16:38 / 17.01.2019
4 264

Olimlar miya faoliyatini yaxshilash yo‘lini topdilar

Olimlar miya faoliyatini yaxshilash yo‘lini topdilar
Amerikalik olimlar miya faoliyatini yaxshilash yo‘lini topishdi. Bu haqda EurekAlert! portalida xabar berilgan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijasida ularning xulosasiga ko‘ra, bunga jismoniy faollik turtki beradi.

Ta’kidlanishicha, tajribada 454 kishi ishtirok etgan. Ular 20 yil dvomida turli jismoniy faollik hamda miya faoliyati bo‘yicha testlardan o‘tkazildi. Aniqlik kiritilishicha, ular o‘z o‘limidan so‘ng ham miya ishini o‘rganishga ruxsat bergan.

«Bizning tadqiqot guruhimiz tajriba ishtirokchilarining jismoniy faolligi darajasini, o‘rtacha, o‘limdan ikki yil oldin o‘lchadi. Keyin, o‘limdan so‘ng, ular miya to‘qimalari tekshirildi va yuqori jismoniy faollik miyaga himoya sifatida ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi», - dedi olimlardan biri.

Qayd etilishicha, ular orasidagi oz harakat qilganlar ko‘p holatlarda aqli zaiflikdan aziyat chekkan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar miya faoliyatini yaxshilash yo‘lini topdilar