16:33 / 07.12.2018
5 831

Jigarrang tuxumning oq rangdagisidan farqi nimada?

Jigarrang tuxumning oq rangdagisidan farqi nimada?
Tuxum xarid qilayotganda odatda ikki xil tanlovga ega bo‘lamiz: oq va jigarrang. Tabiiyki, rangi va narxi (jigarrangdagisi qimmatroq) sabab ulardagi farq borasida fikrlar bor. Ko‘pchilik jigarrang tuxumning foydasi ko‘p deb o‘ylashadi. Biroq aslida ular bir xil. Aytilganlarni hisobga olib, ularning farqi nimada ekaniga oydinlik kiritamiz.

Gap tovuqda

Tuxumlar orasidagi haqiqiy farq – ularni qo‘ygan tovuqlar. Oq patli tovuqlarda oq tuxum bo‘ladi, qizil patli tovuqlar esa jigarrang tuxum qo‘yadi.

Jigarrangni organik birlashma - protoporfirin IX beradi. Bundan chiqdi, tuxumlar orasidagi farq uning rangi va organik birlashmalar ekan. Tuxumning tarkibi esa sifatiga ko‘ra bir xil bo‘lib qolaveradi.

Atrof-muhitning ta’siri

Biroq qaysi tuxum aslida yaxshiroq? Tovuq nima bilan boqilgani, shuningdek u yashagan atrof-muhit muhimroq. Masalan, kunduz kuni quyoshda sayr qilish uchun qo‘yib yuborilgan qushning tuxumida D vitamini ko‘proq. Bu omega-3 yoki D vitamini bilan oziqlangan tovuqlarga ham tegishli. Bunday tovuqlar tuxumlarida boshqalarga qaraganda ana shu moddalar ko‘proq bo‘ladi. Agar yoqimli hidga ega tuxum yeyishni ma’qul ko‘rsangiz, buning uchun ratsioni yog‘larga boy tovuqlar tuxumi mos keladi.

Bundan tashqari, ta’m xususiyatiga taom tayyorlash va ovqatlanish jarayoni ham ta’sir ko‘rsatadi. Tuxumlar qancha uzoq saqlansa, ta’mi ham g‘alati bo‘lib qoladi.

Tovuqlar qanday boqilgani muhim

Tuxumlar o‘ramiga e’tibor bering. Qishloqda yoki bozorda sotiladigan tuxumlar tabiatga yaqin tovuqlardan olinadi. Ular doim yangi bo‘ladi. Agar omega-3 kislotalari bilan to‘yintirilgan tuxumni xarid qilsangiz, demak tovuq ratsionida baliq moyi ko‘p. O‘z-o‘zidan, ularning narxi ham baland.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jigarrang tuxumning oq rangdagisidan farqi nimada?