boʻling. Kechqurun eng yaqin doʻstlaringizdan biri uyingizga mehmon boʻlib kelishi mumkin. Quvonchli va totli suhbatlarga tayyor turing.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi