
Agar kim bilandir munosabatlaringiz oʻxshamayotgan boʻlsa, demak siz munosabatlarga yopiqsiz!!!
Har qanday munosabat — puldan tortib, sevgi va oila munosabatlari — agar koʻngildagidek ketmayotgan boʻlsa, tan oling va qabul qiling — siz munosabatlarga yopiqsiz!
Yopiqlik — bu shunday holatki, siz faqat odamlardan va borliqdan olishni istaysiz — berish haqida esa oʻylamaysiz ham. Agar siz “berayapman-ku” deb oʻylayotgan boʻlsangiz, demak siz yetarlicha bermayapsiz yoki berib endi talab qilayapsiz.
Xoʻsh, aslida berish nima?
✔ Berish — bu tushunish, his qilish.
✔ Berish — boshqalarni chegarasini hurmat qilish.
✔ Berish — taʼsir qilish, yaʼni sizni koʻrib boshqalar ham berishga harakat qilishi.
✔ Berish — nafaqat narsa, balki shirin soʻz va samimiy tabassum!
Avvalo ochiling va sizga berilayotgan narsalarni shukronalik bilan qabul qiling! Shundagina siz istagan narsalar sekin-astalik bilan hayotingizga kirib kela boshlaydi.
Z. Xolboyeva
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar