00:43 / 13.01.2019
6 832

Munajjimlar bashorati: 13 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 13 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kunning birinchi yarmida ishxonadagi rahbaringiz qo‘ng‘iroq qilib, rejalaringizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bilib qo‘ying, suhbat o‘ta jiddiy kechadi. Safarga chiqish, tabiat qo‘ynida dam olib qaytish, sportning faollik talab qiladigan turlari bilan shug‘ullanish bugun xayrli kechadi. Kechqurun olis o‘tmishingiz yodingizga tushib, kayfiyatingiz biroz tushishi kutiladi. Bardam bo‘ling. Toza havo sayrini kanda qilmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
13 yanvarda ayrimlar tushga qadar yugurib-yelib, huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga qatnashi, adolat izlashi mumkin. Ammo bu yugurishlar nafaqat kuch, balki pul ham talab qiladi. Internet orqali intellektual masalalarni yechib, omadga erishasiz. Bu, shubhasiz, aqliy mehnat kishilariga tegishli desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan do‘stlardan biri xonadoningizga tashrif buyurish ehtimoli bor. Sog‘liqni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Atrofdagilar qarshisida o‘zingizni qanday tutishga alohida e’tibor qaratmasangiz bo‘lmaydi. Emotsiyani jilovlay olmasligingiz orada janjallar kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Ro‘zg‘ordagi muammolarga faylasuflarcha yondashishga harakat qiling. Iloji boricha muammoni joyida bartaraf etishga intiling. Pul masalasida xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi. Bugun ishingiz besh bo‘ladi. Kechqurun ovqatlanish me’yorlariga amal qiling. Rejimni buzmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
13 yanvar kuni daf’atan hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingiz yuz ko‘rsatadi. Hazil-mutoyibadan unumli foydalana boshlaysiz. Albatta, sizga havas qiladiganlardan tashqari, hasadchilar ham topila qoladi. Biroq havas qiladiganlar, tan beradiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi, ishoning. Ba’zilar qo‘shimcha daromad keltiradigan ish ham taklif qilishlari mumkin. Muhabbatda ham ayni shu hazil-mutoyiba sizga juda kerak bo‘ladi. Bu juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan munosabatlarni mustahkamlashda asqotadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kun avvalida ko‘pdan beri ko‘rishmagan do‘stlaringiz bilan uchrashib suhbatlar qurishingiz kutilmoqda. Kayfiyatingiz ko‘tariladi. Dam olasiz. Shaxsiy hayotda ayrim do‘stlarimiz jiddiy o‘zgarishlar yasash masalasida harakatlar sodir etishadi. Bu yaxshilikka. Kechqurun eng yaqin insoningizni yoningizga olib kafega boring. Ko‘ngil yozing. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar profilaktikaga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Uzoq vaqt piyoda yursangiz ham ziyon qilmaydi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
13 yanvarda parizod burji ostida tug‘ilganlarning tabiatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Siz o‘ta qiziqqon odamga aylanib qolasiz. Bu ko‘pchilik tanishlarni, do‘stlarni sizdan bezdirishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida yoshi ulug‘ hamkasblardan biri sizga qimmatli maslahatlar berishi kutilmoqda. Amal qilsangiz, kam bo‘lmaysiz. Moddiy ahvolingizdan xavotir olmang. Ahvolingiz a’lo darajada kechadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun kunning birinchi yarmida qisqa va olis masofaga xizmat safari bilan jo‘nab ketishingiz mumkin. Safarlar albatta sizga moliyaviy yutuqlarni hadya etadi. Agar har bir masalaga aql bilan yondashsangiz, taraqqiyotning yuqori cho‘qqilarini egallashingiz tayin. Ba’zilar shaxsiy biznesni rivojlantirish bo‘yicha tanishlar bilan qo‘ng‘iroqlashishi kutiladi. Kechqurun uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
13 yanvar kuni boshqalarga ojiz taraflaringizni ko‘rsatmaslikka harakat qiling. Ko‘nglingiz kuyib ketayotgan bo‘lsa-da, o‘zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Bu ojizligingizdan ba’zilar o‘z manfaati yo‘lida foydalanishi mumkin. Qarindoshlar qarshisida o‘zingizni diplomatlarcha tutishingiz tavsiya etiladi. Ularni arzimas gap bilan ranjitib qo‘yishingiz hech gap emas. Mabodo vaziyat chigallasha boshlasa, sukut saqlang. Sukut muammoni ijobiy hal etishda katta yordam beradi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunni ruhan tetiklikda va ochiq qalb bilan kechiring. Yaqin insonlarga har jihatdan yordam bering. Ulardan diqqat-e’tiboringizni ayamang. Organizmni zararli moddalardan tozalash va immunitetni ko‘tarishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar foydali kechadi. Hamkasblardan kimdir qo‘ng‘iroq qilsa, sizni tanqid ostiga olsa, achchiqlanmang. Kechqurun sportzalga boring. Sport bilan shug‘ullaning. Suzishga e’tibor qarating.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
13 yanvar kuni havo sovuq bo‘lsa-da, ko‘p vaqtingizni toza havoda o‘tkazishga harakat qiling. O‘zingizga yoqadigan, kayfiyatingizni ko‘taradigan joylarga boring. Bolaligingizni yodga oling. Bu ruhan tetiklashishingizda yordam beradi. Ovqatlanishda qat’iy rejimga asoslaning. Parhez tutishda ehtiyot bo‘ling. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi mumkin. Salomat bo‘ling! O‘zingizni ehtiyot qiling!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz xayrli, yoqimli kechadi. Anchadan beri miyangizda aylanib yurgan rejalaringiz aynan bugun haqiqatga aylanadi. Mayli, rejalaringiz ayrimlarga yoqib tushmasligi mumkin. Ammo e’tibor bermang. Hayotga real ko‘z bilan boqing. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun xorij firmalaridan biri hamkorlik taklif qilishi mumkin. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida yo mehmondorchilikka, yo olis safarga otlanishlari kutiladi. Shu bahonada bo‘lg‘usi juftingizni uchratib tanishasiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
13 yanvarda kayfiyatingiz tushkun holatda bo‘lishi mumkin. Buning ustiga emotsiyangizni o‘zingizga bo‘ysundira olmay halak bo‘lasiz. Ayniqsa, yoningizda sizga yoqmaydigan odam bo‘lsa, bu holat kuchaysa kuchayadiki, pasaymaydi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun badavlat tanishlar yordami kerak bo‘ladi. Tortinmang. Ishonchli odam bo‘lsa, sira uyalmasdan yordam so‘rayvering. Ba’zilar bugun bosh og‘rig‘idan bezovta bo‘lishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 13 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?