QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
12 noyabr kuni yig‘ilib qolgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etgachgina asosiy ishga o‘tishingiz tavsiya qilinadi. Bu ham moliyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega, ham jamoadagi o‘rningiz mustahkamlinishi uchun xizmat qilishi mumkin. Yangi tanishuvlarni boshdan kechirsangiz, tafakkurga suyangan holda ish tuting. Bugun ziyo ulashuvchilar hamda tibbiyot xodimlarining omadi kulishi kutilmoqda. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Ishingiz yoki shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq yangi g‘oyalar haqiqatga aylanishida yaqinlaringiz yordam berishadi. Albatta, do‘stlar ham qarab turmaydi. Kunning ikkinchi yarmida kelgusida mavqeingiz oshishida muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan insonlar bilan tanishishingiz ehtimoli bor. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Chunki bugun raqobatchilar asabingizga tegmaydi. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Kimdir kutilmagan sovg‘a hozirlab qo‘ygani ham haqiqatga yaqin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
12 noyabrda birinchi navbatda tilingizga juda ehtiyot bo‘ling. Atrofdagilarmi, ishxonadagilarmi, farqi yo‘q, bo‘lmag‘ur gaplarni gapirib qo‘ymasangiz bas. Bugun aldovlar, firibgarlar dastidan azob chekmaysiz. Ular sizni aylanib o‘tishadi. Kun davomida ne ishga qo‘l urmang, faqat qalbingizga quloq tuting. Kechqurun moliyaviy masalada muhim bir qarorni qabul qilishingiz mumkin. Omadingizni bersin!
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Shaxsiy hayot va ishga taalluqli yangi va yoqimli xabarlar eshitishingiz kutiladi. Agar ertalabdayoq oiladagi mayda-chuyda muammolarni bartaraf etishga ulgursangiz, kun davomida xotirjam bo‘lardingiz. Kunning ikkinchi yarmida qo‘shimcha daromad keltiradigan ish qidirib ko‘rsangiz ham yomon bo‘lmasdi. Bu muammoni internet yoki yaqin do‘stlar yordamida ijobiy hal eta olasiz. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
12 noyabr kuni ko‘plab uchrashuvlar va tanishuvlarni boshdan kechirishingiz kutilmoqda. Ammo keyin yolg‘iz qolgan holda yangi tanishganlarning barchasini tahlildan o‘tkazishingiz lozim bo‘ladi. Bajargan ishlaringiz natijasini kunning ikkinchi yarmida ko‘rishingiz mumkin. Ayrimlarni ish joyidagi rahbarlar favqulodda xizmat safariga jo‘natishi mumkin. Ammo bu safardan sira afsusda qolmaysiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kun avvalidanoq omadga erishish uchun o‘zingiz harakat qilishingiz, yelib-yugurishingiz zarur bo‘ladi. Ishxonangizda ham bitmagan ishlar qalashib ketgan. Ularni ham bajarib ulgurishingiz kerak. Oilalilarni kechki payt farzandlari o‘zlarining a’lo darajadagi o‘qishlari bilan mamnun etishadi. Mehnat ta’tiliga chiqish haqida ham o‘ylab ko‘rsangiz yomon bo‘lmaydi. Ayniqsa, yangi yil xususida hozirdanoq bosh qotirishingiz lozim.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
12 noyabrda shu qadar ishlaringiz ko‘p bo‘ladiki, tushlik qilishga ham arang vaqt topasiz. Sababi, hamkasblardan qaysidir biri ishga kela olmasa, uning ishini ham sizning zimmangizga yuklashlari mumkin. Kun davomida telefon orqali kamroq gaplashishingiz tavsiya etiladi. Kechqurun yaqin do‘stlaringizdan biri sizdan pul qarz so‘rashi mumkin. Bu masalada o‘zingiz qaror chiqarishingiz zarur. Agar o‘sha do‘st sizga ham o‘z vaqtida yordam bergan bo‘lsa, albatta bu yaxshilikning javobini qaytarish kerak.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Chayon burji ostida tavallud topganlar kunning birinchi yarmida moddiy ahvolini yaxshilab olishadi. Demak, bugun yoqimli xaridlarni amalga oshirsangiz yarashadi. Yoki do‘stlar bilan bir piyola choy ustida suhbat qurish ham ziyon yetkazmaydi. Agar kechki payt sizga kutilmaganda moddiy ko‘mak kerak bo‘lib qolsa, tortinmasdan kerakli odamlardan so‘rayversangiz bo‘ladi. Kechqurun shamollash va qon bosimining oshib ketishi bezovta qilishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
12 noyabr kuni dastlab qachonlardir bitmagan ishlarni bitiring. Busiz moddiy to‘kinlikka erisha olmaysiz. Tushdan keyin miyangizga ishingiz bilan bog‘liq ajoyib yangi g‘oyalar kelishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida salomatligingiz haqida qayg‘uring. Vaqt topsangiz, vrach ko‘rigidan o‘ting. Kechqurun esa ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Imkon boricha yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ehtiyot bo‘ling! Siz tomonga inqiroz buluti yaqinlashib kelmoqda. Shunday ekan, xarajatlarni keskin kamaytirmasangiz bo‘lmaydi. Qora qozon qaynab turganiga, taqdirda boriga shukr qilsangiz, kam bo‘lmaysiz. Badavlat odamlarga zinhor hasad qila ko‘rmang. Chunki tez vaqt ichida sizning ham ishlaringiz yurishadi. Mavqeingiz, lavozimingiz oshishi kutiladi. Oilasiz bo‘lsangiz, bugun romantik uchrashuvga puxta hozirlik ko‘ravering. Omadingizni bersin!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
12 noyabrda boshingizga kutilmaganda mayda ko‘ngilsizliklar yog‘ila boshlashi mumkin. Faqat ularni diplomatlarcha bartaraf etishingizga to‘g‘ri keladi. Qo‘pollik, shoshma-shosharlik bu yerda ish bermaydi. Oila qurishga ulgurmaganlar hayotida muhabbat hissi paydo bo‘lishi kutiladi. Ammo tanlagan insoningizni haddan ziyod darajada ideallashtirib yubormang. Ideallik faqat farishtalarga xosligini unutmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun hayotingizda paydo bo‘ladigan tanaffuslarni, ishxonangizda rahbarlar tarafidan zimmangizga yuklanadigan vazifalarni qurol qilib oling. Ularni qadrlang. Hamkasblar bilan muloyim munosabat yuriting. Hasadgo‘ylar yo‘l-yo‘lakay asabingizga tegishi mumkin. Ehtiyotkor bo‘ling! Agar sayohatga otlangan bo‘lsangiz, bu sayohat sizga yoqimli tuyg‘ularnigina hadya etadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”