07:33 / 28.01.2019
5 571

Olimlar semizlikka olib keluvchi yana bir sababni aniqlashdi

Olimlar semizlikka olib keluvchi yana bir sababni aniqlashdi
Pittsburg universiteti (AQSh)dan bir guruh tadqiqotchilar semirish xavfini 30-40 foizga oshiruvchi gen mavjudligini aniqlashdi. Mazkur gen inson organizmida shu kunga qadar topilgan irsiy omillar ichida eng kuchlisi sanaladi. Tadqiqotchilar ishi Nature Genetics jurnalida chop etildi.

Stiven MakGarvi (Stephen McGarvey) boshchiligidagi olimlar guruhi Samoa arxipelagi tub aholisining 5 mingdan ortiq genomlarida tadqiqot o‘tkazdi. Samoa arxipelagining tadqiqot uchun tanlaganiga bu yerda semizlik kasalligining eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgani sabab bo‘ldi.
Aniqlanishicha, tajribadagilarning chorak qismida tana hajmini bir yarim foizga ortishiga ta’sir ko‘rsatuvchi CREBRF geni bor. Masalan, o‘rta bo‘yli 82 kilogramm vaznga ega bo‘lgan insonning qo‘shimcha massasi 4,6 kilogrammni tashkil etadi.
CREBRF yog‘li qatlamlar ko‘proq yog‘ saqlab qolishi va kam quvvat ajratishiga olib keladi, deya qayd etadi tadqiqotchilar.

Kasallikning yana bir boshqa omili — Samoa arxipelagi tub aholisining jismoniy faolligini pasayishi va ratsionning yuqori kaloriyali oziq-ovqat iste’moliga moyilligi o‘zgarishi.

"Ikki yuz yil avval samoaliklar semizlikdan aziyat chekishmagan. Gen tezda o‘zgarib qolmagan, aksincha, oziqlanish odati sekin o‘zgara boshlagan", — deya qayd etdi MakGarvi.
Olimlar qayd etishicha, CREBRF odatda, yevropaliklar, afrikaliklar va Sharqiy Osiyo aholisi orasida deyarli uchramaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar semizlikka olib keluvchi yana bir sababni aniqlashdi