10:02 / 01.01.2019
6 360

Qalbi pok yigit o‘lim azobida ham Robbiga xiyonat qilmadi

Qalbi pok yigit o‘lim azobida ham Robbiga xiyonat qilmadi
Bir fojir ayol musulmon, taqvodor, solih va kelishgan bir yigitga oshiq bo‘lib qoldi. Yigit shu atrofdagi bir masjidga qatnar, lekin doim Allohdan xavfda bo‘lar edi. Fojir ayol esa badavlat va go‘zal edi. U yigitni bir necha marta o‘z uyiga chaqirdi, ammo yigit bosh tortdi.

Ayol yigitni og‘dirish uchun ko‘p choralar qo‘lladi, ammo barchasi behuda ketdi. Ayolning qalbidan yigit mustahkam o‘rin olgan bo‘lsa, yigitning qalbidan Alloh joy olgan edi. Niyatiga yetisha olmagan ayol nihoyat sehr-joduga qo‘l urib, yigitni kechasi keladigan qilib sehrladi. Yarim tunda yigit o‘zida nimadir his qila boshladi. Nimadir uni qayergadir tortar edi. Yigitning ko‘nglida o‘sha ayolni ko‘rishga ishtiyoq paydo bo‘lib, kuchaya boshladi. Yigit bunga qarshi chiqishga harakat qilar, lekin uddasidan chiqa olmas edi. Nihoyat, oyoqlari uni tashqariga boshladi. Shunda yigit otasining oldiga borib, «Otajon, meni bog‘lab qo‘ying» deyishga majbur bo‘ldi.

Ota avvaliga bundan bosh tortdi, lekin o‘g‘li gapida turib olgach, noiloj uni uyning ustuniga bog‘lab qo‘ydi. Yigit: «Otajon, dod deb yig‘lasam ham arqonni yechmang», deb tayinladi. Vaqt o‘tgan sari yigitning dod-faryodi ortib borar, yig‘lab, og‘riqdan baqirar edi. Tong otgach, yigitni ovozi chiqmay qoldi. Otasi yaqiniga borganda esa u hayot bilan vidolashib bo‘lgan edi.

Ofarin! Qalbi pok yigit o‘lim azobida ham Robbiga xiyonat qilmadi. Shuning uchun Alloh ham uni himoya qilib, gunohdan saqladi va go‘zal xotima bilan taqdirladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qalbi pok yigit o‘lim azobida ham Robbiga xiyonat qilmadi