Aytishlaricha, Iskandar Rumiy zamonida bir jonivor paydo bo‘ldi, unga kim ro‘para kelsa darhol halok bo‘lardi. Iskandar donishmandlari bu baloni daf qilish uchun har qancha urinsalar ham, hech narsa qila olmadilar.
Nihoyat, bu baloni daf qilish chorasini Arastu hakim topdi. Uning buyrug‘i bilan juda ham katta oyna tayyorladilar, uning orqasida bir-ikki kishi bekinib o‘tirishi mumkin edi. Oynani juda katta aravaga joyladilar. Arastu oyna orqasida bekinib o‘tirdi. Aravani u jonivor turadigan joyga yaqinroq yerga keltirib qo‘ydilar.
Jonivor odam isini olib, arava tomonga kela boshladi. Aravaga yaqin kelganida ko‘zi oynaga tushdi-yu, o‘z suratini ko‘rib, darrov yiqilib o‘ldi. Bu ishdan taajjublangan Iskandar Arastudan buning hikmatini so‘radi.
Arastu shunday bayon qildi:
- Ey Iskandar, bu jonivor yer ostida necha yil yotgan badbo‘y bug‘lardan vujudga kelgandi, uning ko‘zida zahri qotil bor edi, kimga ko‘zi tushsa, u kishi darrov o‘lardi. U oynaga qaraganida o‘z aksiga nazari tushdi va ko‘zidagi zahri qotil alal oqibat o‘zini o‘ldirdi. Iskandar Arastuga tahsin o‘qidi.
Quyoshim, bu rivoyatni bekorga keltirmadim. Bu jonivorni halok etgan narsa hasaddir. Odamlarning biror yutug‘ini ko‘rolmaslik, do‘stlarining yutuqlaridan xafa bo‘lish hasad deyiladi va u oxir oqibat inson qalbini kir qilib qo‘yadi.
Jonim qizim! Boshqalarda bor narsalarning senda yo‘qligiga o‘kinma! Hasadgo‘y bo‘lma. Aksincha, boshqalarga berilgan ne’matlarga havas ko‘zi bilan boq. Shunday yaxshi narsalarni senga ham ato etishini Allohdan so‘ra! Qalbing doimo havasga to‘la bo‘lsin! Bunday qalb bilan qanday muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini o‘zing ko‘rasan.
Ba’zida do‘stona tanbehlaringni yoki achchiq haqiqatni aytib chin do‘stligingni bildirmog‘ingni hasad deb tushunadiganlar chiqib qoladi. Sen ulardan darrov yiroqlash, samimiy insonlarga yaqinroq bo‘l va o‘zing ham oppog‘im, hech qachon samimiyligingni yo‘qotma! Ana shunda hayoting go‘zal bo‘ladi. Yo‘lingda uchraydigan to‘siqlar va hech bir narsa sen uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Saida IBODINOVA
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”