00:23 / 14.10.2018
4 940

Munajjimlar bashorati: 14 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 14 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

14 oktyabr kuni barcha jabhalarda haqiqiy professional ekaningizni namoyish etish uchun qolipga tushib olishingiz shart emas. Romantik uchrashuvlardan bugun voz kechishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki bugun emotsiyangiz joyida emas. Bu uchrashuv tufayli yaqin insoningiz bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Kechqurun ayrimlar yaqin manzilga safar qilishlari kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

O‘zingiz tushunmaydigan, uddalay olmaydigan ishlarga qo‘l urmang. Baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Tijoratchi yoki tadbirkor bo‘lsangiz, raqobatchilardan ehtiyot bo‘ling. Ular sizni sindirish uchun qaltis harakatlar sodir etib qo‘yishi mumkin. Sport va olis safar sizga tan jarohatlari yetkazishi mumkin. Shuning uchun ularni boshqa safarga qoldirib turing. Undan ko‘ra kun davomida ko‘proq piyoda yo‘l bosing, velosipedingiz bo‘lsa, sayr qiling. Bu salomatligingizga albatta ijobiy ta’sir etadi. Azartli o‘yinlarning yaqiniga ham yo‘lamang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

14 oktyabrda juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizga muhabbatingiz qanchalar kuchli ekanini yana bir bor amalda isbotlashingiz kerak bo‘ladi. Lekin biling, buni oddiy gul yo sovg‘a bilan isbotlay olmaysiz. Original usulini toping. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda do‘stlaringiz yordamga kelishi kutilmoqda. Kechqurun esa yana o‘sha do‘stlaringiz sizni nufuzli kafelardan biriga ziyofatga taklif etishni ham rejalashtirgan. Do‘st bo‘lsa shunday bo‘lsa-da, to‘g‘rimi?!.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Kuningiz asabiyliklardan iborat bo‘lishi kutiladi. Afsuski, asabiylikka barham berishda dori-darmon yordam bera olmaydi. Balans saqlashni chuqurroq o‘zlashtirishingizga to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlar bugun kunning ikkinchi yarmida yangi hamkorlar bilan foydali shartnomaga imzo qo‘yishadi. Ishoning, bu amal muvaffaqiyatli kechadi. Agar rahbarlaringiz kechqurun xizmat safariga jo‘nashingizni aytib qo‘ng‘iroq qilsa, dam olish kunini bahona qila ko‘rmang. Safar sizga moddiy rag‘bat olib keladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

14 oktyabr kuni shaxsiy hayotingizda qandaydir shubhali vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Vaziyat juftingiz bilan bog‘liq bo‘lishi kutiladi. Shundoq ham juftingizga to‘liq ishonmasdingiz, shu yetmagandek kimlardir bo‘htondan iborat xabar yetkazishi ortiqcha. Siz aslo bo‘htonlarga quloq tutmang. To o‘zingiz juftingizning xiyonatiga shaxsan guvoh bo‘lmaguncha ishonmang. Bugun xarajatlar mo‘l bo‘ladi. Pulni tejamasangiz bo‘lmas-ov. Salomatligingiz bugun a’lo darajada bo‘ladi. Bemalol sport bilan shug‘ullanaversangiz bo‘ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun imkoniyatlar okeaniga tushib qolgandek bo‘lasiz. Qaysi ishga qo‘l urmang, qaysi yo‘nalishda harakatlar sodir etmang, imkoniyatlar qarshingizda qator turgan bo‘ladi. Kun davomida moddiy ahvolingiz ham a’lo darajada bo‘ladi. Kimdir qarzini qaytaradi. Do‘stlardan biri qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish taklif etadi. Bugun shaxsiy biznesni yo‘lga qo‘yish ham muvaffaqiyatli kechadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar ehtiyotlarini qilsinlar. Dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

14 oktyabrda plyusga nisbatan minuslar ko‘proq bo‘lishi kutiladi. Lekin hayotga, dunyoga optimist nazari bilan boqa olsangiz, barcha muammolar xamirdan qil sug‘urgandek oson bartaraf etiladi. Bugun xizmat safari, boshqa shaharga ko‘chib o‘tish amallari omadli va xayrli kechadi. Uyquga yotishdan oldin toza havoda sayr qiling. Tushlaringiz totli kechadi. Ovqatlanishda juda sergak turing. Rejimni, me’yorni buzmang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun ish bajarishda ham, shaxsiy hayotda ham umum talablarga qat’iy amal qilishingizga to‘g‘ri keladi. Agar o‘z qoidalaringiz asosida yashashga intilsangiz, omadsizlikka uchraysiz. Atrofdagilar bilan muloyim munosabatda bo‘ling. Pul masalasidagi muammolar oson hal bo‘lishi kutilmoqda. Shu bahonada qarzingiz bo‘lsa, qutulib olasiz. Kechqurun yoshi ulug‘ qondoshlar holidan xabar oling va qo‘shimcha savobga ega bo‘ling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

14 oktyabr kuni ayrimlar jufti yo bo‘lg‘usi juftini yoniga olib safarga otlanishlari kutiladi. Shu bahonada azaliy orzularingizdan biri ushalib, dunyoni ko‘rgandek bo‘lasiz. Kun davomida bo‘sh vaqt topib professional kasbingiz doirasida malakangizni oshirish payida bo‘ling. Basharti ishdan bo‘shab boshqa ishga o‘tish niyatingiz bo‘lsa, yaxshilab taroziga solib ko‘ring. O‘ylang, mulohaza qiling. Toki keyin afsuslanib qolmang. Sizga bugun piyoda sayr katta yordam berishi mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Kayfiyatingiz erta tongdanoq tushkun holatda bo‘ladi. Ko‘chaga ham chiqqingiz kelmaydi, atrofdagilar bilan muloqot sira yoqa qolmaydi. Oilasizlarni kimdir bugun bo‘lg‘usi taqdirdoshi bilan tanishib, suhbatlashishi mumkin. Ro‘zg‘ordagi muammolar faqat qondoshlar yordamidagina ijobiy hal bo‘ladi. Ammo bu masalada ko‘proq pul sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Bugun birovni bilib ham, bilmay ham ranjita ko‘rmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

14 oktyabr kuni xudo siz uchun barcha imkoniyatlar eshiklarini ochib beradi inshoolloh. Shuning uchun qo‘l urgan ishlaringiz oson bita boshlaydi. Yana kutganingizdan ham ko‘proq daromad keltiradi. Kun davomida janjalli vaziyatlardan, davralardan qoching. Bu salomatligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Shaharda yashasangiz, kechqurun yaqin insoningiz bilan kinomi, teatrgami tushsangiz yaxshi bo‘lardi. Dam olasiz, kayfiyatingiz ko‘tariladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kuningiz quvnoq va yorqin lahzalarga boy bo‘ladi. Ularga shaxsan guvoh bo‘lib, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Moliyaviy masalada ham sira xafagarchilik ko‘rmaysiz. Qancha pul sarf qilsangiz, shuncha daromad ko‘rasiz. Ba’zilarni kunning ikkinchi yarmida bosh og‘rig‘i, yurak behalovatligi, varikoz bezovta qilib o‘tishi mumkin. Bu havoning o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 14 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?