09:55 / 05.11.2018
9 784

Agar bandaga shahvat g‘olib kelsa...

Agar bandaga shahvat g‘olib kelsa...
Ibn Qayyim rahimahulloh aytadilar:

Agar bandadan shahvat g‘olib kelishi yoki tabiatining quvvati tufayli gunoh voqe’ bo‘lsa, Alloh mana shunisini kechirishi mumkin. U gunohga xohlamay va nafsida qasd qilmay voqe’ bo‘ladi. Bu bandaga Allohning mag‘firati, kechishi va afvini umid qilinadi. Chunki Alloh taolo uning zaifligini, shahvati g‘olib ekanini biladi. Hamma vaqt ham unga sabr qilolmasligini ko‘radi. Agar u gunoh qiladigan bo‘lsa, Robbisiga xuzu’li, ezilib, xavfsirab, nafsidagi shahvat gunohidan xijolatga tushib va iymoni bu ishni karih ko‘rgan holda qiladi. U ba’zida nafs chaqirig‘iga javob qilsa, gohida iymon chaqirig‘iga ijobat etadi.

Lekin kim gunohdan tap tortmaslikka, qo‘rqmasdan unga qadam tashlashga va Alloh uchun shahvatni tark etmaslikka ishini bino qilgan ekan va gunohidan shodu hurram bo‘lib, ma’siyatga erishganda yumalab kuladigan bo‘lsa, mana shunday odamga uning bilan tavbasi o‘rtasi to‘silishidan va unga muvaffaq bo‘lmasligidan qo‘rqiladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Agar bandaga shahvat g‘olib kelsa...