20:06 / 15.01.2019
5 705

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: Saraton burji vakillari uchun (22 iyun – 22 iyul)

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: Saraton burji vakillari uchun (22 iyun – 22 iyul)
Umumiy bashorat
“To‘ng‘iz yili”da “yugur-yugurlar” bilan ovora bo‘lasiz. Saraton burji vakillari oilaparvar bo‘lsalar-da, bu yil do‘stlar va yaqinlar bilan vaqt o‘tkazishlari biroz qiyin bo‘ladi. Biroq ishda ko‘pgina muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib, oldinga siljishlar kuzatiladi. Tadbirkorlar esa yangi hamkorlar bilan bitim tuzishga erishadilar. Foydali takliflarni rad etmasalar 2019 yil serdaromad va unumdor bo‘ladi. 2019 yilda yakka emas, balki jamoa bilan ishlagan ma’qul. Tashabbuskorlikni o‘z qo‘lingizga oling.

Yaxshi insonlar bilan do‘stlashish va samarali natijalarga erishish maqsadida kirishimli bo‘lish lozim. “To‘ng‘iz yili”da sizni yangi sayohatlar va safarlar kutmoqda. Qarindoshlik rishtalarini saqlab qolish uchun yaqinlaringizni ham unutmang.

Harakat! “Saraton”lar ko‘proq harakatda bo‘lib, sport bilan shug‘ullansa, 2019 yilda kasalliklar nari ketadi. Agar ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz suzish bilan mashg‘ul bo‘ling. Immunitetingizni mustahkamlashni ham unutmang.

“It yili”da o‘zlarini xotirjam va beg‘am sezgan bu burj vakillari yil avvalida o‘zlarini biroz yo‘qotib qo‘ygandek sezishadi. Ammo rejalarni amalga oshirish va xotirjamlikni saqlab qolish uchun yil egasi bilan do‘stlashishga biroz vaqt talab qilinadi. Ammo ortiqcha qayg‘urishga hojat yo‘q. Agar hamma narsaga umid va ishonch bilan qarasangiz, “To‘ng‘iz yili”da ham barchasi o‘ylaganingizdek bo‘lishi aniq.

Bahorga kelib yengil nafas olish va shaxsiy ishlarni rejalashtirish mumkin. Mart oyi boshida ishxonada rahbarlarning qo‘shimcha hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lish bilan birga o‘zingiz ham bir shaxsiy biznesingizni ochishingiz kutilmoqda.

Yozda ko‘pchilik yangi uy sotib olishi yoki yashab turgan uyini ta’mirdan chiqarishlari mumkin. Ammo yulduzlar xo‘jalik ishlaridagi bunday o‘zgarishlarga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya etmoqda. Eng ma’qul yo‘l mutaxassislarga murojaat qilish. O‘zingiz bu ishlarning uddasidan chiqa olmaysiz.

Moliyaviy masalaga kelsak, kutilmaganda qo‘shimcha daromadga ega bo‘lib, bu uy borasidagi rejalaringizni amalga oshirishga qo‘l keladi.

Muntazam ravishda daromad topasiz. Qulay shartnomalar, kelishuvlar va yutuqlarni qo‘lga kiritishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Yulduzlar barcha ishda tejamkorroq bo‘lishni tavsiya etishmoqda. Jamg‘arib qo‘yilgan mablag‘, qachondir albatta asqatadi.

Kuz faslining boshida ayrim “Saraton”lar bosh­qa ishga joylashadilar. Boshqalari esa birvarakayiga ikkita ishda ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Bunga tabiatan harakatchan va irodali ekaningiz ko‘mak beradi.

Ammo o‘z vaqtida hordiq chiqarishni, tabiat qo‘ynida dam olishni va piyoda yurishni unutib qo‘ymang.
Dekabr oyi, haqiqatan ham, sirli kechadi. Siz yil yakunida o‘zingizni baxtli va yaxshi his etasiz. Bu yuqori kayfiyat bilan atrofdagilarni ham xushnud etishni uddalashingizdan dalolat.

ShAXSIY HAYoT
Shaxsiy hayotingiz ham risoladagidek kechadi. Qarindoshlar bilan muammolar yuzaga kelmaydi.
2019 yilda uy-ro‘zg‘or ishlariga jiddiy qarang. Agar uyingiz ta’mirtalab bo‘lsa, yilning boshidanoq ta’mirlash ishlari uchun mablag‘ to‘plashni boshlang.

Hali oila qurmagan burj egalari, o‘zingizga mos juftlikni tanlab oila qurish vaqti keldi. Sevgi borasida tashabbusni o‘z qo‘lingizga oling. Yulduzlar ta’biriga ko‘ra, bahor yakunida yoki iyul oyida nihoyat o‘zingiz orzu qilgan insonni uchratasiz.Oila qurish jiddiy qaror, shu sababli kattalar maslahatiga quloq tuting.

“To‘ng‘iz” muchali sizga o‘ziga tashqaridan nazar tashlashni maslahat bermoqda. Aytmoqchimizki,tashqi ko‘rinishingiz va kiyinish uslubingizni o‘zgartirishdan cho‘chimang. Faqatgina o‘zgarish borasida mutaxassislar yordamidan foydalaning.

