23:00 / 23.01.2019
7 907

Munajjimlar bashorati: 24 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 24 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kayfiyatingiz haqiqiy orzumandalar kayfiyatiga o‘xshash tus oladi. Ammo shu ham sergak turmasangiz, rejalaringizni barbod qilishi hech gap emas. Kun davomida istaklaringiz amalga oshishi uchun ko‘plab imkoniyatlar ko‘ndalang bo‘ladi. Faqat ularni vaqtida ilg‘ab, unumli foydalana olsangiz bas. Bunday imkoniyatlar moddiy ahvolingizni yaxshilashda ham albatta yuz ko‘rsatadi. Kechqurun olisda yashaydigan do‘stlardan biri xonadoningizga mehmon bo‘lib kelishi kutiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
24 yanvarda xarakteringizga oid xudbinlik ilkis suv yuziga chiqqan ko‘pik kabi tashqariga otilib chiqishi mumkin. Buning natijasida bilib-bilmay kimnidir ranjitib qo‘yishingiz ehtimoli bor. Muhabbatda omad sizniki. Ammo romantik kayfiyatga tusha bilishingiz kerak. Kechki payt qaysidir tanishingiz sizga ko‘p maoshli ajoyib bir ishni taklif qilishi mumkin. Hozirgi ishdan bo‘shamay turib yangisini yaxshilab o‘rganing, tahlil qiling. Chuv tushib qolsangiz, hech kim sizga yordam bera olmaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ertalabdan hayotga, atrofdagilarga, umuman, yorug‘ dunyoga real ko‘z bilan boqishingiz tavsiya qilinadi. Agar qaysidir masalada muvaffaqiyatsizlikka, omadsizlikka uchrasangiz, qarshingizda turgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmasangiz, birovlarni ayblamang. Muammoni o‘zingizdan qidiring. Moliyaviy muammolaringiz ellikka ellik bartaraf etiladi. Buni ham ko‘p va xo‘b ter to‘kish evaziga qo‘lga kiritasiz. Kechqurun sutli mahsulotlar bilan cheklaning.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
24 yanvar kuni kuningiz yengil kechmaydi. Lekin yorqin hodisalarga boy bo‘ladi. Qarzlaringiz, pul yetishmasligini ham ma’lum muddatga unutasiz. Qalbingizda go‘yo bahor yuz ochadi. To‘g‘ri-da, har qadamda muammo va yana muammolar haqida bosh qotiraverishingiz noto‘g‘ri. Dunyo qayg‘ursangiz ham, qayg‘urmasangiz ham baribir siz-u bizga vafo qilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri bilan uchrashib suhbatlashishingiz kutiladi. Anchadan beri ko‘rishmagansiz. Kafeda o‘tirib birgalikda taomxo‘rlik qilsangiz ham ziyon qilmaydi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun pulning emas, ma’naviyatning ketidan quving. Qaysarlik, xudbinlik kabi kamchiliklarni bir zarb bilan chetga suring-u, atrofdagilarga mehr-oqibat ko‘rsatish harakatida bo‘ling. Hamisha iliq munosabatda bo‘lib kelgan hamkasbingiz bilan kunning ikkinchi yarmida janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Biroq bu janjal rahbariyatgacha yetib borishiga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun ayrimlar o‘zga shaharga safar qilishlari kutiladi. Safar sizga bir olam iliq taassurotlarni hadya etadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
24 yanvarda har kungidek chuqur fikrlagan holda ish boshlashingiz talab etiladi. Ish davomida ruhiy yangilanish bilan bog‘liq amallarni ado eting. Rejim bo‘yicha ovqatlaning. Belni mustahkamlovchi jismoniy mashqlarni bajaring. Telefon orqali kamroq gaplashing. Kechqurun sizni katta miqdordagi xarajatlar kutib qoladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, muolajalar muddatini cho‘zmang va dorilarni o‘z vaqtida iching.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ertalaboq oldin o‘zingizga razm soling. Fe’l-atvoringizni tahlil qilib chiqing. Agar zararli odatlaringiz bo‘lsa, ulardan darhol voz keching va sog‘lom turmush tarzini boshlang. O‘zingiz uchun dam olish kuni e’lon qilgan bo‘lsangiz, tabiat qo‘yniga chiqib havo almashtirish xayrli kechadi. Muhabbat bobida muhim qarorlar chiqarishingiz tavsiya qilinmaydi. Oilasiz bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingizni chuqurroq o‘rganib chiqishga harakat qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
24 yanvar kuni ideallik sari intilaverishingiz mumkin. Buning uyati yo‘q. Obro‘yingiz poymol etilmaydi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda rostakamiga muvaffaqiyat qozonasiz. Bu voqea badavlat tanishlaringizdan birining sharofati bilan sodir bo‘ladi. Oilalilarga bir maslahat. Juftingizning ota-onasi va qondoshlari bilan munosabatlarni mustahkamlang. Ana o‘shanda baxtingiz yanada to‘kis bo‘ladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz a’lo darajada boshlanadi. Siz totli tuyg‘ular, ehtiros va emotsiyaning eng yuksak cho‘qqilariga ko‘tarilasiz. Qalbingizdagi hislarni yaqin insonlardan sir tutmang. Moliyaviy masalada ham muvaffaqiyatlar sizni chetlab o‘tmaydi. Tadbirkorlar foydali shartnomalar, kelishuvlarni imzolashadi. Kechqurun oilaviy bayram uyushtiring. Xaridlarni amalga oshirish zarurati tug‘ilsa, tejamkorlikka alohida e’tibor qarating. Salomatligingizni asrang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
24 yanvarda yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Sizni hayron qoldirib o‘sha yangi tanishlar ko‘pgina ishlaringizni bitirib berishlari kutiladi. Tadbirkorlardan kimdir xorij safariga otlanishi ehtimolga yaqin. Xuddi shu safar davomida muhim moliyaviy operatsiyalardan birini o‘z foydangizga amalga oshirasiz. Ayollar, qiz-juvonlar kechqurun go‘zallik saloniga chiqib kelsalar yomon bo‘lmaydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ertalabdan kunni faqat yangi ishlar, vazifalarnigina bajarishdan boshlang. Hisob-kitobli rejalargina ishlaringiz unumdorligini ta’minlay oladi. Muhabbatda oilasizlar sal muloyimroq bo‘lishlari, bo‘lg‘usi juftini hadeganda rashk qilavermasliklari tavsiya etiladi. Undan ko‘ra, uni kinogami, teatrgami taklif qiling. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Shunda ham havoga qarab kiyinsangiz ziyon ko‘rmaysiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
24 yanvar kuni vaqt va imkoniyatlar faqat sizga itoat etadi. Siz ular ustidan hukm o‘tkazgan holda bir talay muhim ishlarni bajarib olishga ulgurasiz. O‘zingizga bo‘lgan ishonch, qat’iyat sizni to‘lqinlantirib turadi. Ayniqsa, moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish masalasini unutib qo‘ymang. Shaxsiy biznesi borlar uchun moliyaviy masala birinchi o‘rinda turishi kerak. Kechqurun xonadoningizda chaqaloq yig‘isi yangrashi ham ehtimoldan xoli emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?