Qish kelishi bilan ko‘pchilik ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin.
Oqsilli parhez
Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan voz kechish bilan siz to‘yimli yog‘lar va murakkab uglevodlar iste’molini ham cheklab qo‘yasiz. Ular esa gormonlar darajasi me’yorini saqlab turish va organizmni energiya bilan ta’minlab turish uchun kerak bo‘ladi. Olimlarning aniqlashicha, oqsilli parhez yurak-tomir kasalliklari rivojlanish xavfini 28 foizga oshirar ekan.
Yog‘larsiz parhez
Bugungi kunda do‘konlar yog‘siz tvorog va sut, yengil desertlar bilan liq to‘ldirilgan. Lekin yog‘li mahsulotlardan voz kechish yog‘da eruvchan A, E, K vitaminlarining taqchilligiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, siz bu bilan asab tizimiga ham zarba bergan bo‘lasiz, chunki yog‘lar asab tolalarining miyelin qobiqlari shakllanishiga yordam beradi.
Organizmning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan foydali yog‘lar – avokado, qizil baliq, yong‘oqlar, zaytun yog‘i va saryog‘larni me’yorida iste’mol qilib turing.
Uglevodlarsiz parhez
Uglevodlarni iste’mol qilishni cheklash sportchilarga mos kelishi mumkin, lekin faqat qisqa vaqt oralig‘i uchungina xolos va mutaxassislarning qat’iy nazorati ostida. Bunday parhez modda almashinishini osongina buzishi mumkin.
Xom ovqatlarni yeyish
Ovqatlanishning bunday tartibi hammaga ham to‘g‘ri kelmaydi. Pishirilmagan sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar va yong‘oqlar yeyish oqibati ichaklar faoliyatining buzilishiga, me’da kasallanishiga olib keladi. Hayvon oqsilidan voz kechilganda organizm uni o‘z zaxiralaridan ishlatishga majbur bo‘ladi va natijada siz mushaklar og‘irligini yo‘qotasiz, shu jumladan ichki a’zolar mushaklari ham yupqalashadi.
Xom yeyish rux, yod, magniy, A vitaminlar singishining yomonlashishini keltirib chiqaradi. A vitamini organizmga faqat yog‘lar bilan birga tushgandagina yaxshi singdiriladi. Kalsiy va magniy yetishmasligida oyoq va qo‘llarning uvishish holatlari paydo bo‘lishi mumkin. B12 vitamini yetishmasligi esa kamqonlikni keltirib chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”