SALOMATLIK
Xo‘sh, yulduzlar 2019 yilda salomatlikni mustahkamlash borasida qanday maslahatlar berishayotgan ekan? Eslab qoling, yelka va tananing orqa qismiga qaratilgan mashqlarni bajarish, sport bilan shug‘ullanish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish va to‘yib uxlash 2019 yilgi salomatlikni mustahkamlashning eng oson usulidir. Ertalablari yugurish va tushlikda uyquga yon bosmaslik ham sizni turli kasalliklardan asraydi. Agar berilgan maslahatlarga amal qilinmasa, yil davomida shamollash va ruhiy zo‘riqish bilan vaqt o‘tadi. Hayotga umidsizlik bilan qaramaslikka hamda ortiqcha asabiylashmaslikka harakat qiling. Zero sizda asab kasalliklariga moyillik bor. 2019 yil ko‘chaga chiqishdan oldin ob-havoga qarab kiyin­sangiz, salomatligingiz xavf ostida qolmaydi. Mehnatsevarlar goh-gohida dam olish haqida ham unutib qo‘ymasliklari lozim. Garchi yil bo‘yi salomatligingiz masalasida jiddiy muammo yuzaga kelmasa-da, organizm va ruhiyatni jismonan zo‘riqishdan asrang. Bir joyda uzoq vaqt o‘tirib qolishdan ham tiyiling.Bu borada yulduzlar ish vaqtida tez-tez qisqa tanaffuslar qilishni tavsiya qilishmoqda.

Ovqatlanish tartibi va me’yorlari haqida ham unutib qo‘ymang. Mevalar, sabzavotlar, bo‘tqalarni ko‘proq iste’mol qilib, immunitetingizni mustahkmlab boring. Gazli, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari sog‘liq kushandasi sanaladi. Ulardan uzoq yurishingizga to‘g‘ri keladi.

KARERA
2019 yilda yangi ish va yuqori martabaga ega bo‘lasiz. Bilamiz, bunday o‘zgarishni uzoq kutgansiz. Shuning uchun yangilikni do‘stlar davrasida nishonlashga nima yetsin?!

Moliyaviy ahvolingizga “qora bulutlar” xavf solmaydi. Shuning uchun yozga kelib sayohat yoki yangi uy-joy uchun kerakli mablag‘ to‘play olasiz. Ammo buning uchun ko‘p ter to‘kishingizga va raqobatchilar bilan bir maydonda kuch sinashishga tayyor bo‘ling. Qayg‘urmang, muammolarning yechimini topishda e’tiborli kishilar sizga yordam beradi. Faqat har qanday vaziyatda qonundan chetga chiqmang.

“To‘ng‘iz yili”da tadbirkor va ishbilarmonlarshaxsiy bizneslarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu ijodiy yo‘nalish bo‘ladimi yoki tijorat — tanlov sizdan. Ammo shartnomalar imzolashda ogoh bo‘ling. Ayniqsa, chet el hamkorlari bilan kelishuvni sinchkovlik bilan kuzating.

Xasadgo‘ylar sizga tuzoq qo‘yishga harakat qilishadi. Biroq “To‘ng‘iz” obro‘ingizni va mablag‘ingizni saqlab qolishga yordam beradi. Hali tatbiq etilmagan rejalar va g‘oyalaringiz talaygina. Ularni yo‘lga qo‘yishda qarindoshlaringiz yoki do‘stlaringiz ko‘mak beradi.Ish boshlash uchun biroz qarz olishingizga ham mumkin. Eng muhimi rejani aniq qilish va mablag‘ni to‘g‘ri taqsimlasangiz, bas. Ana shundagina bahorga kelib, ishingizdan foyda ko‘rasiz.

AYoL "SARATON"LAR
Yulduzlarning aytishicha, ishga sho‘ng‘ib ketasiz, biroq oila va yaqinlarni ham unutmang. “To‘ng‘iz yili”da ma’naviy o‘sish va bilim olish birinchi o‘ringa chiqishi lozim. Eng asosiysi, o‘zingizni qiziqtirgan ishni topib uning ortidan mo‘maygina daromad olasiz. 2019 yil ayol “Saraton”lar o‘zlari istagan kasbda faoliyat yuritishadi. Aytgancha, uydan chiqmasdan, internet orqali kasbiy mahoratingizni va bilimingizni oshirishingiz va ko‘pginaqiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

“To‘ng‘iz yili”da yaqinlaringiz bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelishi ham mumkin. Buning oldini olish uchunular bilan munosabatda ehtiyotkor bo‘ling. Anchadan beri urishib qolgan insoningiz bilan munosabatlaringizni tiklang. Yulduzlar 2019 yilda ayollarga bir gap­dan qolishni va boshqalarga yon bosishni maslahat berishmoqda. Kichkinagina o‘zgarishlardan ham xursand bo‘ling. Agar vaqt va quvvatingizning qadriga yetsangiz, o‘z maqsadingizga erishasiz. Oilali burj vakillari bolalar tarbiyasiga ham alohida ahamiyat qaratishni unutmang.

Bahor oyida salomatligingizda jiddiy muammolar yuzaga keladi, o‘z vaqtida malakali shifokorga murojaat qiling. Yozda esa firibgarlar tuzog‘iga tushib, aldov qurboniga aylanib qolishdan ehtiyot bo‘lishingiz darkor.

ERKAK "SARATON"LAR
Bu yil erkak burj vakillarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshadi. Eng asosiysi umid qilishdan to‘xtamang. 2019 yilda nafaqat ishingiz o‘nglanadi, balki moliyaviy ahvolingiz ham yaxshilanadi. Muammolarni o‘z vaqtida hal etishga vatushkunlikka tushmaslikka harakat qiling. Bo‘ydoq “Saraton”lar va nihoyat o‘z juftlarini topadi.

Yulduzlar 2019 yilda erkak “Saraton”larga ham biror foydali mashg‘ulot topishlarini maslahat berishmoqda. Bu sizga yaxshi kayfiyat baxsh etib, ilhomlantiradi. Shuningdek, salbiy ta’sirlardan himoya qiladi. Yil boshida va mart oyida pullaringizni avtomashinani ta’mirlatishga sarf qilasiz.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: Saraton burji vakillari uchun (22 iyun – 22 iyul)