Umumiy bashorat
“To‘ng‘iz yili” “Qavs”larga atrofdagi yangiliklarni e’tibordan chetda qoldirmaslikni, do‘stlar va yaqinlar bilan ko‘proq muloqot qilishni va ortda qolgan noxushvoqealar ustida qayg‘urmaslikni maslahat bermoqda.
“To‘ng‘iz yili”da aksariyat burj egalarining shaxsiy hayoti shirin lahzalarga boy o‘tadi, ayniqsa, ular oilali bo‘lsa. To‘g‘ri, farzandlik bo‘lish, moddiy ahvolingizga ta’sir qilishi mumkin, ammo ana shunday vaziyatda yaqin do‘stingiz sizga hamkorlik qilishni taklif qiladi va moliyaviy yetishmovchilikdan qutqaradi. Yoz mavsumi oxirlab qolganda ishlaringiz yurishib, qimmatli narsa xarid qilasiz.
Oila qurmaganlarning ham sevgi borasidagi orzulari ushaladi. Bir ko‘rishda oshiqu beqarorga aylanib,to‘y harakatiga tushib qoladilar.
Tabiatan beg‘am va beparvo hisoblangan “Qavs”lar “It yili”da bir vaqtning o‘zida bir qancha ishni qo‘lga olib, uddasidan chiqqan bo‘lsalar-da, moliyaviy ahvollarini o‘nglolmadilar. Daromad ham, xarajat ham bir xil ko‘rsatkichda bo‘lgani uchun pul jamg‘arishga imkon bo‘lmadi. Biroq bundan g‘am chekmang. 2019 yilda “To‘ng‘iz yili” sizni barcha sohada qo‘llab-quvvatlaydi. Agar omilkorlik bilan harakat qilsangiz, yangi sohani o‘zlashtirish uchun o‘qib-izlansangiz va ertayu kech mehnat bilan band bo‘lsangiz, bahorga kelib mo‘maygina daromadni qo‘lga kiritasiz.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lganlarga esa maslahatimiz — savdo-sotiq sirlarini ham o‘zlashtiring.
Bahorda ko‘pgina burj egalari safarda bo‘ladilar. Bunday sayohatlarni xush ko‘rganingiz uchun yo‘l tashvishlari sizni toliqtirib qo‘ymaydi.
“To‘ng‘iz yili” kamchiliklaringizga, ayniqsa hayotga yengil qarashga chek qo‘yishni maslahat bermoqda. Ana shunda maqsadga yetishish yo‘lida hech qanday to‘siqlar qolmaydi va dekabr oyiga kelib, boshingizga omad qushi qo‘nadi. Jamg‘argan mablag‘ingiz esa yangi yil sovg‘alariga ham, ko‘pdan beri orzu qilgan avtoulovingizga ham yetadi.
Yilning ikkinchi yarmi bahorga nisbatan anchayin omadli keladi. “Qavs”lar mo‘may maoshga ega yangi ish topish, ko‘nglingizdagidek uy olish va eng muhimi oila qurmagan “Qavs”lar juftini topishga, umuman, hamma istaklari ro‘yobiga ulguradilar.
Dam olishni yaxshisi avgustga qoldirganingiz ma’qul. Boisi profilaktika uchun sanatoriyda davolanasiz. Boisi noyabr va dekabrda keng tarqaladigan migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan bosh og‘rig‘i), asab tizimi xastaliklarini chetlab o‘tgan bo‘lasiz.
Kuz bahor singari biroz yoqimsiz “sovg‘a”larni tayyorlab qo‘ygan. Yaqinlaringizga ko‘mak zarurati tug‘ilishi sabab sevimli ishingizni tashlab, qadrli insoningiz yonida bo‘lish ehtimolingiz yuqori. “Qavs”lar ruhan zaiflashganlarida esa bu borada ularni qo‘llab-quvvatlay oladigan “ustoz” uchrab, mushkullarini yengillashtiradi.
ShAXSIY HAYoT
“To‘ng‘iz yili”da oilalini ham, hali oila qurishga ulgurmaganlarni ham birdek ehtirosli lahzalar kutib qoladi. Faqat oila qurmaganlar uchun yangi tanishuvlarda sinchkovlik zarar qilmaydi. Hissiyotlaringizni aql bilan boshqarishga, inson psixologiyasiga oid kitoblarni ko‘proq mutolaa qilishga harakat qiling. 2019 yilda taqdir sizga bir qancha sinovlarni tayyorlab qo‘ygan. Ushbu sinovlar shaxsiy hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilishingizga yordam beradi. Oila qurishga kelsak, negadir bu masala sizni chetlab o‘tmoqda. Yulduzlar 2019 yilda eski tanishlaringizni ko‘rib qolishingizni bashorat qilishmoqda. Balki ular orasida hayot so‘qmog‘ida sizga yo‘ldosh bo‘ladigan inson uchrab qolar...
SALOMATLIK
2019 yil har qanday vaziyatda asablaringizni qo‘lga oling, ortiqcha ruhiy zarba depressiyaga olib keladi. “To‘ng‘iz yili” asabbuzarlik yuzaga kelsa, darrov tinchlantiruvchi dori vositasini ichishni maslahat bermoqda.
