15:20 / 01.02.2019
7 043

Sochlar to‘kilishiga qarshi 6 vitamin

Sochlar to‘kilishiga qarshi 6 vitamin
Tongda ko‘zgu oldida turib soch tarayotganingizga taroqda katta soch tutamini ko‘rasiz. Sochlarni tarash azobga aylanadi, axir har safar ko‘plab soch tolalari sizni tark etadi. Bunday vaziyat sizga ham tanishmi? Agar «Ha» bo‘lsa, bu vahimaga tushish uchun sabab emas. Chunki muammoga organizmingizda ayrim vitaminlarning yetishmayotgani sabab bo‘lishi mumkin. Bugun sochlar to‘kilishiga qarshi ishlaydigan 6 vitamin haqida suhbatlashamiz.

Biotin B7
Bu sochlar uchun vitaminlarning faol tarkibiy qismi. Uning organizmda yetishmasligi sochlarning quruqligi va sinuvchanligiga olib kelishi mumkin. Biotin bosh terisini oziqlantiradigan va ularni kuchli qiladigan o‘rnini bosib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarini ishlab chiqarishda yordam beradi. Gulkaram, yong‘oqlar va dukkaklilar tarkibida mavjud.

B5 pantoten kislotasi
Bu vitamin sochlar yaxshi o‘sishida ishtirok etadigan keratinni ishlab chiqarishda yordam beradi. O‘sish, yaltirash va sochlarning sog‘lomligiga hissa qo‘shadi. Brokkoli, qo‘ziqorin, kartoshka, sutli mahsulotlar, yong‘oqlar tarkibida mavjud.

Ye vitamini
Bosh terisida qon yaxshi aylanishiga hissa qo‘shadi. Bu esa sog‘lom teri va sochlar deganidir. Ismaloq, brokkoli va boshqa yashil sabzavotlar, yong‘oqlar, o‘simlik yog‘lari tarkibida mavjud.

Foliy kislotasi
Aynan u organizmga sochlar o‘sishiga yordam beradigan yangi hujayralarni hosil qilishda yordam beradi. Yashil bargli sabzavotlar, asal, dukkaklilar, yirik tortilgan undan tayyorlangan non, shuningdek, ayrim sitrus mevalar tarkibida mavjud.

S vitamini
U sochlar to‘kilishining oldini olish uchun muhim. S vitamini sochlar o‘sishini tezlashtirish uchun qo‘llaniladi va boshqa asosiy vitaminlar o‘zlashtirilishi uchun ular bilan birga ishlaydi. Sitrus mevalar, qizil bulg‘or qalampiri, bryussel karami, brokkoli, pomidor sharbati, gulkaram, kartoshka tarkibida mavjud.

A vitamini
Sochlarning o‘sishi, qon aylanishi, bosh terisini yoshartirish uchun muhim. A vitamini teri uchun qarishga qarshi ko‘plab mahsulotlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Yashil bargli sabzavotlar, qovoq, sabzi, o‘rik, mango, shuningdek sut mahsulotlari tarkibida mavjud.

Ana endi soch to‘kilishi muammosi yuzaga kelganida qanday vitaminlar yetishmayotgani, ratsionni zarur vitaminlar bilan boyitish uchun unga qanday mahsulotlarni kiritishni bilib oldingiz. Salomat bo‘ling!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlar to‘kilishiga qarshi 6 vitamin