7 955
"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Dalv” burji vakillari uchun ( 21 yanvar – 19 fevral)
Umumiy bashorat
“Dalv”lar uchun 2019 yil oson kechmaydi. Chunki bu yilda avvalgi yildan qolgan muammolarni hal etishga, shuningdek, ayrim to‘siqlarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Yulduzlar sizga muloyimroq bo‘lishni va boshqalarga yon bosishni o‘rganishni tavsiya qilishmoqda. Sizga hurmat bilan qarovchi kishilarga e’tiborliroq bo‘ling. Yozda moliyaviy ahvolni yaxshilashga to‘g‘ri keladi. Agar do‘stlari yoki yaqin hamkorlariga murojaat qilsa, muammolari tezroq o‘z yechimini topishi mumkin. Daromadni ko‘paytirish va moliyaviy inqirozga yuz tutmaslik uchun “To‘ng‘iz yili”da bir emas, ikkita ishda ishlash haqida o‘ylab ko‘ring.
2019 yilda oilaviy ro‘zg‘or yugur-yugurlari ham kutmoqda. Muammolarning aksariyati farzandlar va ularning tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Yaqin qarindoshlaringiz ham sizga yordam so‘rab murojaat qilishadi. Ammo unutmang, nima bo‘lganda ham faqat qo‘lingizdan keladigan yordamni ko‘rsatishga va’da bering. Undan ortig‘iga boshqalarni ishontirmang.
Tabiatan qat’iyatli va jur’atlilarni “It yili”da barcha muammolar chetlab o‘tgan edi. “To‘ng‘iz yili”da ham ana shu xislatlar sizni tark etmagan holda harakat qiling. Balki “To‘ng‘iz yili” bilan ham “til topishib olasiz”.
Muammolar boshingizga “yog‘ilib” kelganda, o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang. Xom-xayollarga emas, real hayotgaasoslanib ish ko‘ring. Ana shunda ishingiz o‘ngidan kelib, daromadingiz ortadi, xizmat safarlariga borish-u, foydali shartnomalar imzolashga ham ulgurasiz. Hatto g‘arbiy hamkorlar bilan ham kelishuv imzolashingiz ham ehtimoldan xoli emas. Bahorda moddiy ahvolingiz anchagina yaxshilanadi. Biroq may oyiga kelib yana muammolar iskanjasiga tushib qolasiz. Raqobatchilar bilan kurashishga shay turing.
To‘y qilish ostonasida turganlar 2019 yilda bu rejani ham amalga oshirasiz. Shuning uchun, avvalo, uy-joyni kengaytirish masalasida bosh qotiring. Yo‘qsa, uzoq vaqt bu muammo o‘z yechimini topolmay qolib ketadi.
Dekabr oyida vaqtingizni dam olishga sarflaganingiz ma’qul. Hordiq oila a’zolar va do‘stlar davrasida bo‘lgani yaxshi.
“To‘ng‘iz yili” yangi tanishuvlarga boy bo‘ladi. biroq do‘st va hamkor tanlashda ehtiyotkorroq bo‘ling.
ShAXSIY HAYОT
Shaxsiy hayotda tashabbusni o‘z qo‘lingizga oling va hissiyotlaringizni yashirmaslikka harakat qiling. Agar hali oila qurmagan bo‘lsangiz atrofdagilarga faqat ijobiy xislatlaringizni namoyon qilishga vayaxshi taassurot qoldirishga intiling. Bilamiz, siz mustaqil bo‘lishni yaxshi ko‘rasiz. Biroq oila qurish mustaqillikni qo‘ldan boy berish degani emas! Shu sababli, 2019 yilda bu masalaga jiddiyroq qarasangiz foydadan xoli bo‘lmaydi.
Oilalilar esa hayotga yangi mazmun kiritish harakatida bo‘lishlari lozim. Masalan, kattaroq uy xarid qilish yoki uyni ta’mirlatib, hovlining bo‘sh turgan joyiga yangi xona qurish... Ha aytgancha, uy-ro‘zg‘or anjomlariga ehtiyotkorroq bo‘ling.
“To‘ng‘iz yili”da qarindoshlar bilan munosabatlarga ozgina darz ketishi mumkin. Bunga turli sabablar ta’sir qiladi. Agar o‘zingizni nazorat qila olmasangiz, tushunmovchiliklar yanada jiddiy tus oladi. Muammolarga to‘g‘ri yechim — oila a’zolarini nimalar bilandir qiziqtirish. Masalan, katta bayram uyushtirish yoki tog‘da dam olish bu masalada yordam beradi.
SALOMATLIK
“To‘ng‘iz yili”da salomatliklariga qayg‘urmasalar ham bo‘laveradi. Biroq parhezga amal qilish, semirib ketmaslik juda muhim.Faqat parhez tutaman, deya birgina meva va sabzavotlar bilan cheklanib qolmay, taomnomani rang-barang qiling. Go‘sht va baliq mahsulotlariga ham e’tibor qarating.