2019 yil ba’zi kasalliklar organizmingizga xavf soladi. Ayniqsa tomoq og‘rig‘i, shamollash, angina va bronxitdan ehtiyot bo‘ling.Sovuq ob-havoda bosh kiyim va ro‘molsiz yurmang. Shuningdek, stomatolog ko‘rigidan o‘tish ham ziyon qilmaydi. Bo‘lmasa, go‘zal tabassumingizdan ayrilasiz. Bo‘g‘im va umurtqa pog‘onasi og‘rimasligi uchun sport bilan muntazam shug‘ullaning. Aksariyat kasalliklardan xalos bo‘lish uchun xalqona usullar asqatadi. Agar giyohli damlamalarni ichib tursangiz, hatto surunkali kasalliklar ham yo‘qoladi.
Ochiq havoda sayr qilish, toqqa tirmashib chiqish, suzish — bularning barchasi quvvatni oshirib, yil davomida tetik yurishlariga yordam beradi.
KARERA
“Qavs”larning g‘ayrati ortib, kutilmagan omadga erishadilar va mavqelari oshadi. Buning ustiga, daromadlari ham ko‘payadi. Bundan o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang, aksincha darrov hushyor tortib, ish sifatiga yanada kuchliroq e’tibor qarating. Miyangizda yashirinib yotgan g‘oyalaringizni amalga tatbiq etsangiz, natijasi yomon bo‘lmaydi. Topgan mablag‘ingizni turli mayda narsalar xaridiga ishlatasiz, ammo hechqisi yo‘q. Bu moliyaviy ahvolingizga zarar yetkazmaydi. Ijodkorlargayulduzlar o‘z iqtidorini namoyon qilishlarini maslahat bermoqda. Axir yuragingiz qobiliyatlarga to‘lib-toshib yotibdi. Birortasini qo‘lidan tutib, qo‘shimcha daromad manbaiga aylantiring.
AYoL "QAVS"LAR
“To‘ng‘iz yili” ayol “Qavs”lar uchun moddiy jihatdan biroz omadsiz bo‘lishi kutilmoqda. Ishda xatoliklarga yo‘l qo‘yib, ularning yechimini izlashga to‘g‘ri keladi. Har qanday qarorni qabul qilishda ehtiyot bo‘ling. Agar “Qavs”lar xatolarini yaxshilab tahlil qilib, keyin ish ko‘rsalar, “suvdan quruq chiqish”lari mumkin.
Qarindoshlar bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qiling. Turli tadbirlarga taklif etilsangiz, albatta boring. Oilalilar bolalar tarbiyasini e’tibordan chetda qoldirmaganlari ma’qul.
Hali oila qurmagan burj vakillari esa umr yo‘ldoshi bo‘la oladigan, ishonchli umr yo‘ldoshni uchratadi.
2019 yil yanvaridan noyabriga qadar ko‘pgina muammolarni o‘zingiz hal etishingiz, qiyinchiliklarni yengib o‘tishingiz va asabiylashishingizga to‘g‘ri keladi. Ishdagi muammolar shunchalik keskin tus oladiki, dunyo ko‘zingizga qorong‘i bo‘lib ko‘rinadi. Bunday vaziyatda eng asosiysi haqligingizni bilsangiz-da, rahbarlar bilan tortishmang. 2019 yil dekabrida yangi ish joyiga, yuqori lavozimga tayinlanishingiz ehtimoli bor. Ana shunda maoshingiz ham oshadi, daromadingiz ham ko‘payadi.
Erkak "QAVS"LAR
2019 yilda erkak “Qavs”lar ishga ko‘milib ketadilar. Daromadingiz va lavozimingizning ko‘tarilishi vazifalarni qanchalik tez va sifatli bajarishingizga bog‘liq. Yanvar oyida shoshmaganingiz ma’qul. Xotirjam va bardoshli bo‘lsangiz, kelajagingiz ham istiqbolli bo‘ladi.
Raqobatchilar bilan jiddiyroq munosabatda bo‘ling. Yo‘qsa ular sizni kutilmagan vaziyatlarda boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yadilar. Kuz siz uchun eng serdaromad va quvonchli palla. 2019 yil sizga omad, albatta, kulib boqadi. Yil davomida chekkan mashaqqatlaringiz evaziga ikki hissa ortiq mukofot olasiz. Oilaviy xotirjamlik hukmronlik qiladi. Kuz va dekabr oyining boshida qo‘shimcha ish topasiz. Mayda vazifalarni ham ko‘zdan chetda qoldirmang, chunki aynan ular sizning kasbiy mahoratingizni yuzaga chiqarishi mumkin. Biroq ishga mukkasidan ketib, sog‘liqni yoddan chiqarib qo‘ymang. 2019 yilning avgust oyidan oktyabr oyiga qadar hordiq chiqarishga vaqt ajratsangiz bo‘ladi. Bu davr dam olish uchun eng tinch va qulaydir.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”