Tuxum xarid qilayotganda odatda ikki xil tanlovga ega bo‘lamiz: oq va jigarrang. Tabiiyki, rangi va narxi (jigarrangdagisi qimmatroq) sabab ulardagi farq borasida fikrlar bor. Ko‘pchilik jigarrang tuxumning foydasi ko‘p deb o‘ylashadi. Biroq aslida ular bir xil. Aytilganlarni hisobga olib, ularning farqi nimada ekaniga oydinlik kiritamiz.
Gap tovuqda
Tuxumlar orasidagi haqiqiy farq – ularni qo‘ygan tovuqlar. Oq patli tovuqlarda oq tuxum bo‘ladi, qizil patli tovuqlar esa jigarrang tuxum qo‘yadi.
Jigarrangni organik birlashma - protoporfirin IX beradi. Bundan chiqdi, tuxumlar orasidagi farq uning rangi va organik birlashmalar ekan. Tuxumning tarkibi esa sifatiga ko‘ra bir xil bo‘lib qolaveradi.
Atrof-muhitning ta’siri
Biroq qaysi tuxum aslida yaxshiroq? Tovuq nima bilan boqilgani, shuningdek u yashagan atrof-muhit muhimroq. Masalan, kunduz kuni quyoshda sayr qilish uchun qo‘yib yuborilgan qushning tuxumida D vitamini ko‘proq. Bu omega-3 yoki D vitamini bilan oziqlangan tovuqlarga ham tegishli. Bunday tovuqlar tuxumlarida boshqalarga qaraganda ana shu moddalar ko‘proq bo‘ladi. Agar yoqimli hidga ega tuxum yeyishni ma’qul ko‘rsangiz, buning uchun ratsioni yog‘larga boy tovuqlar tuxumi mos keladi.
Bundan tashqari, ta’m xususiyatiga taom tayyorlash va ovqatlanish jarayoni ham ta’sir ko‘rsatadi. Tuxumlar qancha uzoq saqlansa, ta’mi ham g‘alati bo‘lib qoladi.
Tovuqlar qanday boqilgani muhim
Tuxumlar o‘ramiga e’tibor bering. Qishloqda yoki bozorda sotiladigan tuxumlar tabiatga yaqin tovuqlardan olinadi. Ular doim yangi bo‘ladi. Agar omega-3 kislotalari bilan to‘yintirilgan tuxumni xarid qilsangiz, demak tovuq ratsionida baliq moyi ko‘p. O‘z-o‘zidan, ularning narxi ham baland. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi