00:33 / 12.10.2018
4 607

Munajjimlar bashorati: 12 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 12 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

12 oktyabr kuni faol boʻlishingiz, atrofdagilar bilan koʻproq va yana koʻproq tillashishingiz uchun imkoniyatlar deyarli boʻlmasligi mumkin. Shunday ekan, yolgʻiz qoling. Xayollaringizni bir nuqtaga jamlagan holda orzular ummoniga shoʻngʻing. Shu bahonada kelajak rejalarni tuzib chiqing. Shu bilan bir qatorda ish joyingizdagi oʻrningiz, mavqeingizni qanday oshirish toʻgʻrisida bosh qotiring. Kechqurun eski qadrdonlaringizdan biri qoʻngʻiroq qilishi kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Ertalabdanoq barcha ishlarni yigʻishtirib qoʻyib, moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish payida boʻling. Bugun banklardan aslo kredit ola koʻrmang. Yaqin orada bajargan ishlaringiz mukofoti sifatida moʻmay daromad egasiga aylanishingiz kutilmoqda. Agar yirikroq bir buyum sotib olish niyatida boʻlsangiz, chegirmasi koʻproq doʻkon toping. Kun davomida emotsiyangizni jilovda ushlang. Erk bera koʻrmang. Birovlar bilan bahsga kirishish sizga faqat koʻngilsizliklar hadya etadi xolos.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
12 oktyabrda yaqinlaringiz qarshisidagi burch va majburiyatlarni unutib qoʻymang. Moliyaviy muammolar juda oson bartaraf etiladi. Lekin hadeganda doʻkon, bozor aylanib, xaridlarga zoʻr bersangiz, inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas. Kun boʻyi internet orqali oʻzingizga qaysidir jihatdan foyda beruvchi maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin. Baʼzilar yangi ish qidirayotgan boʻlsa, xuddi shu maʼlumotlar muammoni oson hal etish manbai hisoblanadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Ijod kishilari faqat oʻz tajribasiga suyanib qolsalar, maqsadga yetishlari mushkul kechadi. Siz boshqatdan tajriba toʻplay boshlashingiz kerak. Chunki davrlar, zamonlar oʻzgarishi bilan qachonlardir orttirilgan tajriba ham eskira boradi. Yangicha talablar paydo boʻladi. Oilasiz boʻlsangiz, kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvni boshdan kechirishingiz ehtimolga yaqin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

12 oktyabrda bir vaqtning oʻzida bir necha ishni ado etishingiz mumkin. Bu masalada kuch ham, imkoniyatlar ham yetarli. Jiddiy xatoliklarga yoʻl qoʻyishingiz ham kuzatilmaydi. Moliyaviy jihatdan ham ahvolingiz yaxshi kechadi. Muhabbatda oilasizlar ham, oilalilar ham zerikish, janjallashish, arazlashish uchun sabab topa olishmaydi. Demak, bugun faqat sizning kuningiz. Kechqurun ayrimlarning xonadoniga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugungi kuningiz sirliroq boshlanishi, baʼzi rejalaringiz amalga oshmasligi mumkin. Ammo tashvish chekishga oʻrin yoʻq. Barcha muammolar vaqti kelib bartaraf etiladi. Hamkasblar bilan munosabatlarda juda ehtiyot boʻling. Orangizda kelishmovchiliklar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymang. Shaxsiy hayotingizda sokinlik va ahillik kuzatiladi. Kechqurun suyukli insoningiz bilan madaniy dam olish rejasini tuzing. Kino yoki teatrga tushish sira ortiqchalik qilmasdi. Ovqatlanish rejimini buzmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

12 oktyabr kuni juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan oʻrtangizda sovuqchilik yuzaga kelishi mumkin. Muammoning yechimi esa romantikada. Shu narsaga alohida eʼtibor qarating. Baʼzilar olis safarga otlanishlari mumkin. Safar sizga moddiy toʻkinlik ato etishi ham ehtimoldan xoli emas. Qolganlar ham bugundan katta pul kutayotgani tayin. Afsuski, xohishingizdagi daromadga ega boʻla olmaysiz. Taqdirda boriga shukr qilishingizga toʻgʻri keladi. Uxlashga yotishdan oldin iloj topsangiz, sut mahsulotlari isteʼmoli bilan cheklaning.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Yulduzlar shaxsiy biznesi borlarga bugun mahsulot xarid qilish uchun shoshilmaslikni maslahat beradi. Aldanib qolishingiz ehtimoli bor. Yoki kutilgan daromadga ega boʻla olmasligingiz mumkin. Agar shamollagan, gripp yuqtirgan boʻlsangiz, xastalikdan tezroq xalos boʻlish harakatiga tushing. Xastalik surunkaliga aylanishiga sira yoʻl qoʻymang. Sportning faol turlari bilan shugʻullanmang. Umuman bu sohada faqat yoʻriqchi ishtirokini taʼminlaganingiz maʼqul. Moddiy jihatdan kamlik koʻrmaysiz.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

12 oktyabr kuni oilalilarning tashvishi bitta. Roʻzgʻor kemtiklarini toʻldirish, roʻzgʻor uchun kerakli jihozlar sotib olish. Ammo asosiy ishdan ham chalgʻimaslikka harakat qiling. Ishingiz yuzasidan qoʻngʻiroqlarga, takliflarga oʻz vaqtida labbay deb javob berishga alohida eʼtibor qarating. Yaqin insoningiz bilan oʻzaro munosabatlar sovuq tortishi ehtimolga yaqin. Agar oʻz vaqtida harakatingizni qilmasangiz, muammo yanada jiddiylashib ketishi mumkin.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun hech bir jabhada magʻlub boʻlmasligingiz lozim. Chunki gʻoliblikka yuz foiz haqlisiz. Kayfiyatingiz yomonlashganini bahona qilib qon qardoshlar koʻngliga ozor berishdan saqlaning. Birovlarga ichki sirlaringizni aytmang va hech kimga qarz bermang. Bu harakatlar koʻngilsizlikdan boʻlak narsani hadya etmaydi. Kechqurunga yaqin azaliy doʻstlardan biri sizga ajoyib sovgʻa tayyorlab qoʻyganiga guvoh boʻlasiz. Nokamtarlik boʻlsa ham tan oling. Siz xuddi shunday sovgʻani anchadan beri orzulardingiz.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

12 oktyabrda qiz-juvonlar avvalo goʻzallik saloniga borib tashqi koʻrinishlariga zeb berishlari kerak boʻladi. Garchi bu amal uchun picha vaqt va pul ketsa-da, qiyofangiz yaqin insonlarni hayratdan yoqa ushlashga majbur etadi. Oila qurishga ulgurmaganlar tanlagan insoni bilan munosabatlarda tanaffuslarni boshdan oʻtkazishlari mumkin. Basharti olis yoki yaqin manzilga safar qilishingiz uchun ehtiyoj tugʻilsa, nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish koʻring. Chigal vaziyatlarga tushib qolishdan saqlaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Ertalab oila qurmaganlarning aksariyati yangi tanishuvlarni boshdan kechirishadi. Tanishuv bora-bora romantik uchrashuvga yoʻl boʻshatadi. Ishingiz bilan bogʻliq yangi gʻoyalar paydo boʻlsa, zinhor imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Bu gʻoyalar yaqin kelajakda sizga moʻmay daromad hadya etishi mumkin. Kechqurun yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz ehtimoli bor.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?