2019 yilda tez-tez sokin musiqa ostidamushaklarni bo‘shashtirib, yengillashishni maslahat beramiz. Suzish va ochiq havoda sayr qilish ham siz uchun juda foydali. Yozda esa albatta chiniqtiruvchi muolajalarni amalga oshirishingiz lozim. Zararli odatlaringizdan ham voz keching. Aks holda sog‘lig‘ingizga putur yetadi. Chunki “To‘ng‘iz yili” zararli odatlarni xushlamaydi.
Shamollash, yo‘tal, burun bitishi bezovta qilsa dori-darmon o‘rniga xalq tabobati usullaridan foydalanib davolaning. Bu borada yaqinlaringiz, buvi va buvalaringizdan maslahat so‘rang.
Immun tizimingizni mustahkamlab borishni hamda doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishni ham unutmang.
KARERA
2019 yilda yulduzlar xotirjamlik bilan va chin ko‘ngildan mehnat qilishni maslahat berishmoqda. “To‘ng‘iz yili”da sizni raqobatchilar cho‘chita olmaydi. Yil boshida o‘tgan yildan qolgan qarzlarni to‘lab bo‘lasiz va bahorga kelib moliyaviy ahvolingizni o‘nglaysiz. Yangi kredit olishga shoshilmang. Ana shunda “To‘ng‘iz yili” sizni qo‘llab-quvvatlaydi. 2019 yilda yangi ish boshlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli ishlarga bosh qo‘shish kabi imkoniyatlaringiz bor.
Yulduzlar iyun-iyul oylarida kutilmagan daromadni qo‘lga kiritishingizni bashorat qilishmoqda. Biroq bu borada ehtiyotkorroq bo‘ling. Mablag‘ning o‘z-o‘zidan kelishi ham bir sinov. Millionlarni qo‘lga kiritsangiz ham, zeb-ziynat hamda ko‘chmas mulkka ularni ishlatmang. Yaxshisi ushbu pullarni keyinchalik foydaliroq loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun olib qo‘ygan ma’qul. Yaqinlaringiz yordam so‘rab kelishsa, imkon qadar yaxshilik qiling.
Ba’zi tadbirkorlar uchun yilning ikkinchi yarmi omadli keladi. Ular juda foydali kelishuvni imzolashga muvaffaq bo‘ladilar. Natijada daromadlari ko‘payib, taniqlilar qatoriga qo‘shiladilar. Ammo bunday vaziyatda o‘zingizni ko‘z-ko‘z qilishdan qoching, aks holda hasadgo‘ylar tuzog‘iga ilinib qolasiz. Omad kulib boqqan chog‘da ushbu qiyinchiliklarni yengib o‘tishda sizga ko‘mak bergan insonlarga minnatdorchilik bildirib qo‘yishni ham unutmang.
AYОL "DALV"LAR
Do‘stona munosabatlarni qadrlovchi ayollar atrofdagilarga juda samimiy javob qaytarishadi. Yolg‘on va notabiiy munosabatlarni xushlamaydilar. Raqobatchilarga qarshi borish o‘rniga, ular bilan ham do‘stona munosabatda bo‘lib, vaziyatga darrov ko‘nikadilar.
“To‘ng‘iz yili”da ijodiy parvozlar ham kutilmoqda. Ishda ham baxt qushi yelkangizga qo‘nishi tayin. Biroq sinov muddatidan ijobiy natijalar bilan o‘tib olishingizga to‘g‘ri keladi. Uyatchanlik va sipolikni chetga surib, g‘ayratliroq va shiddatliroq bo‘lishga harakat qiling. Agar yaxshi natijalarga erishishni istasangiz sardorlik uchun haqqoniy kurash olib boring. Omad sari olib boruvchi yo‘lda ishni puxta va o‘z vaqtida bajarishingiz, boy taassurot, ziyrakligingiz qo‘l keladi.
ERKAK "DALV"LAR
2019 yilda ba’zi “Dalv”lar jamiyat qonun-qoidalari bilan kelishib ish ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Oilada turmush o‘rtoqlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashib ish ko‘rsalar, totuvlik yo‘qolmaydi. Mas’uliyatli va ko‘ngli ochiqlar atrofdagilar bilan tezda til topishib ketadilar. Ammo ba’zida o‘ziga bo‘lgan ishonch va egoizm ustunlik qiladi. Bunday vaziyatda egotsentrizmni xudbinlik bilan almashtirib qo‘ymang. Oilada rashk va tushunmovchiliklarga ham o‘rin yo‘q. Bola tarbiyasida alohida e’tiborli bo‘ling.
Yanvardan aprelga qadar ko‘pgina muammolar paydo bo‘ladi.Bu nafaqat ishdagi tushunmovchiliklar, balki oiladagi nizolar hamdir. Bahorga kelib vaziyat salgina yengillashadi, biroq ehtiyotkorlikni unutmang. Ishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mas’uliyatliroq bo‘lishga harakat qiling.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi