Musulmonning musulmon birodari ustida oʻttiz haqi borki, ularni ado etmay yoki rozilik istamay kishi masʼuliyatdan forigʻ boʻlmaydi.
Bu haqlar quyidagilardir:
1. Yanglishsa, kechiradi.
2. Koʻz yoshlariga rahm qiladi.
3. Oshkor etilishini istamagan sirini yashiradi.
4. Uzrini qabul qiladi.
5. Yonida gʻiybat qilinsa, rad etadi.
6. Kerak boʻlganda nasihat qilishda davom etadi.
7. Doʻstligini muhofaza etadi.
8. Zimmasidagi vazifalarga rioya etadi.
9. Kasal boʻlganida ahvolidan xabar oladi.
10. Janozasida qatnashadi.
11. Daʼvatini qabul qiladi.
12. Sovgʻasini qabul etadi.
13. Yaxshiligiga yaxshilik bilan javob qaytaradi.
14. Yaxshiliklari evaziga tashakkur bildiradi.
15. Yordamini chiroyli qiladi.
16. Nomusini himoya etadi.
17. Ehtiyojini qondiradi.
18. Orzu-niyatlarining amalga oshishida yordam beradi.
19. Rajosini (iltimosini) qabul qiladi.
20. Istaklarini inkor qilmaydi.
21. Aksirganida “Yarhamukalloh” deydi.
22. Yoʻqotgan narsasini qidiradi.
23. Salomiga alik oladi.
24. Suhbatini yoqtiradi.
25. Yaxshiligini koʻpaytiradi.
26. Qasamlarini tasdiqlaydi.
27. Zolim boʻlsa ham, mazlum boʻlsa ham yordam beradi. Zolimga yordam – uni zulm qilishdan qaytarishdir. Mazlumga esa birovdan uning haqqini olish bilan yordam beradi.
28. Doʻst boʻladi, dushman boʻlmaydi.
29. Uni himoya etadi, yordam bermasdan yolgʻiz oʻzini tashlab qoʻymaydi.
30. Oʻziga ravo koʻrgan yaxshilikni unga ham ravo koʻradi. Oʻziga istamagan yomonlikni unga ham ravo koʻrmaydi.
Moʻminlar oʻzaro doʻstlashishda, rahmu shafqatda va mehru oqibatda goʻyoki bir vujudning aʼzolaridir. Kishining esa biror aʼzosi ogʻrisa, boshqa aʼzolari ham azob tortadi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi